Erik Toxir: "Hakamlar ham xato qilishadi"
16 dek 2013 12:44
Yangiliklar


Erik Toxir: "Hakamlar ham xato qilishadi"
"Inter" xo'jayini Erik Toxir Italiya A seriyasi 16-turidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (2:4) bosh hakam Paolo Talyavento xato qilganini aytib o'tdi.
– Hakamning bazi qarorlari bizning o'yinimizni sindirdi, – deydi Toxir Sky Sport Italia nashriga. – Masalan, Alvaresning chetlatilishi. Ha, katta sportda xatolarsiz bo'lmaydi – futbolchilar, murabbiylar va hakamlar xato qilishadi. Ammo bu mag'lubiyat uchun bahona bo'la olmaydi.

Fikrlar