So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  1 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  8 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  2 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  6 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Eldor Sakaev: “Har bir klubning o'z akademiyasi bo'lishi kerak” Yangiliklar

Eldor Sakaev: “Har bir klubning o'z akademiyasi bo'lishi kerak”

Teglar :  Eldor Sakaev
Mamlakatamizda tajribali murabbiylar juda ko'p. Ulardan biri Eldor Sakaevdir.
Eldar Usmonovich oliy liganing bir qator klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.  Bundan tashqari, ayrim jamoalarda turli lavozimlarda ishlagan. Uning so'nggi jamoasi “Oq-tepa” bo'ldi.  O'tgan mavsumda oqtepaliklar kuchlilar safiga chiqa olmagach, Eldar Sakaev istefoga chiqqandi.

Yaqinda Eldar Usmonovich bilan bog'lanib bir nechta savollarimizga javob olishga muvaffaq bo'ldik.

- O'zbekiston Futbol federaciyasi qoshida tashkil etilgan “Terma jamoalar markazida” faoliyat yuritayotganingiz haqida eshitdik. Qaysi lavozimda ishlayapsiz, sizning vazifangiz nimalardan iborat?
- Terma jamoalar markazida maslahatchi murabbiy bo'lib ishlayapman. Mening vazifam o'smirlar, yoshlar terma jamoalariga o'yinchilar tavsiya etish, ularning mashg'ulotlarini kuzatib kerakli maslahatlarni berishdan iborat. Terma jamoa markazida har doim ish qizg'in. Bo'sh vaqt deyarli yo'q. Bazan viloyatlarga borib terma jamoalarimiz uchun yangi o'yinchilarni kuzatib kelyapmiz.

- Hozir oliy liganing bir nechta klublarida bosh murabbiylar o'zgardi. Bu borada sizga ham takliflar tushayotgan bo'lsa kerak?
- Taklif bor. Lekin uning qaysi jamoadan ekanligini ayta olmayman. Hozir muzokara jarayonlari davom etmoqda. Uning yakuni qanday bo'lishini bilmayman. SHunday ekan oldindan biror fikr bildirishim mushkul. Barchasini vaqt ko'rsatadi.



- “Oq-tepa”dan ketish sabablari bilan o'rtoqlashsangiz?
- O'zingizga malum, o'tgan yili jamoa oliy ligaga o'tish turnirida “So'g'diyona”ga yutqazib qo'ydi va kuchlilar safiga chiqishdan mahrum bo'ldi. Ochig'i, bunday bo'lishini kutmagandik. Axir biz ikki marta oliy liga debyutanti “Obod”ni mag'lubiyatga uchratishga erishgandik. Yakunda esa ular elitaga yo'l olishdi.
SHundan keyin istefoga chiqishga qaror qildim. O'zimni yangi muhitda sinab ko'rish ishtiyoqi kuchli edi.

- Joriy mavsum “Oq-tepa” uchun juda omadsiz keldi. Bundan bir necha oy muqaddam jamoa birinchi ligadagi ishtirokini to'xtatdi. Bir yil oldin oliy ligaga intilgan jamoaning bunday ahvolga tushib qolishi ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi.
- Rostini aytsam, nega bunday bo'lganini bilmayman. SHunday jamoaning birinchi ligada ishtirokini to'xtatgani achinarli.

- Oliy ligada birinchi davra yakuniga etdi. Mavsumning birinchi yarmidan qanday taassurot oldingiz?
- Bu yil qiziqarli bahslarning guvohiga aylanyapmiz. Ko'pchilik qatori menga ham “Metallurg” ko'rsatayotgan o'yinlar yoqdi. Bekobodliklar bir necha yildan beri deyarli bir tarkibni saqlab qolishgani o'z samarasini bermoqda. U erda bugungi kunda O'zbekistonning eng kuchli murabbiylari faoliyat yuritishmoqda. Bu ham muvaffaqiyatlarning bir bo'lagidir.

“Nasaf”ning davra oxiriga kelib omadsizlikka uchrayotgani ko'pchilikni xavotirga solib qo'ygani rost. Menimcha, qarshiliklarga Osiyo CHempionlar ligasida katta kuch yo'qotishgani pand berdi. O'ylaymanki, ikkinchi davrada hammasi o'z iziga tushib ketadi.

“Bunyodkor”  sekin-asta mehnatlarining samarasini ko'rishni boshladi. Xuddi shunday yo'lni bir necha yil oldin “Paxtakor” bosib o'tgandi. Qolgan jamoalar esa o'z mavqeiga yarasha o'yin ko'rsatmoqda.

- Birinchi davra davomida jamoalarimizda bir necha marta bosh murabbiyning o'zgarganiga guvoh bo'ldik. Bu esa klublarimizning ko'rsatayotgan natijalariga ham tasir o'tkazmoqda. Ko'p jamoalarda ishlagan mutaxassis sifatida bu boradagi fikringiz qanday?
- Tez-tez murabbiylarning almashishi milliy chempionatimiz saviyasiga tasir o'tkazmoqda. Bazan bosh murabbiylar bir jamoada hatto olti oy ham ishlay olishmayapti. Klub rahbariyati esa natijani birinchi o'ringa qo'yishmoqda.

Menimcha, futbolda qisqa fursat ichida juyali natijalarni qayd etish amri mahol. Rahbarlar shuni yaxshi tushunishlari lozim. Bosh murabbiyga kamida ikki-uch yil ishlash imkoniyatini berish kerak. Barqaror klubni shakllantirish uchun bir necha yil kerak bo'ladi. Yuqorida “Metallurg” haqida aytdim. Bir necha yildan beri jamoa shakllanib bordi va bu mavsumda natija berishni boshladi.

Eng asosiysi klublarimiz yosh futbolchilarni tarbiyalashga jiddiy etibor qaratishlari lozim. Bosh murabbiy va uning yordamchilari bir maqsad yo'lida birlashishlari talab etiladi. Bazan murabbiylar shtabida kelishmovchilik yuzaga keliayotgani haqida eshitib hayron bo'laman. Bunday holat ijobiy natija xususida o'ylash mushkul.



Har bir klub o'z akademiyasiga ega bo'lishi shart. Avval “Paxtakor”, keyinchalik “Bunyodkor” o'z akademiyasi hisobiga ancha kuchli tarkibga ega bo'ldi. Yil boshida “Bunyodkor” Sardor Rashidovning transferidan ancha foyda ko'rdi. Bularning barchasi jamoa to'g'ri yo'ldan ketayotganidan darak bermoqda.

Bosh murabbiy klub rahbariyatiga bir necha yillik dasturni taqdim etishi darkor. Unda har yili qilinishi lozim bo'lgan ishlari aniq ko'rsatilishi kerak. Klub rahbari esa sabr bilan bosh murabbiyga ishonishi shart. Bundan tashqari, murabbiy o'sha klubning o'z falsafasini yaratishi va barchani shu falsafa atrofida jamlay bilishi lozim. Qisqasi, har bir klub o'z falsafasiga ega bo'lishi darkor. Futbol maktabi murabbiydan tortib, bosh murabbiygacha jamoaning muvaffaqiyati haqida qayg'urishi talab etiladi. SHunda natija ham sekin-asta keladi. Takror aytaman, futbolda shoshilinch ravishda natijaga erishib bo'lmaydi.

- Oldin ishlagan jamoalaringiz natijalarini kuzatib borayotgan bo'lsangiz kerak. Ularning birinchi davradagi ishtirokini qanday baholaysiz?
- “Navbahor” va “Andijon” jamoalari mavsumning birinchi yarmini yaxshi o'tkaza olishmadi. Ayniqsa, namanganliklarning natijalari muxlislarning xafsalasini pir qilgani aniq. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham Rashid G'ofurovga yil oxiriga qadar imkoniyat berish lozim edi, negaki yil boshida jamoani u shakllantirgandi. Futbolchilarning bir-birlarini tushunib ketishlari uchun biroz vaqt kerak edi. Endi esa hammasini boshidan boshlash kerak. Bunday fikrni “Andijon” haqida ham aytishim mumkin.

Abror DEHQONOV suhbatlashdi.
“Futbol Ekspress” gazetasidan olindi.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика