Eron bilan o'yindan oldingi matbuot anjumanida Viktor Jalilov ishtirok etdi
11 iyu 2017 20:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/258916_original.jpg)
![](/upload/storage/258916_220.jpg)
Eron bilan o'yindan oldingi matbuot anjumanida Viktor Jalilov ishtirok etdi
"Hammaga malumki, bu o'yin biz uchun ham Eron uchun hmas juda ham muhim va hal qiluvchi hisoblanadi. Ikkala jamoa g'alaba uchun o'ynaydi.
Eronga qarshi bahs biz uchun og'ir o'tadi. Eron Toshkentda g'alabaga erishgandi. SHu bois Tehronga g'alaba qozonib revansh olish uchun keldik.
Eron yaxshi va kuchli jamoa ekanligini bilamiz. Himoyada juda yaxshi o'ynashadi. Ammo har bir o'yin alohida tarix. Raqibimiz deyarli xatosiz o'ynaydi, ammo o'sha xatoni kutamiz g'alaba qozonishga urinamiz.
Bizning jamoaning kuchi tezkor hujumda. Biz o'z kuchimizni Eronga qarshi bahsda qo'llashga urinamiz. Eronda Ali Dayi, Ali Karimi, Mehdi Mehdavakiya va Karem Bageri kabi yulduzlar bo'lgan. Ularni bilamiz.
Eron aqlli jamoa, g'alaba qozonish uchun o'ta ehtiyotkor bo'lishimiz kerak", - deydi Jalilov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar