Enrike: "PSJ "Tottenxem"ga qarshi o'yinda xarakter ko'rsatdi"
27 noy 2025 16:47
Yangiliklar
Enrike: "PSJ "Tottenxem"ga qarshi o'yinda xarakter ko'rsatdi"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasining 5-tur o'yinida "Tottenxem" ustidan qozonilgan 5:2 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.
"PSJ xarakter ko'rsatdi. Bu biz uchun ham, raqib uchun ham qiyin o'yin bo'ldi. "Tottenxem" ajoyib o'ynadi, ayniqsa, birinchi bo'limda yorqin to'p tepdi. Raqib o'yinchilarimizni yopib qo'ya oldi va juda yaxshi himoyalandi", – dedi Enrike.
PSJ 12 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi jadvalida 3-o'rinda bormoqda. "Tottenxem" 8 ochko bilan 16-pog'onaga joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar