So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Erkin ijod. 55 yoshli murabbiyning futboldagi faoliyati Yangiliklar

Erkin ijod. 55 yoshli murabbiyning futboldagi faoliyati

Teglar :  Vadim Abramov
Taniqli murabbiy, bugungi kunda Neftchini boshqarayotgan Vadim Abramov 5 avgust kuni 55 yoshni qarshi oldi.

2015 yilgi mavsum endi boshlangan mahal “Lokomotiv” futbol klubiga matbuot kotibi bo'lib ishga kirganimda Abramov jamoa bosh murabbiyi edi. Vadim Karlenovich bilan to'rt-besh oycha birga ishlash nasib etdi va bu vaqt oralig'ida Abramovni yaqindan o'rganishga harakat qildim. 

Kirishib ketuvchan inson 

Vadim Abramov bilan tezda kirishib ketish mumkin. To'g'ri, uning o'zbek tilidagi talaffuzi yaxshi emas. Buni tushunsa bo'ladi. Lekin siz ruschani bilsangiz va ko'cha-ko'yda Abramovni uchratib qolsangiz, garchi shoshib turgan bo'lsa-da, bemalol suhbatlashib olishingiz mumkin. Abramov muloqot qilishni xush ko'radi, teran so'z boyligiga ega hamda futbolni chuqur tushunadi. U bilan futboldan boshqa mavzularda ham suhbat qurish mumkin.

Abramov futbol o'ynaganmi? 

Ko'pchiligimiz Vadim Abramovni avvalo murabbiy sifatida bilamiz. U oliy ligadagi hozirgi murabbiylar singari o'z vaqtida mashhur futbolchi bo'lmagan, ammo o'rtamiyona o'yinchi darajasida to'p tepgan. 1962 yil Bokuda tug'ilgan Abramovning ilk jamoasi Eduard Oganesov boshqaruvidagi “Neftchi-2” klubi bo'lgan. U 1979 yil Ukrainaning “Tavriya” klubiga yo'l oladi, biroq asosiy tarkibda o'ynab keta olmaydi. 1981-83 yillarda Abramov sobiq ittifoq armiyasida harbiy xizmatni o'taydi va Afg'onistonga borib keladi. Armiyadan qaytgach taqdir taqozosi bilan O'zbekistonga keladi va Evgeniy Valickiy boshqarayotgan “Narimonchi” klubida to'p tepa boshlaydi. Keyinchalik Jizzaxning “Yoshlik”, Xalqobodning “Sohibkor” jamoalarida ham to'p tepadi va futbolchilik faoliyatining oxirgi qismini 1988 yil “Kosonsoy”da o'tkazadi.


Murabbiylikdagi dastlabki qadamlar 

Futbol o'ynash bo'yicha omadi kelmagan Abramov 26 yoshida butsalarini mixga iladi va o'zini murabbiylik sohasida sinab ko'rishga qaror qiladi. Albatta, uning birdaniga murabbiy bo'lib ketishi oson kechmagan. SHu bois ishni dastlab jamoa mamurligidan boshlashni maqul ko'radi. 1988-1991 yillarda Abramov avvaliga “Paxtakor” klubida mamur (administrator) bo'lib ishlaydi. Bu orada sobiq ittifoq parchalanib, O'zbekiston mustaqil davlat ekanligini elon qiladi, Abramov esa baribir shu erda qolishni maqul ko'rib lekin endilikda Toshkentda emas, balki ishlash uchun Farg'onaga yo'l oladi. Abramov Farg'onaga borgach “Neftchi” bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyanga yordam bera boshlaydi va besh yilni shu klubda o'tkazadi. “Neftchi” mana shu vaqt oralig'ida to'rt marta O'zbekiston chempioni bo'ladi, bir marta Kubokni qo'lga kiritadi. Aytgancha, Abramov 1993 yil biroz muddat Malayziya chempionatida ham to'p tepgan, shuningdek, u yoqdan qaytgach MHSK klubi bilan shartnoma imzolab, to'qqizta o'yinda maydonga tushgan.

Mustaqil faoliyatning boshlanishi 

Yuriy Sarkisyan yonida ishlab katta tajriba to'plagan Abramov 2000 yildan boshlab mustaqil ishlashni boshlaydi. U o'sha paytlari Toshkent shahar ikkinchi ligasida qatnashib kelayotgan “NBU-Osiyo”ni qabul qilib oladi. Aytish mumkinki, Vadim Abramovning bosh murabbiy sifatidagi ilk jamoasi aynan “NBU-Osiyo” bo'lgan. U birinchi mavsumidayoq jamoani birinchi ligaga olib chiqadi. “Bankchilar” klubidagi uch yillik faoliyatdan so'ng yosh murabbiyga “Traktor” qiziqish bildiradi. Abramov 2003 yil “Traktor” bosh murabbiyligiga tayinlangach tez orada oliy liganing o'rtamiyona klubi bilan muvaffaqiyatga erishadi. Jamoa 2000 yilgi mavsumda to'rtinchi o'rinni egallaydi, qolaversa 2004 yil “Traktor” O'zbekiston Kubogi finaliga yo'l oladi va hal qiluvchi bahsda “Paxtakor”ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ladi. 

Terma jamoalardan taklif 

Abramovning “Traktor”da erishgan natijalarini diqqat bilan kuzatib borgan O'FF rahbariyati uni 2007 yil O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlaydi. Jamoa oldiga 2008 yil Pekin Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgandi. Olimpiada o'yinlarining saralash bosqichida futbolchilar Abramov qo'l ostida ikkita o'yinda ham Tojikistonni mag'lub etadi. Terma jamoamiz ikkinchi saralash bosqichida Janubiy Koreya, BAA va Yaman bilan bir guruhda joy oladi. Koreyaliklarga ikki o'yinda mag'lub bo'lgan yurtdoshlarimiz boshqa bellashuvlarda g'alaba qozongan holda saralashning final bosqichiga yo'l olishadi. Ammo oxirgi bosqichda omad Abramov va uning jamoasidan yuz o'giradi: bo'lajak olimpiyachilarimiz saralash o'yinlarida Bahrayn, Suriya va Janubiy Koreyani mag'lub eta olmay guruhda oxirgi o'rinda qolib ketishadi. Natijada bosh murabbiy istefoga chiqariladi. SHundan so'ng Abramov yana klub ishiga qaytadi. U “Lokomotiv”ni qabul qilib oladi-yu, biroq katta yutuqlarga erisha olmaydi. Jamoa 2008 yilda sakkizinchi, 2009 yilgi mavsumda oltinchi o'rin bilan cheklanadi.


Qatardagi mo'jiza 

Hech ikkilanmay O'zbekiston terma jamoasining 2011 yil Osiyo chempionatidagi ishtirokini “Qatardagi mo'jiza” deb atash mumkin. CHunki terma jamoamiz bu musobaqada yarim finalga qadar etib borgan va yakunda to'rtinchi o'rin bilan cheklangan. Muxlislar jo'shqiniga sabab bo'lgan voqea aynan Abramov murabbiylik qilgan paytda yuz bergan. Osiyo Kubogi 2011 yilning yanvarida bo'lib o'tganidan xabaringiz bor. Bungacha esa 2010 yilning avrel oyida Vadim Abramov milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bundan ko'pchilik hayratga tushadi: Abramov bungacha olimpiya terma jamoasi bilan maqsadga erisha olmagandi, axir qanday qilib unga milliy jamoani topshirib qo'yish mumkin? Ammo u eng shimarib ishga kirishadi. Ellikdan ziyod futbolchini ko'rikdan o'tkazadi va yakunda o'zi xohlagan tarkibni Qatarga olib ketadi. Birinchi o'yin musobaqa mezbonlariga qarshi edi: hayajon yuqori, o'yinni TV orqali hamma ko'rmoqda... Lekin omad biz tomonda bo'lib, vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishadi. Keyingi turda Quvayt mag'lub etiladi va uchinchi turda Xitoy bilan durang o'ynagan jamoamiz guruhda birinchi o'rinni egallagan holda chorak finalga yo'l oladi. CHorak finalda Iordaniya ham dog'da qoldiriladi. Ammo yarim finalda Avstraliya bizni "yanchib tashlaydi" - 6:0. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa futbolchilarimiz Janubiy Koreyaga yutqazib qo'yishadi. SHunga qaramay, O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtiroki ijobiy baholanadi va mavsum yakunida Vadim Abramov “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topiladi. 

London Olimpiadasi uchun harakat 

2011 yilning yozida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi London Olimpiadasi yo'lida o'z ishtirokini boshlagan. Milliy terma jamoadagi muvaffaqiyati sabab Vadim Abramovga olimpiya terma jamoamiz ham ishonib topshiriladi. Olimpiyachilar o'tish bosqichida Gonkongni ikkala o'yinda ham qiyinchiliksiz mag'lub etishadi. Keyinchalik guruh uchrashuvlariga qura tashlanadi va O'zbekiston o'z guruhida Avstraliya, BAA va Iroq bilan joy oladi. Saralash bahslari biz uchun hartugul yaxshi boshlanadi. Lekin hal qiluvchi o'yinlar yaqinlashganda yana omad yuz o'gira boshlaydi. SHunday bo'ladiki, hammasi o'z maydonimizda kechadigan BAA bilan o'yinga bog'liq bo'lib qoladi. “Jar” stadionida bo'lib o'tgan bellashuvda futbolchilarimiz 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda uchta to'p o'tkazib yuborishadi va to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan quruq qolishadi. Keyinchalik Osiyo jamoalari uchun o'tish o'yinida futbolchilarimiz Ummon va Suriya to'sig'idan o'ta olishmaydi. 

Jahon chempionati uchun kurash 

Olimpiya terma jamoamiz o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddalay olmaganidan so'ng Abramov istefoga chiqariladi, lekin murabbiy milliy terma jamoani boshqarishda davom etadi. Oldinda yangi va yangi vazifalar turar va ular orasida eng muhimi terma jamoani 2014 yilgi jahon chempionatiga olib chiqish edi. “S” guruhida saralash bosqichiga kirishgan O'zbekiston Yaponiya, KXDR va Tojikistonga qarshi bahs olib boradi. Albatta, bu o'lim guruhi edi, negaki yaponlar va koreyslar to'sig'idan o'tish oson emasdi. Guruhimizda aslida Tojikiston o'rniga Suriya bo'lishi kerak edi, biroq bazi sabablarga ko'ra tashkilotchilar Suriyani saralashdan chetlatishadi. Abramov boshchiligida harakat qilgan yurtdoshlarimiz saralash o'yinlarida yaxshi natija ko'rsatishadi. Esingizda bo'lsa, o'sha yil biz tarixda ilk marta safarda Yaponiyani yutib qaytgandik. Ammo saralash bosqichining hal qiluvchi raundida o'yinlar oson kechmaydi. Toshkentda Eron bilan kechgan bahsda Abramov shogirdlari 0:1 hisobida yutqazib qo'yishadi, buning ustiga yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura Odil Ahmedovning toza golini hisobga olmaydi. Natijada o'yindan ertasi kuniyoq Abramov istefoga chiqariladi.


Klub faoliyatiga qaytish 

Xalqaro o'yinlardan toliqqani uchunmi Abramovga biroz tatil kerak edi. SHu bois murabbiy bir yarim yil futboldan chetda yuradi va 2014 yilning fevraliga kelib “Lokomotiv”ni qabul qilib oladi. O'sha yili jamoa uchun hartugul muvaffaqiyatli kechgan. “Loko” Abramov boshchiligida O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritadi va milliy chempionatda ikkinchi o'rinni egallaydi. Keyingi mavsum esa “temiryo'lchilar” uchun Superkubokni qo'lga kiritish bilan boshlanadi. “Bunyodkor” stadionida kechgan bellashuvda “Paxtakor” 4:0 hisobida mag'lub etiladi. Ammo jamoa Osiyo chempionlar ligasida o'zini ko'rsata olmaydi, garchi o'z maydonida Qatarning “Al Sadd” klubini 5:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa-da guruhda qolib ketadi, shuningdek ichki birinchilikda ham chempionlik uchun kurasha olmaydi. Jamoa safarda “Qo'qon-1912” bilan 2:2 o'ynagach, Abramov ishdan bo'shatiladi. SHundan so'ng Vadim Karlenovichning murabbiylik faoliyatida yana tanaffus ro'y beradi. U o'tgan yil hech qaerda ishlamadi. SHu yilning 5 iyun kuni esa Farg'onaning “Neftchi” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. 

O'zbek futbolida iz qoldirgan shaxs 

Albatta, Vadim Abramov o'zbek futbolida iz qoldirgan murabbiylardan biri. U ham terma jamoalar, ham klublar miqyosida bir qator yutuqlarga erishgan. Xususan Osiyo Kubogi-2011dagi hayajonli o'yinlarni muxlislar haligacha maroq bilan eslashadi. O'shanda terma jamoamiz Abramov qo'l ostida chindan ham chiroyli futbol namoyish etgandi. SHundan beri oradan ancha vaqt o'tdi, Abramov faoliyatida ham bir qator voqealar ro'y berdi. Endilikda murabbiy o'zi bir paytlari Yuriy Sarkisyanga yordam berib yurgan jamoani boshqarmoqda. Ammo hozircha natijalarni zo'r deb bo'lmaydi. Hozirgi “Neftchi” bu oldingi “Neftchi” emas. Jamoa Abramov kelganidan beri hali g'alaba qozongani yo'q, biroq mahalliy muxlislarni bu hol tashvishga solmayapti, negaki ular Abramovning "o'zgacha murabbiy" ekanligiga va yaqin orada g'alabali onlar kelishiga ishonishadi.

X.Xoliqov


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика