So’nggi yangiliklar

08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  0 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  1 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  2 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  23 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  24 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  2 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  30 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  14 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  4 20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  2

"El Klassiko"gacha... Yangiliklar

"El Klassiko"gacha...

"Real Madrid" - "Barselona" qarama-qarshiligi o'yin boshlangunga qadar ham davom etadi.

"Real Madrid" — "Barselona"

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Nacho, Valverde, Modrich, Kroos, Kazemiro, Rodrigo, Vinisius Junior.

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Pedri, Obameyang, Dembele, Ferran Torres.


YANGILASH


Xavi esa "Real"ni favorit deb atadi.

"Jamoamiz juda yaxshi davrni o'tkazayotganini ko'rsatish uchun zo'r imkoniyat. Bu o'yinda biz individuallikni va raqib maydonida ham o'z o'yinimizni ko'rsata olishimizni isbotlashimiz kerak.

O'yinda favorit "Real". Ular o'z maydonida o'ynamoqda, shuningdek, chempionatda peshqadam bo'lib turishibdi", - deya fikr bildirdi.

Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti o'yin haqida fikr bildirdi.

“Biz g'alaba qozona (Benzemasiz ham) olamiz. U 34 yoshdagi futbolchi va bazida shunday jarohatlar bo'lib turadi. Bu o'ta jiddiy muammo emas va u juda tez sog'aymoqda”, deydi Anchelotti.

Mezbonlar tarkibida Benzema va Mendi, mehmonlardan esa Balde, Dest, Umtiti, Serxi Roberto va Fati uchrashuvni o'tkazib yuborishi deyarli aniq.

Ayni damda "Real" 66 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, "Barsa" esa 51 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda.

"Barselona" "Real"ni so'nggi bor 6 o'yin avval — 2019 yilda mag'lubiyatga uchratgan.

"Real Madrid" so'nggi 5 o'yinda g'alaba qozonmoqda va gol urmoqda. "Barselona" esa 11 o'yindan beri yutqazmayapti. Kataloniyaliklar oxirgi 19 bahsning 17 tasida raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda.

Uchrashuvni Xuan Martines Munuera boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Migel Martines Munuera, Diego Barbero Sevilya yordam beradi.

Eden Azar "Real"da so'nggi 3 yil davomida "El Klassiko"da maydonga tushmagan.

SHu paytgacha Ispaniyaning ikki grandi 248 marta o'zaro to'qnash kelgan. Ulardan roppa-rosa 100 tasida "Qirollik klubi", 96 o'yinda esa "ko'k-anorranglilar" g'alaba qozonishgan. 52 bahsda esa tarozi pallalari teng kelgan. 

Eslatib o'tamiz, joriy uchrashuv soat 01:00 da start oladi. Uchrashuv matnli translyaciyasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Real Madrid

LaLiga . 29-tur

21/03/2022, 01:00

4
:
0
Tugadi

Barcelona

Pierre-Emerick Aubameyang - 29', Ronald Araujo - 38', Ferran Torres - 47', Pierre-Emerick Aubameyang - 51'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 60017 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Martinez

45'
90'
22'  Toni Kroos
46'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)
46'  Daniel Carvajal (Mariano Diaz)
63'  Luka Modric
64'  Nacho Fernandez (Lucas Vazquez)
64'  Rodrygo (Marco Asensio)
82'  Eduardo Camavinga
88'  Lucas Vazquez
26'  Frenkie de Jong
29'  Pierre-Emerick Aubameyang
29'  Ousmane Dembele
31'  Sergio Busquets
38'  Ronald Araujo
38'  Ousmane Dembele
47'  Ferran Torres
47'  Pierre-Emerick Aubameyang
51'  Pierre-Emerick Aubameyang
51'  Ferran Torres
71'  Pierre-Emerick Aubameyang (Memphis Depay)
71'  Frenkie de Jong (Gavi)
74'  Jordi Alba
80'  Ousmane Dembele (Adama Traore)
86'  Pedri (Nico Gonzalez)
86'  Jordi Alba (Dani Alves)
88'  Nico Gonzalez

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика