Emiliano Martines faoliyatidagi eng yaxshi seyvni aytdi
10 mar 2023 23:12
Yangiliklar
Emiliano Martines faoliyatidagi eng yaxshi seyvni aytdi
"Aston Villa" va Argentina termasi posboni Emiliano Martines faoliyati davomidagi o'zi amalga oshirgan eng yaxshi seyvni aytib o'tdi.
Barcha kutganidek, bu JCH-2022 finali so'nggi daqiqasida Franciya termasi hujumchisi Randal Kolo-Muanining qaytarilgan zarbasi bo'ldi.
"O'sha vaziyatda to'p menga tegishini ich-ichimdan duo qildim. CHap qo'limni tashlab, yaqin burchakni yopdim. O'sha vaziyatda to'pdan qo'rqmay, raqibga qarab turgandim. To'p darvozaga kirmasligi uchun istalgan joyim bilan qaytarishga tayyor edim. Menimcha, bu faoliyatimdagi eng zo'r seyv", - dedi posbon.
Fikrlar