Endi “Bunyodkor” logotipi yulduzli
01 dek 2013 20:36
Yangiliklar

Endi “Bunyodkor” logotipi yulduzli
30 noyabr oqshomida 2013 yilgi mamlakat chempionlari – Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi azolarini taqdirlash maroisi bo'lib o'tdi.
Xabaringiz
bor, 2013 yilgi mavsumni ham qo'shib hisoblaganda “Bunyodkor” 5 karra
O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. Bular – 2008, 2009, 2010, 2011,
2013 yillar.
Barchaga malumki, bungacha mamlakatimizda besh marotaba chempionlikka erishish Farg'onaning “Neftchi” hamda Toshkentning “Paxtakor” jamoalariga nasib etgan edi. Ushbu ro'yxatdan uchinchi bo'lib “Bunyodkor” jamoasi joy egalladi. O'z tarixlarida besh marotaba oltin medallarga ega chiqishgan “Neftchi” va “Paxtakor” klublari o'z logotiplarini yuqori qismini yulduz bilan boyitishgan edi. Endi “Bunyodkor” ramzi ham yulduzli bo'ldi.
“Bunyodkor”ning oltin mavsumi!” nomi ostida o'tgan taqdirlash marosimida “qaldirg'ochlar”ning yangi logotipi namoyish etildi. Unda jamoamiz safida besh marotaba chempion bo'lishgan – Xayrulla Karimov va Sahob Jo'raev “Bunyodkor”ning yangi ramzi taqdimotini o'tkazishdi.

Fikrlar