So’nggi yangiliklar

00:17Кейинги турдан бошлаб Германияда ҳакамлар ВАРдан сўнг қарорларини бутун стадионга тушинтириб беради  0 23:53Назорат ўйини. Ўзбекистон Кападзе мураббийлигида Иордания билан муроса кўчасини танлади  186 23:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтяпти  4 23:15"Манчестер Сити" сотиб олган 18 ёшли ҳимоячи "Ланс"да ўйнайди  0 22:48Кайл Уокер: "Милан" билан ЧЛ ютиш - орзуим. "Сити"даги ишлар яхши эмас эди"  0 21:49"Сўғдиёна" "Рига"га мағлуб бўлди  2 21:23"Ювентус" Хави билан боғланди  6 20:49Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев Португалия клубига ўтишга яқин  75 20:45ФИФА ЦСКАдан трансфер тақиқини олиб ташлади  12 20:39Ўзбекистон терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  19 19:53"Челси" ҳимоячиси "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  0 19:26Наингголан ҳибсга олинди  2 18:59Испания терма жамоаси бош мураббийи Де ла Фуэнте билан шартномани узайтирди  1 18:30"Ал Насср" етакчиси янги клуби билан 1 йиллик шартнома бўйича келишиб олди  1 18:02"Влахович 3 йилдан бери кучаймади"  6

"El Klassiko". Ispaniya kubogi finali prevyusi Yangiliklar

"El Klassiko". Ispaniya kubogi finali prevyusi

Mavsumdagi uchinchi "El Klassiko". U Krishtianu Ronaldu hamda Valdessiz o'tadi. Kataloniyaliklar ketma-ket ikki mag'lubiyat va CHempionlar Ligasidan chiqib ketgani uchun aybini yuvishga urinsa, madridliklar azaliy raqibiga yana bir marta mag'lub bo'lmaslik uchun bor kuchi bimlan harakat qiladi. "Kopa del Rey" bu safar har ikki klub uchun ham har doimgidan-da muhim.
Boshlanish vaqti: 00:30 (Toshkent vaqti bilan)
O'tkazilish joyi: Valensiya, "Estadio de Mestalya".

Bu uchrashuvda jamoalar shunchaki sovrin uchun maydonga chiqmaydi. Har ikkisi bugun tunda mavsumni qutqarib qolish imkonini beruvchi omadli chipta uchun kurashadi, desak ham xato bo'lmaydi. CHunki ikki ispan grandi ham mavsumda mutlaqo sovrinsiz qolib ketishi ehtimoli mavjud. Bugungi g'alaba ularga nafaqat mavsumning qolgan qismi uchun ruxiy ko'tarinkilik, balki sovrinsiz qolib ketishdan ham qutilish imkonidir. Axir  Madridning "Atletiko"si Martino va Anchelotti jamoalarini Ispaniya chempionligidan ayrishi jkda ham mumkin.

"Barsa" va "Real" CHempionat doirasida ikki bor o'zaro to'qnishib bo'ldi. Har ikkisida ham "ko'k-anorranglar" "qirollik klubini" mag'lub etdi - 2:1 va 3:4. So'nggi "klassiko"da futboldagi hamma narsani ko'rish mumkin edi: ettita gol, uchta penalti, qizil kartochka...


Jamoalar holati

"Barselona"

"Atletko"dan mag'lub bo'lib (1:0), CHempionlar Ligasining chorak finalida o'z yurishini to'xtatganidan keyin, "Barsa" kutilmaganda "Granada"ga ham mag'lub bo'ldi va mamlakat chempionligi uchun imkoniyatlarini kesin pasaytirib yubordi. SHu sababli ham Xerardo Martino uchun bugungi kubok finali yagona qutqaruv kemasi vazifasini bajarib berishi mumkin. Tatadan g'alabadane boshqa narsa kutilmayati ham.

Kataloniyaliklar bu o'yinga ancha yomon formada etib kelyapti. So'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin ispan matbuoti "Barsa" futbolchilariga birdamlik va motivaciya etshmagani haqida, Martino endi futbolchilarga g'alabaga nisbatan chanqoqni uyg'otishi kerakligi haqida yozdi. "Madrid" esa bu ishni amlaga oshirish uchun eng maqbul raqib.

Tarkibdagi holati



Biroq "Barselona"ning muammolari shundangina iborat emas.

Valdes, Dos Santos va Kuenkaning qaydnomaga kiritilmasligi aniq.SHuningdek himoya chizig'ida ham etarlicha muammolar bor. Xerard PIke (son) va Karles Puyolning (tizza) jarohatlari jamoa o'yiniga anchadan beri salbiy tasir o'tkazib kelyapti. Uning ustiga Bartraning ham jarohatlangani ktalonlarni birgina markaziy himoyachi bilan qoldirdi. Yuqlrida takidlangan futbolchilarning maydonga tushish ehtimoli ham yo'q emas. Biroq katta so'roq ostida.

Ayrim nashrlar taxminiga ko'ra jamoa sardori Puyol maydonga tushishi mumkin va taxminiy tarkib quyidagicha ko'rinish oladi.



"Real Madrid"

"Real" 33 turdan keyin chempionatda 79 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog'onasidan joy olgan va peshqadam "Atletiko"dan uch ochko ortda qolyapti. "Qirollik klubi" uchun juda muhim va qiyin palla boshlanyapti. CHempionlar Ligasida ular "Bavariya"ga qarshi ikki o'yin o'tkazishi kerak. Undan tashqari La Ligada ham CHempionlik uchun kurashni davom ettiryapti.

"Barselona"dan farqli ravishda "Real" CHempionlar Ligasi yarim finali masalaini o'z foydasiga hal qila olgani bilan bir qatorda, chempionat so'nggi turida "Almeriya"ni yirik hisobda qiyinchiliksiz mag'lub etdi. Ayni vaqda "Real" psixologik tomondan ancha yaxshi holatda.

Biroq bukmeykerlar bu o'yinda baribir kataloniyaliklarni faqorit hisoblamoqda. Balki bunga "qaymoqranglilar"ning Martino jamoasiga qarshi avvalgi ikki o'yindagi mag'lubiyat sababdir, balik bugun Krishtianu Ronalduning maydonga tushmasligi boisdir. Darvoqe, aynana mana shu ohirgi faktor o'yinga katta tasir o'tkazishi mumkin.

Karlo Anchelottining baxtiga Isko so'nggi vaqtlarda, portugaliyalik yulduz maydonga tusha olmayotgan bir pallada ajoyib o'yin ko'rsatyapti. U "Real Sosedad" va "Almeriya"ga qarshi o'yinlarda o'z vazifasini qoyilmaqom darajada uddaladi. Bugun unga ko'p narsa bog'liq bo'ladi.

Tarkibdagi holat

Krishtianu Ronaldudan tashqari Karlo ota Xese hamda Marselo xizmatlaridan ham foydalana olmaydi. Og'ir jarohati sabab mavsumning yarmidan ko'p qismini o'tkazib yuborgan Sami Xedira yana mashg'ulotlarga kirishgan. Ammo finalda maydonga tushishi qiyin uning.



Abror Qodirov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика