So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  38 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

PSJ tarkibida tozalash: Ikardidan boshqa barcha keraksizlar "tashlab yuborildi" Yangiliklar

PSJ tarkibida tozalash: Ikardidan boshqa barcha keraksizlar "tashlab yuborildi"

Ammo, ko'plarning ijara asosida ketgani xam haqiqat.

PSJ keng miqyosda tarkibni saralashni uddasidan chiqdi.


Iyulda franciyaning nufuzli nashri bo'lmish Le Parisien klub 11 nafar futbolchidan qutulishni xohlayotganini xabar qildi. Rahbariyat hattoki jamoada qolgan o'yinchilarni o'rinbosarlar tarkibida o'ynash uchun beshinchi divizionga yuborishga ham tayyor edi.


PSJni "tozalash"

Tilo Kerer ("Vest Xem") — 12 million evro

Idrissa Guye ("Everton") — 9,2 million evro

Yulian Draksler ("Benfika") — 2,5 million evro, ijara

Abdu Diallo ("Leypcig") — 1,5 million evro, ijara

Jorjino Veynaldum ("Roma") — ijara

Leandro Paredes ("Yuventus") — ijara

Ander Errera ("Atletik") — ijara

Erik Ebimbe ("Ayntraxt") — ijara

Leven Kurzava ("Fulxem") — ijara



CHiqish eshiklari ko'rsatilgan futbolchilar ro'yxatidan faqatgina Ikardi va Danilo Pereyra qoldi (ular Galtening rotaciyasidan joy egallashdi).


• Leven Kurzava "Fulxem"ga bir mavsumga ijaraga yo'l oldi. Angliyalik murabbiy Marko Silva hatto dastlabki muzokaralar chog'ida himoyachi bilan shartnoma imzolanishini maqullagandi — Kurzava ushbu transfer oynasida londonliklarning sakkizinchi transferi bo'ldi.


• Abdu Diallo "Leypcig"ga o'tdi, 25 million evro evaziga xarid qilish huquqi bilan ijara. Senegallik uchun bosh maqsad — JCH-2022dan oldin o'yin amaliyoti olish.


• Tilo Kerer 4 yillik shartnoma imzolagan holda, "Vest Xem"ga 12 million evroga ketdi. Kerer 4 yil oldin PSJga uch karra ko'proq narx evaziga o'tgandi: o'shanda u parijliklarga 37 million evroga tushgan.


• Leandro Paredes ijara asosida "Yuventus"ga o'tdi. Italiyaliklar yarim himoyachini 22,6 mln evro evaziga xarid qilishlari mumkin. Maks Allegri butun yoz davomida Paredesni "ovladi" — endilikda Leandro Turinda.


• Idrissa Geye uchun bosh davogar uning sobiq klubi "Everton" bo'ldi, futbolchi aynan o'sha erga yo'l oldi.


• Ander Errera "Atletik" (Bilbao)ga bir yillik ijara asosida qaytdi. Uzoq vaqt davomida bitim shartlari bo'yicha kelisha olishmadi, Errera hatto parijliklar zaxirasi bilan shug'ullandi, ammo baribir Franciyani tark etdi.



• Jorjino Veynaldum esa "Roma"ga xarid qilish huquqi ijaraga ketdi. Ammo, u mashg'ulotlarda juda jiddiy jarohat oldi va bir necha oyga safdan chiqdi. Poytaxtliklar uning o'rniga "Olimpiakos"dan ijara asosida Madi Kamara bilan shartnoma imzolashdi, Veynaldumning o'zi esa JCH-2022ni o'tkazib yuboradi.



• Erik Ebimbe "Ayntraxt"ga o'tdi. Bitimda xarid qilish huquqi bor.


• Yulian Draksler xarid qilish huquqisiz ijara asosida "Benfika"ga yo'l oldi: portugaliyaliklar 2,5 mln evro to'lashadi.


• Kristof Galtening Danilu Pereyra bo'yicha rejalari o'zgardi. Murabbiy avvaliga Pereyraning ketishini xohladi, ammo mavsus startiga yaqin yarim himoyachi qolishiga qaror qilindi. PSGTalk'ning xabariga ko'ra, Galte portugaliyalikning ko'p qirrali va raqobatbardoshligidan hayratda qolgan.


• Mauro Ikardi — hatto ijaraga ham olinmagan yagona o'yinchi. "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" unga qiziqishdi, ammo kelishuvga erishilmadi. Hech qisi yo'q: Turkiyada transfer oynasi 8 sentyabrda yopiladi.


PSJda transferlar ustidan triumvirat ishladi va muvaffaqiyatli bo'ldi


Get French Football News xabariga ko'ra, klubda ushbu yozda Nasser Al Xelayfi, Kampush va Antero Enrike ishtirokida boshqaruv triumvirati yuzaga keldi. Ularning uchchalasi ham PSJning transfer siyosatida ishtirok etishdi: Kampush Galte bilan birgalikda avvaliga transferlar ro'yxatini tuzishadi, Antero Enrike esa klublar bilan bog'lanadi va muzokaralar olib boradi, shuningdek klubdan malum o'yinchilarning ketishi ustida ishlaydi. Masalan, Antero Enrikening aloqasi sabab PSJ Vitinyuni ola bildi va u uchun olti (!) yil muddatda to'lov qiladi (transfer narxi 41,5 mln evroni tashkil etdi).



Kampushning avgust o'rtalarida Enrikening ishidan norozi bo'lgani ham haqiqat – buning sababi keraksiz futbolchilarning sotuvi yo'qligi.


Nasser Al Xelayfi endi boshqacha ishlaydi — endilikda u sport menejmentiga qattiq aralashmaydi, ammo yordam haqiqatdan ham kerak bo'lgan payt, masalalarni hal qiladi. Uning "Leypcig" bossi Oliver Minclaffer bilan yaxshi munosabatlari sabab himoyachi Nordi Mukielening xaridi amalga oshdi.


Jamoani kuchaytirish borasidagi yakuniy ishlar haqiqatdan ham kishini hayron qoldiradi: Lissabonning "Sporting" jamoasidan ijaraga olingan chap qanot himoyachi Nunu Mendeshni 38 mln evro evaziga xarid qilindi, himoyachi Nordi Mukiele ("Leypcig", 12 mln), yarim himoyachi Vitinyu ("Portu", 41,5). Renatu Sanshesh ("Lill", 15), Fabian Ruis ("Napoli", 23) va Karlos Soler, shuningdek hujumchi Yugo Ekitika ("Reyms", xarid qilish huquqi bilan ijara) bilan shartnoma imzolandi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика