Eldor Boymatov legionerga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2020, 19:53
Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi surxondaryolik futbolchining xizmatiga extiyoj sezmoqda.

O'tgan mavsumni “Qizilqum” jamoasida boshlab, keyinchalik “Surxon”da yakunlagan Eldor Boymatov bugun dushanbeliklarning o'quv-yig'iniga borib qo'shildi.

Tojikiston chempioni – “Istiqlol” klubiga yaqinda Vitaliy Levchenko bosh murabbiy etib tayinlandi. Yangi murabbiy maydon markazidagi bo'shliqni aynan o'zbekistonlik Boymatov yordamida bartaraf etishni istamoqda. Hozircha tomonlar muzokara o'tkazayotganini aytish lozim.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia