So’nggi yangiliklar

00:46Инглиз футболида қизиқ ҳолат: клуб бир ҳафта учун дарвозабон ижарага олди  0 00:26Луис Диас ЕЧЛда дисквалификация қилинди  1 00:09Артета ҳимоячисининг жароҳатига изоҳ берди  1 23:50Флик: "Нега Мессининг мураббийи бўлишни истамас эканман?"  0 23:30 Суперлига. "Андижон" – "Хоразм" 3:2   0 23:26БАА. "Бани Яс" "починни очди", "Дибба" пешқадамлардан биридан очко тортиб олди  0 23:10U-17 Жаҳон чемпионатида барча чорак финал якунланди ва ярим финал жуфтликлари аниқ бўлди  2 22:56Вадим Абрамов: "Бир қанча муаммолар бўлишини билардик, лекин муаммолар бунчалик кўп бўлишини кутмагандик"  1 22:38Баҳром Ҳайдаров: "Динамо" майдонида дуранг ўйнаш биз учун ғалабага тенг"  2 22:13Акмал Шораҳмедов: "Натижадан қониқдим, лекин ўйиндан эмас"  5 21:54"Милан" собиқ "қария"сини қайтармоқчи  2 21:19Ҳаким Фузайлов: "Учала голни ҳам ўзимизга ўзимиз олиб келдик"  2 21:16Суперлига. "Машъал" – "Навбаҳор" 0:0  3 20:54Отабек Нарзуллаев: "Агар вазиятлардан фойдаланганимизда 5:0 ё 6:0 ҳисобида ютган бўлардик"  0 20:34Шерзод Жўраев: "Мен ҳар доим бор маҳсулотдан унумли фойдаланишга ҳаракат қиламан"  1

Vadim Abramov: "Bir qancha muammolar bo'lishini bilardik, lekin muammolar bunchalik ko'p bo'lishini kutmagandik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bir qancha muammolar bo'lishini bilardik, lekin muammolar bunchalik ko'p bo'lishini kutmagandik"

Superliga 29-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Chempionatda ushbu mavsumda o'z maydonimizdagi so'nggi o'yinda muxlislarni xursand qila olmaganimizdan afsusdaman. Barcha muxlislarimiz bizdan g'alabani kutgandi, lekin ushbu mavsumda kerakli paytlar bizning foydamizga xizmat qilmayapti. Ochkolar olinishi kerak bo'lgan paytda yo'qotyapmiz. Bunda ayb o'zimizda. Hozir batafsil gapirish qiyin. O'yin oldidan bir qancha muammolar bo'lishini bilardik, lekin muammolar bunchalik ko'p bo'lishini kutmagandik. O'yinni nazorat qilib bordik, lekin, raqib bir chiziqda himoyalansa, gol urish juda qiyin bo'ladi. Ayrim paytlarda bizda so'nggi pasda aniqlik etishmadi, qaerdadir sovuqqonlik. O'rtadagi barcha futbolchilarni almashtirishga majbur bo'ldik, chunki jarohatlanganlar ko'p edi. Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar esa shunchaki o'ynab berishdi. Umuman olganda ko'p narsa kutganimizdek o'tdi, lekin g'alaba qozona olmadik.

- Ikkinchi davrada "Dinamo"ning raqiblari asosan durang uchun o'ynashdi. Bunday paytlarda gol urish ham qiyin bo'ladimi?

- Barchasini to'g'ri tushunamiz. Bugun shunchaki markaziy yarim himoyadagilarning yo'q bo'lgani ko'p narsaga sabab bo'ldi. Biri diskvalifikaciya bo'ldi, biri jarohatlangan. Qo'shimchasiga Firdavs Abdurahmonov oyog'ini sindirib olgan. Ikki futbolchi bir biri bilan to'qnashdi va ikkalasining ham tizzasi jarohatlandi. Bularning barchasi o'z so'zini aytdi. Anvar Hojimirzaev esa jarohatidan forig' bo'lib, endi safga qaytdi. Agarda bugun gol urib olganimizda, barcha ishlarimiz yaxshi ketayotgandek ko'rinardi. Biroq gol ura olmadik. Keyin esa shoshilishni boshladik. Raqib o'yinni cho'zib, tempni buzishga harakat qilishi ham normal holat. Bunga hakamlar boshqacha qarashi kerak. Chunki o'yinga 5 daqiqa qo'shilayotgani ajablanarli. 6? Ha balki olti daqiqadir. Lekin nechta o'zgarishlar bo'ldi? 10 o'zgarish bormi? Bular uchun 6 daqiqa... Bu ajablanarli.

- Ayni damda jamoaning medallar uchun imkoniyati qanday?

- Imkoniyat bor. Balki ochko yo'qotsak ham imkoniyatimiz bordir. Endi hammasi ham bizga bog'liq bo'lmay qoladi. Bronza o'zimizga bog'liq, kumush esa yo'q. Barchasi bizning qo'limizda bo'lgandek ko'ringandi. Ushbu mavsumda chempionlik uchun ham kurashayotgandik. Endi mana barchasi shunday tugamoqda.

- Ratinoning jarohati jiddiymi? U "Nasaf"ga qarshi o'ynamaydimi?

- Ha. Uning tizzasida jiddiy jarohat bor. Uni operaciya qilishadimi, bilmayman. Barchasini vaqt ko'rsatadi. 

- Richard Fraydey nega asosiy tarkibda maydonga tushirilmadi?

- Raqiblar himoyaviy o'yin ko'rsatishini bilardik. Fraydey kabi futbolchilar esa bo'sh hududlarni yaxshi ko'rishadi. Bugungi bahsda bo'sh hududlar bo'lmasligini bilardik. Shu boisdan uni zaxirada ushlab turib, gol urishimizga va keyinchalik u o'yinni kuchaytirishiga umid qilgandik. Gol ura olmayotganimizdan keyin vaqt borligida uni maydonga tushirdim. Himoyachilar zich o'ynagani uchun u qochib keta olmasdi. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
22 noy 00:05:52
Fayziobod mahalla futbol jamoasi
Барчаси учун Абрамовга Рахмат Рахмат ли Махмуд Рахимовдан кейин Самаркандга Энг яхши мураббий Вадим Карленович Абрамов Самарканд Динамо жамоамизни совринли уринлар учун чуккига чикарганингиз учун к
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика