So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  9 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

Eldor Suyunov: "SHackix istayotgan futbolni keyingi yil ko'rsata olishimiz mumkin" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "SHackix istayotgan futbolni keyingi yil ko'rsata olishimiz mumkin"

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin (3:2), mezbonlar darvozaboni Eldor Suyunov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- “Dinamo”ga qarshi 1-davradagi o'yinga qaraganda, bugungi bahs ancha qiyin o'tdi.

- Hozirgi kunda O'zbekiston chempionatida hamma o'yinlar qiyin o'tmoqda. Sababi, jamoalarning darajasi deyarli bir xil. Kim kuchli, omadliroq bo'lsa, o'sha jamoa muvaffaqiyatga erishmoqda. SHuning uchun bugun qiyin bo'ldi, keyin esa bu 2-davraning ilk o'yini. Temp chiqib ketganimi, yutishimiz kerakligi va bosim borligi ham tasir qilgandir. O'yinimiz ham o'zimiz o'ylagandek chiqmadi.

- 1-davrada Slavche Voyneski uslubi “Paxtakor”ga tushmadi. SHackixning g'oyalari futbolchilarga yoqyaptimi? U xohlayotgan futbol qanday?

- Slavchening ham o'z uslubi va qarashi bor edi. “Paxtakor”da omadi kelmadi, bu futbol. Murabbiy taqdiri shu. Keyin esa uning o'rniga SHackixni olib kelishdi. O'ylashimcha, u istayotgan futbolni keyingi yil ko'rsata olishimiz mumkin. CHunki, hech qaysi murabbiy 1 hafta yoki 10 kunda o'zi xohlagan futbolni jamoaga singdira olmaydi. Bunga harakat qilmoqdamiz, ayni vaqt o'z poziciyamizga qaytib, faqat natija uchun intilmoqdamiz. SHu tufayli, o'yinimiz ham o'zimiz xohlagandek chiqmayapti. SHota davridagi futbol tugab, yangi sistemaga o'tmoqdamiz. O'tish bosqichidamiz. Xudo xohlasa, bu yil yaxshi natijalarni ko'rsatsak, keyingi yildan Maksim SHackix istayotgan futbolni namoyish etolamiz: hujumkor, pressing va faqat oldinga qaratilgan o'yin.

- CHempionlik poygasidagi asosiy raqiblar.

- Ochkolarni hisobga olsak, hozirgi kunda chempionlik uchun 4-5 ta jamoa kurashmoqda. Musobaqa jadvali ham buni ko'rsatmoqda. 1-davrada Turkiyada ham aytgandim, menimcha, titul uchun “Paxtakor” va “Nasaf” davogarlik qiladi.


Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика