Vadim Abramov: "Bazi o'yinlarimiz ijobiy yakun topganida hatto ikkinchi o'rinni olishimiz mumkin edi"
29 noy 2025 17:59
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Bazi o'yinlarimiz ijobiy yakun topganida hatto ikkinchi o'rinni olishimiz mumkin edi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Afsuski, bazi rejalarimiz ish bermadi. Mavsumni sovrindorlar qatorida tugatib qo'yishni xohlagandik, biroq to'rtinchi o'rinda yakunlaydigan bo'ldik. Bazi o'yinlar ijobiy yakun topganida hatto ikkinchi o'rinni olishimiz ham mumkin edi. Bugungi bahsga keladigan bo'lsak, tarkibimizda muammolar bor edi. Shunga qaramay, oxirigacha kurash olib borishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman. "Nasaf"ni bronza medallar bilan tabriklayman.
- Baribir "Dinamo" tarix yaratdi deya olamiz. Muxlislarning fikricha, to'rtinchi o'rin ham yomon natija emas va ko'pchilik Abramov Samarqandda yaxshi jamoa tuzdi demoqda.
- Men ko'p bora aytganman: biz muxlislar uchun o'ynaymiz. Qaysidir o'yinlarda xursand qildik, qaysidir bellashuvlarda buning aksi bo'ldi, lekin doim muxlislarni o'ylab harakat qildik. Aytib o'tganimdek, chempionatni yuqori o'rinlarda tugatishimiz mumkin edi.
- Futbolchilar bir necha oydan beri maosh olmayapti, mashg'ulot o'tkazish uchun yaxshi maydon yo'q deb eshitdik. Ko'pchilikning shartnomasi tugayapti, sizda ham variantlar borligidan xabarimiz bor.
- Bu o'rinda men nima deyishim mumkin? O'zingiz hamma gapni aytib bo'ldingiz. Men faqat savol va javob uchun rahmat deya olaman. Shartnomalar haqida ham biror gap ayta olmayman, chunki buni klub hal qiladi. Kimda qanaqa takliflar bor, ko'ramiz. Agar Samarqandga jamoa kerak bo'lsa, klub futbolchilar shartnomasini o'rganib chiqishi kerak bo'ladi.
- Mavsumdagi eng qiyin va esda qolari o'yinlar qaysi bo'ldi?
- Biz ko'p o'yinlarda ochko yo'qotdik. Vaholanki,yutishimiz mumkin edi. "Qo'qon-1912" bilan bahslar ancha sermazmun o'tdi deya olaman. Mavsum davomida jarohatlar ko'p pand berdi. Mana hozir ham jarohat sabab bir nechta futbolchimiz maydonga tusha olmadi. Men jamoa bosh murabbiyi sifatida ushbu mavsumdagi ishtirokimiz uchun hammaga rahmat aytaman.
- Keyingi rejalar nimalardan iborat?
- Birinchi navbatda klub hamma bilan hisob-kitob qilishi kerak bo'ladi. Undan keyin reja ustida bosh qotiramiz. Albatta, turli rejalar bor va tez orada bu borada ish olib boramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Айтишадику : "'еган нон - тузга тупурмайдилар'" деб . Хориждан таклиф булса Мархамат факат клуб хазинасига ма'лум сумма оркали, хамма - хаммаларига Рахмат