Emeri: "Men doimo Kavaniga ishonganman"
17 sen 2016 11:48
Yangiliklar
Emeri: "Men doimo Kavaniga ishonganman"
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri hujumchi Edinson Kavani poker qayd etgan "Kan"ga qarshi Franciya chempionati uchrashuvi (6:0) haqida fikr bildirdi.
"Hammasi ketma-ketlik va barqarorlikka bog'liq. Uslub bir kun kelib yordam berishiga ishonaman. Bugun jamoa men istaganimdek o'ynadi. Futbolchilarga gol o'tkazib yubormaslik muhim va eng asosiy shu ekanligini aytdim. Vaziyatlar va gol bo'lishiga shubha qilmagandim.
Kavani tezkor gol urdi, qolgani o'z-o'zidan davom etaverdi. Doimo Edinsonga ishonganman" - deydi Emeri.
Fikrlar