So’nggi yangiliklar

18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  0 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  3 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  2 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  7 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5

Endi APL yanada qiziqroq bo'ladi. Angliyada o'rtamiyona jamoalarining qo'lini echib yuborishdi Yangiliklar

Endi APL yanada qiziqroq bo'ladi. Angliyada o'rtamiyona jamoalarining qo'lini echib yuborishdi

Moliyaviy feyr-pleyning bitta qoidasi bekor qilinishi Angliya Premer-ligasidagi intrigani saqlab qoldi.

Iyul boshida APLda ligani rivojlanishi uchun muhim voqea sodir bo'lganini hech kim payqagani yo'q. 6 yillik foydalanishdan so'ng klubning transferdagi faolligi va turnir jadvalidagi joylashuvini belgilab berayotgan moliyaviy feyr-pleyning The Short Team Cost Control qoidasi bekor qilindi. Endi Angliyada o'zgarishlarni kutish kerak. The Short Team Cost Control o'zi nima va uni nega qo'llashgan?

The Short Team Cost Control (klub xarajatlarini qisqa vaqt nazorat qilish) qoidasi 2013 yilda qabul qilingan. Unga ko'ra, APLdagilar televizion translyaciyalardan tushadigan daromad orqali futbolchilarga to'lanadigan pullar miqdori oshib ketishini oldini olishni ko'zlashgan edi. Mualliflar bu qoida orqali, klub televizion daromadlardan tushgan barcha pullarni maoshlarga sarflab yuborishdan saqlab qolishni reja qilishgandi. The Short Team Cost Control quyidagicha ishlagan: 2013/14 mavsumdan boshlab klubning maoshlarga sarflaydigan mablag'i yiliga 67 mln. funtdan oshmasligi lozim (2018/19 mavsumda bu ko'rsatkich 81 mln. funtga etdi). Agar APL ishtirokchisi keragidan ko'p sarflasa (2017/18 mavsumda "Xaddersfild" va "Brayton" kabi) unga moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun ikkita variant berilardi. Birinchisi, bir yil ichida qoida bo'yicha belgilangan summadan maksimum 7 mln. funt ko'p sarflash. Ikkinchisi, 2012/13 (bu qoida qo'llanishidan avval) mavsumdagi xarajatidan ko'pida 19 mln. funt ko'proq mablag' sarflash. Agar jamoa birinchi variantni tanlasa, o'sha klub maoshlar uchun haftasiga qo'shimcha 134 615 funt ishlatishi mumkin edi (Xuan Mataning "Manchester Yunayted"dagi haftalik maoshi shuncha).


Nega unda grandlar maoshlarga aqldan ozdiradigan pullar sarflashgan?

Qoidaning muhim bir qismi bor edi va bu top-klublarga jiddiy ustunlik bergan. Agar "Manchester Siti" maoshlar o'sishi TVdan keladigan daromadlar evaziga emas, tijorat shartnomalari evaziga bo'lishini isbotlab bersa, klub maoshlarga sarflanadigan pulni xohlaganicha oshirish imkoniyatiga ega bo'lgan. Tabiiyki, grandlarning tijorat shartnomalaridan tushadigan daromad bilan qoidaga "tupirish" mumkin.

The Short Team Cost Control "katta oltilik" va o'rtamiyona jamoalar o'rtasidagi farq paydo bo'lishiga imkon berdi. So'nggi uch mavsumdan beri 6 va 7-o'rinlar o'rtasida katta jarlik qayd etilmoqda. 2016/17 mavsumda MYU "Everton"dan 8 ochkoga o'zib ketdi, 2017/18 mavsumda "Arsenal" "Byornli"ni 9 ochkoga ortda qoldirdi, 2018/19 mavsumda "Yunayted" va "Vulverxempton" o'rtasidagi farq 9 ochko edi.


Qoida bekor bo'lganidan so'ng nima o'zgaradi?

Qoida bekor qilinishidan so'ng "Vulverxempton", "Everton", "Lester", "Vest Xem" va "Uotford" kabi o'rtamiyona jamoalar maoshlar summasini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ularga teletranslyaciyalardan tushgan pullar yordam beradi. Yakunlangan mavsumda bu klublar yaxshigina pul ishlab olishdi: "Everton" - 128,6 mln. funt, "Vulverxempton" - 127,2 mln. funt, "Lester Siti" - 123,3 mln. funt, "Vest Xem" - 122,5 mln. funt, "Uotford" - 113,9 mln. funt. Maoshlarga ajratiladigan qo'shimcha pullar orqali o'rtamiyona jamoalar transfer oynasida faolroq bo'lishadi, bundan tashqari o'z etakchilarini jamoada saqlab qolishadi. Keyingi mavsumda muammoli MYU, tushunarsiz "Arsenal" va transferlarga taqiqi bor "CHelsi" katta qiyinchiliklarga duch kelishadi.

SHu bilan birga autsayderlar "bag'riga ham shamol tegadi". Endi ligadan jon saqlab qolish osonroq bo'ladi. Bungacha moliyaviy imkoniyatlari kamtargina bo'lgan, 15-17 o'rinni egallagan jamoalar katta adolatsizlikka to'qnash kelishgan. CHempionshipdan Premer-ligaga chiqqan jamoalar The Short Team Cost Control nazoratiga tushmasdi. Endi "Brayton" hamda "Byornli"ning qo'li echib yuborildi.

Kelajakda top-6ga kirishni istayotgan jamoalar orzulariga nuqta qo'yilishi mumkin. 2019/20 mavsumdan boshlab 3,3 mlrd funt klublarning turnir jadvalida egallagan o'rniga qarab bo'lib beriladi. Bu yangilik grand va o'rtamiyona jamoalar o'rtasidagi jarlik kattalashishiga sabab bo'ladi. Ularning baxtiga, The Short Team Cost Control qoidasi bekor qilindi. Endi o'rtamiyonalar top jamoalar bilan kurashib, ularni "oltilik"dan chiqarib yuborishlari mumkin. APLga intriga qaytmoqda!

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика