So’nggi yangiliklar

02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  20 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  22 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  2 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  27 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  12 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  4 20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  2 19:48Шенсни яна 1 йил "Барселона"да қоладими?  1 19:24Ҳоланддан ноёб рекорд. Ундан олдин фақат Кейн бу ишни қила олган  0 18:58"Реал" ва "Интер" Ҳусановни сафига қўшиб олишни истаган. Фабрицио Романо тафсилотлар билан бўлишди  16

Eldor SHomurodov: "Mourinyu bilan munosabatim boshidagidek emas, lekin..." Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Mourinyu bilan munosabatim boshidagidek emas, lekin..."

O'zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga etib kelgan "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov intervyu berdi.


- Milliy terma jamoa yig'iniga keldingiz. Kayfiyatingiz qanday?
- Milliy terma jamoaga kelganimda doim kayfiyatim alo bo'lgan.

- "Roma"dagi ishlaringizdan ko'nglingiz unchalik to'lmayotgan bo'lsangiz kerak.

- Albatta ko'proq o'ynashni xohlayman.

- Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Bilmadim, balki o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsata olmayotgandirman. Buni vaqt ko'rsatadi.

- Namangandagi xalqaro musobaqa haqida nima deya olasiz?
- Ushbu musobaqa vodiylik muxlislar uchun o'ziga xos bayram bo'ladi. Ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Mourinyu bilan munosabatlar yomonlashmadimi?

- Yo'q, barchasi joyida. To'g'ri boshidagidek emasku, lekin yaxshi.

- Rejangizda keyingi mavsum ham "Roma"da  qolish niyati bormi?

- Klub bilan amaldagi shartnomam bor. Agar o'ynaydigan bo'lsam qolishni xohlayman, lekin ko'p vaqt zaxirada o'tirish niyatim ham yo'q.

- Abraxamning Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar chiqdi. Uning ketishi sizning qolishingizni kafolatlaydimi?

- Yo'q, uning ahamiyati yo'q deb o'ylayman.

- Oldin "Rostov"da o'ynagan vaqtingizda klubda gol ura olmasdi, terma jamoaga borib gollar urib yaxshi kayfiyatda klubga kelardi deyishardi. Namangandagi turnirda ham shunday bo'lishi mumkinmi?

- Albatta bo'lishi mumkin. Hujumchi birinchi navbatda gol ursa o'ziga bo'lgan ishonch oshadi. SHuning uchun "Navruz Cup" musobaqasida ham ko'p gol urishni xohlayman.

- Namanganlik muxlislarga nimalar degan bo'lardingiz?

- Vodiylik barcha muxlislarga stadionga kelib bizni qo'llab turishlarini so'rayman. Biz esa chiroyli o'yin bilan xursand qilishga harakat qilamiz.



Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика