Errera "Manchester Yunayted"ni tark etishi deyarli aniq bo'ldi
02 apr 2019 11:51
Yangiliklar


Errera "Manchester Yunayted"ni tark etishi deyarli aniq bo'ldi
"Manchester Yunayted" jamoa yarim himoyachisi Ander Erreraning moliyaviy talablarini bajarishga tayyor emas.
Oldinroq, 29 yoshli xavbek unga "Arsenal" va PSJ qiziqish bildirayotganini hisobga olib "qizil iblislar"dan mavsumiy maoshi 12 mln. evro bo'lgan bitim talab qilgan edi.
Malumotlarga ko'ra, klubdagilar bu shartlarga rozi emas va Erreraning yozda MYUdan ketishi deyarli aniq bo'ldi. Agar shartnoma imzolanmasa, ispaniyalik futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etadi.
Joriy mavsum Errera "Manchester Yunayted" safida 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar