So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  4 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Eron bilan o'yinga uch kun qoldi. "Ozodi"da qanday o'ynash kerak? Yangiliklar

Eron bilan o'yinga uch kun qoldi. "Ozodi"da qanday o'ynash kerak?

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
Mana, Eron bilan o'yinga ham uch kun qoldi.

Ertaga terma jamoamiz charter reysi orqali Tehronga uchib ketadi.

Mart oyida "Lokomotiv" bilan Eronga borganimda mashhur "Ozodi" stadionida to'p tepish raqib uchun qanchalik qiyin ekanini o'z ko'zim bilan ko'rgandim. SHu bois quyida o'z ko'rgan va bilganlarimni saytimiz o'quvchilariga etkazishni lozim topdim.

Terma jamoamiz salkam besh yillik tanaffusdan so'ng ikkinchi bor Tehronga safar qiladi. U erga borgandan keyin birinchi navbatda tashkilotchilikka beetibor bo'lish lozim. CHunki eronliklar tashkiliy ishlarni doim ham siz o'ylagandek vaqtida amalga oshirishmaydi. Masalan, mehmonxonaga bordingiz deylik, sizga vay-fayning yashirin kalit so'zini vaqtida berishmasa bunga oddiy holdek qarang. To'g'ri, hamma narsani talab qilish kerak, lekin yo'q bo'lsa ortiqcha asabiylashib boshingizni og'ritib o'tirmang. Bu faqat o'zimizga minus keltiradi.



Aslida-ku, muammo aeroportning o'zidayoq boshlanishi mumkin. Sizni katta tantana bilan kutib olishmasa bundan xafa bo'lmang. Avtobus tirbandlikda uzoq vaqt turib qolsa, ko'rib ko'rmaslikka oling. Umuman olganda, u erga borgandan so'ng faqat futbolni o'ylash kerak. Terma jamoamiz agar ertaga vaqtli uchadigan bo'lsa, kechki payt u erda mashg'ulot o'tkazishi mumkin. Maydon masalasi qanday hal qilinadi, bilmadik.

Lekin o'yindan bir kun oldingi mitingda biz nima xohlayotganimizni uchrashuv komissariga ochiq va aniq qilib tushuntirish shart. Masalan, bizga qo'shimcha darvoza kerakmi, buni ham aytishni unutmaylik. CHunki eronliklar o'yindan bir kun oldingi rasmiy mashg'ulot paytida sizlar darvoza so'ramagansizlar, shuning uchun boshqa yo'q deb turib olishlari hech gap emas.

Mitingga bizdan kim boradi bilmadig-u, lekin terma jamoamiz yaxshi mashg'ulot o'tkazishi uchun nima kerak bo'lsa uyalmasdan bemalol so'rayvering. Kerak bo'lsa, komissar yon daftarchasiga biz uchun kerakli narsalarni yozib qo'ysin va mashg'ulot paytida nimadir yo'q bo'lsa, talab qilishga haqli bo'laylik.

U erga borgandan so'ng reglamentda shu narsa yozilgan, bizga qilib berishadi deb qarab o'tirmang, talab qilavering. CHunki Eronda bor narsa ham o'yinga oz qolganda yo'q bo'lib qolishi mumkin. Katta ehtimol bilan o'yinoldi matbuot anjumani hamda miting Eron futbol federaciyasi binosida o'tkaziladi va mehmonxonadan yo'lga chiqayotganda vaqtliroq harakat qiling. CHunki mashina yo'l tirbandligida ko'proq qolib ketishi mumkin.

Ana endi o'yin kuniga kelamiz. Hozirdanoq tasavvur qilish qiyin emas o'yin biz uchun juda murakkab kechadi. CHukni "Ozodi" stadionida to'p surish oson emas. Masalan, "Lokomotiv" 13 mart kuni shu stadionda "Istiqlol" bilan o'ynaganida oson bo'lmagandi. "Istiqlol" - Eron terma jamoasining o'zagi hamda o'yin uslubi o'xshashligini inobatga olsak, Eron ham birinchi daqiqalardan hujumga o'tadi.

Ular g'alaba qozonsa, jahon chempionatiga chiqishganini stadiondayoq bayram qilishadi, shu bois eronliklar uchun bu o'yin katta ahamiyatga ega. Ular o'yin boshlanishi bilan bizni jarima maydonchamizga "qamab qo'yishga" harakat qilishadi. Eron bilan o'ynaganda birinchi navbatda vahimaga tushmaslik shart. Negaki muhtasham "Ozodi" stadionida ularni minglab muxlislar qo'llab turadi.


"Ozodi" stadioni juda katta, lekin ko'rkam emas. Eski stadionga o'xshab ketadi. Masalan, "Bunyodkor"ga o'xshab chiroyli emas. Ammo stadion kattaligidan 40-50 ming odam u erda kamdek ko'rinadi. "Istiqlol" - "Loko" o'yiniga 42 ming muxlis kelgani bilan ko'pdek ko'rinmagandi. CHunki bu o'yingoh o'z bag'riga 100 ming tomoshabinni sig'dira oladi.



12 iyun kuni stadion to'lishi kutilmoqda. Agar yuz ming odam o'yinga keladigan bo'lsa, stadion xuddi qaynab turgan qozonga o'xshab qoladi. Futbolchilarimizdan birinchi navbatda ishqibozlar tasiriga tushib qolmaslikni so'ragan bo'lardik. CHunki u erda muxlislik darajasi juda kuchli. Eronlik muxlislar o'z jamoalarini ajoyib qo'llashadi, tinmay qo'shiq kuylashadi, chapak chalishadi. Odamlar hayqirig'idan futbolchilar bir-birlarining gapini eshitmasligi aniq.

Bundan tashqari, u erda mahalliy muxlislar raqibga tazyiq o'tkazishni xush ko'rishadi. Haqoratli gaplar ham quloqqa chalinib qolishi mumkin, lekin bularning hech biriga etibor bermaslik kerak. Eng muhimi, futbolchilarimiz stadion aurasiga tushib qolmasa bo'lgani. Bevosita Eronga qarshi qanday o'ynash kerakligi haqida biz ko'p ham gapira olmaymiz, bu haqda yaxshisi terma jamoa murabbiylari fikr bildirgani maqul.

Xayrulla Xoliqov

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика