Emre Jan - ECHLda ro'yxatdan o'tmagani haqida: "Meni aldashdi"
04 sen 2019 22:40
Yangiliklar


Emre Jan - ECHLda ro'yxatdan o'tmagani haqida: "Meni aldashdi"
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan ECHLda ro'yxatdan o'tmagani haqida gapirdi.
"Ortiqcha biror gap aytmayman. Telefonda bir daqiqa gaplashdik. Bu meni shokka soldi. Hech nimani tushuntirib o'tirishmadi. Bu esa meni jahl otiga mindirdi. Rahbariyat bilan gaplashishni istayman.
O'tgan haftada menga katta vadalar berishgani sababli klubda qolgandim. Biz klub bilan ECHLni yutishni maqsad qilgandik. "Yuventus" menga ushbu turnir uchun katta vada bergandi. SHu boisdan PSJ taklifiga rozilik bermagandim. Meni aldashdi. Agarda shunday bo'lishini bilganimda "Yuventus"dan ketgan bo'lardim", - dedi Jan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar