So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Elyor Orifov : "Oldimizda turgan vazifa – g'alaba” Yangiliklar

Elyor Orifov : "Oldimizda turgan vazifa – g'alaba”

Oliy liganing 23-tur o'yinlari doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z o'yida G'uzroning “SHo'rtan” klubini qabul qiladi.

Ushbu o'yin oldidan jizzaxliklar himoyachisi, bir necha kun oldin 24 yoshni qarshi olgan va ko'plab jizzaxlik ishqibozlarning istaklariga binoan Elyor Orifov bilan suhbatlashishga qaror qildim.

- Siz sportchilar oilasida tug'ildingiz,voyaga etdingiz. Aynan shu muhit  tasiri sizga futbol sohasiga kirishingizda sabab bo'lganmi yoki o'zingizda qiziqish bo'lganmi?
- Albatta oiladagi muhit deb o'ylayman.  Dadam,amakim futbol sohasida bo'lgani ,ularning yutuqlari va havas meni katta futbolga chorladi. Yoshligimda Usmon Muhammedshin qo'l ostida shug'ullandim. So'ngra ,2008 yil yozida usha paytdagi “So'g'diyona” yoshlar murabbiyi SHuxrat Yuldashev jamoaga chaqirib,futbol sir asrorlarini o'rgatdi. SHu tariqa jamoaga kirib kelganman.

- Jamoa bilan kontrakt tuzgan kuningiz esingizdami?
-Ha albatta. Hali 16 yoshga to'lmaganim sababli, dadam bilan 2009 yil yanvar oyida qo'l qo'ygandilar. Juda hayajonli bo'lgan men uchun.

- Har bitta futbolchi hayotida davomida o'ziga yarasha qiyinchiliklar bo'ladi. Sizda ham faoliyatingiz davomida qiyinchiliklar bo'lganmi?
-Ha. Menimcha,xech bir futbolchi qiyinchiliklarsiz,o'z –o'zidan futbolchi bo'lmaydi. Hammada ham o'ziga yarasha qiyinchiligi bo'ladi. Menda ham bo'lgan. “So'g'diyona”ga kirib kelganimda,jamoada nomdor futbolchilar o'z faoliyatini olib borgandi. Men esa juda yosh edim va asosiy tarkibga kirish juda qiyin edi. Yillar davomida mashg'ulotlar va tajriba o'z mevasini berdi. Hozirgi kunda jamoaning asosiy tarkib o'yinchisiman. Bundan judayam xursandman. Yana bir og'ir jarohatim sabab , yarim yil davomida futbolda o'ynolmaganman. 2012 yil yozida,hali biz birinchi liga jamoasi edik. Aynan usha payti oyog'im singandi va jamoamga yordam bera olmaganman.

- Sizni shaxsan tanib,  maydonda juda jaxliz tezligini va ayrim paytlarda xattoki buning uchun ko'p bora ogohlantirganingizni kuzatganman. Hayotda ham jahlingiz tezmi?
-Yo'q. Hayot boshqa,futbol boshqa. Maydonda har xil vaziyatlar bo'ladi. O'yinda qizishib ketaman. Hayotda esa samimiy bo'lishga harakat qilaman. Jaxldor emasman.(kuladi)
 
- Saytimiz uchun ko'p bora intervyu berasiz. Intervyudan keyin muxlislar o'z fikr,mulohazalarni qoldirishadi. Ularni doimo o'qiyman va ko'plab muxlislar sizni hujumda o'ynashingizni so'rashadi. Bunga qanday izoh bergan bo'lar edingiz?
- Himoyachi bo'lishni o'zim tanlaganman. Ammo,futbolga birinchi kirib kelgan kezlarimda aynan hujumchi bo'lganman. SHu sababli hujumga chiqishni yaxshi ko'raman. O'yin davomida har xil vaziyatlar bo'ladi. Ayrim o'yinlarda hujumga chiqish kerak bo'lsa,albatta hujumga chiqaman.

- Ikki familiya har xil bo'lgani bilan ,siz jamoaning bosh murabbiyi Davron Fayzievning jiyani ekanligingizni bilishadi. SHu vaziyat yani “Davron Fayzievning jiyani ” deyishi sizga qo'shimcha qiyinchilik to'g'dirmiydimi?
- Bu katta masuliyat. Bu nomga munosib bo'lishga harakat qilaman. Buni sharaf deb bilaman. Nafaqat jamoam ,balki o'z viloyatim sharafini himoya qilaman. Dadam,amakim uchun ikki karra qo'p mehnat qilaman. To'g'ri,judayam ko'p gap so'zlar bo'ladi. Bunga tabiiy qarayman. O'z ustimda ko'proq ishlayman  va bu nomga munosib bo'lishga harakat qilaman. Davron Fayziev murabbiy sifatida judayam talabchan va qattiq qo'l. Hayotda juda samimiy inson. Biz maydonda ekanmiz , o'yin payti yoki mashg'ulot payti bu inson men uchun murabbaiy. Ikki tushunchaga  alohida –alohida qarayman.
 
- Hozirgi kunda sizning izdoshlaringiz bor. Yani,yoshlar tarkibida to'p tepayotgan Asil Orifov,Doston Orifov. Ularning o'yiniga ham,umuman faoliyatiga qanday qaraysiz?
- Sportchilar oilasi bo'lganligimiz uchun jiyanlarim ham futbol sohasini tanlagan. Bunga ijobiy qarayman va o'z maslahatlarimni,yordamimni xech qachon ayamayman. Masuliyatni o'z qo'llariga olib,nafaqat oilamiz balki,o'z viloyatimiz sharafi uchun ikki hissa ko'proq mehnat qilishini takidlayman. Maydonda ota-o'g'il,amaki-jiyan,aka- uka singari tushunchalar bo'lmaydi. Vaqti kelib,raqib jamoalarda ham to'p tepishimiz mumkin. SHu holatlarda hammaydonga jamoamiz sharafi uchun tushamiz va o'z o'zidan raqib bo'lamiz. Bu haqida ham ko'p bora takidlayman. Ularning keyingi faoliyatida faqat zafarlar tilayman.

- “So'g'diyona” jamoasi tarkibida eng alamli mag'lubiyatingizni eslay olasizmi?
-Ha, albatta. 2013 yilda safarda “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'yin edi. Usha bellashuvda 3:1 hisobda g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan o'yinda yakunda 4:3 hisobida g'alabani boy berganmiz.

- Eng quvonarli g'alaba-chi?
-2015 yil “Bunyodkor” jamoasini mag'lub etganimizda.2:1 hisobda g'alaba qozongan edik.  Butun jamoamiz bilan birgalikda juda xursand bo'lganmiz.

- Agar sizda imkoniyat bo'lganida,Oliy liganing qaysi jamoasidato'p tepkan bo'lar edingiz?
- Menga “Bunyodkor” jamoasi judayam yoqadi. Bu jamoada yoshlarga katta imkoniyat beriladi va bu jamoaning o'yin uslubi,taktikasi,  umuman har tomonlama bu jamoa menga judayam yoqadi.
 
- Oliy liganing 23-tur o'yinlari doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z o'yida G'uzroning “SHo'rtan” klubini qabul qiladi.Bulajak bellashuv oldidan qanday fikrdasiz?
-“SHo'rtan” jamoasi Oliy liganing kuchli jamoalaridan biri. Jamoa tarkibi yaxshi shakllangan. 1 davrada alamli mag'lubiyatni qabul qilgan edik.Ushanda  “SHo'rtan”eng yaxshi o'yinlaridan birini ko'rsatgan edi. Mashg'ulotlar davomida ushbu jamoaning o'yinlarini o'rgandik. Belgilangan tartibda mashg'ulotlar olib bordik. Jamoadoshlarimizning ruxan va jismonan bo' o'yinga tayyor. Jamoamiz bilan g'alaba uchun kurashamiz va muxlislarimiz oldida yuzimizni yorug' qilishga harakat qilamiz.

- O'zingiz qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
-Ha. Real Madrid klubiga muxlislik qilaman. Serxio Ramosga muhlislik qilaman. U dunyoning eng kuchli himoyachilardan biri. U o'yinda to'g'ri uslub tanlashi,o'z jamoasini haqiqiy sardorlardek olib borishi,himoyada ishonchli o'yini bilan menga yoqadi.

- Elyor Orifovni bu yil bir necha marotaba ramziy terma jamoada ko'rdik. Bunga qanday fikrdasiz?
-Xursandman albatta. Bu bitta mening mehnatim emas balkimurabbiylarimning, jamoadoshlarimning mehnati samarasi. Jamoada bir kishi o'ynamaydi balki 11 kishi harakat qiladi. Maqsad esa bitta-g'alaba. Bu yilgi tarkib kuchli va Oliy ligada 8-o'rinda ekanligimiz buning natijasi. Bundan oldingi o'rinlar uchun albatta kurashamiz. SHu fursatdan foydalanib,jamoadoshlarimga rahmat aytaman.
 
- Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar siz xaqingizda ko'proq malumot olishni xoxladilar va o'yin oldi intervyu so'rashdilar. Ushbu muxlislar har o'yinda katta hayajon bilan o'yinlarni kuzatadi. Jizzaxlik muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
-Muxlislar borligi bu biz uchun baxt. Biz faqat ular uchun maydonga tushamiz va harakat qilamiz. Mag'lubiyatli yoki g'alabali onlarimizda bizni tushunib,qullab-quvvatlagani uchun  katta rahmat. Sog' bo'linglar. Tinchlik totuvlik tilayman. Biz jamoamiz bilan sizlarga faqat xursandchilik ulashishga harakat qilamiz.

- Elyor Orifovning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.


Dildora Xolboeva
Jizzax shaxridan maxsus

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика