Eranio: "Milan"ga "Fiorentina" bilan o'yinda oson bo'lmaydi"
12 noy 2022 12:48
Yangiliklar


Eranio: "Milan"ga "Fiorentina" bilan o'yinda oson bo'lmaydi"
"Milan" sobiq futbolchisi Stefano Eranio "qizil-qoralar"ga "Fiorentina"ga qarshi bahsda g'alaba qozongan holda tanaffusga yo'l olish qiyin bo'ladi, deb hisoblaydi.
U aksariyat futbolchilar safda emasligi tufayli jamoa qiyinchiliklarga duch kelishidan qo'rqmoqda.
"Garchi tarkib deyarli to'liq bo'lsa-da, "Milan"da asosiy o'yinchilar yo'qligi bilan bog'liq muammolar bor. Bunday o'yinlar murabbiylar hayotini murakkablashtiradi", – dedi Eranio.
Italiya chempionati 15-turidan o'rin olgan "Milan" – "Fiorentina" uchrashuvi 13 noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar