Eldor Shomurodov: "Kannavaro o'yin uslubi, taktik tomonlama yangiliklar kirityapti"
19 noy 2025 00:43
Yangiliklar
Eldor Shomurodov: "Kannavaro o'yin uslubi, taktik tomonlama yangiliklar kirityapti"
Turnir finalida esa forslar taslim etildi. O'yindan so'ng O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov fikrlarini bildirdi.
"O'tgan uchrashuvlarga qaraganda yaxshiroq o'ynadik. Birinchi bo'limda ancha vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda esa 10 kishi bo'lib ham yaxshi himoyalandik",- deydi Eldor Shomurodov.
- Qirg'izistonga qarshi penaltidan keyin Turkiyada ancha ishonchli tepdingiz. Bugun ham shunday bo'ldi. Penaltilarni qancha mashq qildingiz?
- O'shandan keyin mashq qilishga to'g'ri kelyapti. Tepish uslubimni o'zgartirdim.
- Fabio Kannavaro bilan 2 ta yig'in o'tkazdik. Jamoada bo'lgan o'zgarishlarni sezyapsizmi?
- Albatta, Kannavaro bizdan ko'proq agressivroq va oldinga o'ynashni talab qilyapti. O'yin tempida ham, taktik, o'yin uslubi tomonlama ham yangiliklar kirityapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Элдор ўртадагиларга айт орқага камроқ оширсин,кечаги ўйинда хаддан зиёд бўлди.
Четлатиш ҳам шундай келиб чиқди