Eron terma jamoasi darvozaboni Beyranvand Jahon chempionatida boshqa maydonga tushmaydi
22 noy 2022 13:30
Yangiliklar
Eron terma jamoasi darvozaboni Beyranvand Jahon chempionatida boshqa maydonga tushmaydi
Jahon chempionati doirasidagi Angliyaga qarshi o'yinning birinchi bo'limida olgan jarohati sababli almashtirilgan eronliklar darvozaboni Alirizo Beyravand turnirning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Bu haqda "Khabaronline" xabar berdi.
Avvalroq OAVda darvozabonning burni singani va unda miya chayqalishi ro'y bergan bo'lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, futbolchi o'yindan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tish uchun shifoxonaga yo'l olgan.
Fikrlar