So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Elmurod Abdullaev: "Boysunda Evropa standartlari asosida futbol akademiyasini qurish uchun er oldik" Yangiliklar

Elmurod Abdullaev: "Boysunda Evropa standartlari asosida futbol akademiyasini qurish uchun er oldik"

Teglar :  Boysun
Ilk marotaba Boysun tomonlarga yo'lim tushganiga ham 2 yil bo'ldi.

3 yillar ilgari bu erda mahalliy tadbirkorning tashabbusi bilan kichik arena qurilgan edi. Tumanda yo'q bo'lib ketgan futbolga jon kirgandek bo'ldi, aniqrog'i bolalar futboliga. O'z paytida Surxondaryo futboli Respublikamizning etakchilari qatorida etirof etilgani hech kimga sir emas.

Hududdagi bolalar futboli Abdullaevlar oilasining tashabbusi bilan yana yangi nihol kabi o'sishni boshlayotgani meni quvontirdi. Inattulla otaning yana uch nafar o'g'illari, Dilmurod, O'tkirbek va Kamoliddin ham futbolga befarq emaslar. Toshkentda bo'lib o'tadigan musobaqalarimizda ham boysunliklar imkon qadar ko'proq ishtirok etishga harakat qiladilar. 2017 yil Kiko Zuniga bilan hududga kelganimizda, ispaniyalik mutaxassis hayron qolgan edi. "Qanday qilib kichik qishloqda, bunchalik ko'p istedod bo'lishi mumkin", - deya o'ylanib savol bergan edi. Haqiqatdan ham bu erga sarmoya kiritsa, yaxshi futbolchilar ko'p chiqadi. Eng muhimi, bu ishlar boshlandi.

Elmurod va Fazliddin Abdulllaevlarning tashabbusi bilan o'tkazilinayotgan "Boysun tog'lari" kubogi musobaqasiga tashrif buyurganimda, eng quvonarlik eshitgan xabarim, yangi akademiyani bunyod etish uchun viloyat hokimligidan er maydoni ajratilgani bo'ldi. Avvalgi safar kelganimda, er bo'lsa, qurilish boshlash niyatida ekanliklarini aytishgan edi. Niyat xolis emasmi, viloyatning sobiq hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan er ajratildi. Amaldagi hokim Bahodir Po'latov ham o'z yordamini ayamasligini bildirib o'tgan.

Elmurod aka bilan ko'p marotaba bolalar futboli haqida gaplashamiz. Garchand o'zi poytaxtda yashasada, Boysunda futbol bo'lsin deydi. Surxondaryo jamoasi kuchlilar qatorida o'ynasa deydi. Albatta bunday insonlarga amaliy yordam qo'lini cho'zish barchamizning burchimiz. Boysunning havosi va undagi tabiiy giyohlarni kerak bo'lsa bozordan topa olmaysiz. Bu erda barchasi tabiiy. SHuning uchun ham meni o'zimda ham mazkur hudud bolalar futbolini ko'tarishda qatnashgim bor. Bu erdan chiqishi mumkin bo'lgan kuchli futbolchilarni oldindan ko'ra bilsak bo'lgani.


Qisqasi qurilish bo'lishi kerak bo'lgan hududga tashrif buyurdik, o'sha erda qisqacha intervyu oldim.

- Futbolga bunchalik mexr qaerdan tushdi?
- O'g'limni "Lokomotiv" jamoasiga berganman. Uning ketidan bormagan joyim qolmadi. Ko'rdim, izlandim va o'rgandim. Bu erda kenjamiz Fazliddin ham futbol murabbiyi bo'lish istagida yurgandi. Futbolchi bo'lish nasib etmadi. SHunda "Gaza" degan kichkina baza qurdik, yonida suniy maydoni bor. Boshida kutmagan edik, futbolga kelishni istaganlar shu darajada ko'p ekan, bir necha yosh toifada jamoalar yig'ildi. SHundan keyin qiziqish yana ortdi.

- CHekka tumanda katta pul tikish, tavakkalchilik emas deydiganlar ko'p...
- To'g'ri aytasiz. SHu suniy maydon o'rniga birorta biznes qilsang bo'lmaydimi, deganlar ham ko'p bo'lgan. Lekin biz o'zimiz tug'ilib o'sgan tuman uchun jonimizni bermasak, boshqalardan nima kutamiz. Biz emasmi hududni obod qilishi kerak bo'lgan insonlar. Hamma narsa bolalar futbolidan boshlanadi. Hozir biz ularga turtki berib yuboraylik, yillar o'tib ularni o'zi sarmoya olib keladilar.

- Akademiya qanday ko'rinishda bo'ladi?
- Buning uchun hozirdanoq Evropa andozasini o'rganishni boshlab yubordik. Kelasi yilning boshida ukamni Evropaga malaka oshirishga yuboraman. Rejamizga ko'ra 2 yil ichida zamonaviy akademiyamizni qurib bitkazamiz. Akademiya nafaqat futbolchi tarbiyalash, balki Respublika bo'yicha ko'plab musobaqalarni o'tkazishga ham ihtisoslashadi. Boysunni ko'pchilik hali bilmaydi. Boysunga shveycariyaliklar havas bilan qaraydilar. Bu erdagi tog' va shar-sharalar, tabiiy suvlar. Qisqasi, Boysunni futbol orqali ham dunyoga tanitishni maqsad qilganmiz. Kelasi yilda ikkinchi ligaga jamoa qo'yishni reja qilganmiz. Bazamiz qurib bitkazilgach albatta birinchi ligada ham jamoamiz bo'ladi.


Mazkur erda ikki yil o'tib zamonaviy futbol maydoni va akademiya qurib bitkazilinishi ko'zda tutilgan

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика