So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"El Klasiko" oldidan "Kamp Nou"ga o'zgacha fotosayohat Yangiliklar

"El Klasiko" oldidan "Kamp Nou"ga o'zgacha fotosayohat

Bugun Ispaniyada mavsumning eng markaziy ikkita o'yinidan biri bo'lib o'tadi.

Ikkinchisi esa xuddi shu jamoalarning ikkinchi davradagi bahsi bo'ladi. Bugun "Real" hamda "Barselona" o'zaro Madridda hisob-kitob qilishadi. Uchrashuvga har ikkala klub turnir jadvalidagi qo'shhokmlik bilan etib kelishdi. Ikkala grand hisobida 22 ochkodan bor va faqatgina to'plar nisbati evaziga Xavi shogirdlari birinchi o'rinda turishibdi.

Hozir o'yin yoki o'yindan oldingi fikrlarimni bayon qilmoqchi emasman. Balki, azaliy raqiblar to'qnashuvi oldidan yaqindagina "Barselona" uy stadioni hisoblanmish "Kamp Nou"ga safarimizni fotolar yordamida sizga havola etmoqchiman. Demak, kataloniyaliklarning uy maydoniga uyushtirilgan sayohatni tomosha qiling va o'zingiz baho bering.

Real Madrid

Karim Benzema - 12', Federico Valverde - 35', Rodrygo - 90'

LaLiga . 9-tur

16/10/2022, 19:15

1
:
3
Tugadi

Barcelona

Ferran Torres - 83'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 62876 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
12'  Karim Benzema
30'  Vinicius Junior
35'  Federico Valverde
35'  Ferland Mendy
75'  Luka Modric
78'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)
85'  Vinicius Junior (Rodrygo)
88'  Karim Benzema (Marco Asensio)
88'  Daniel Carvajal (Antonio Ruediger)
90'  Rodrygo
60'  Raphinha (Ferran Torres)
60'  Sergio Busquets (Gavi)
60'  Alex Balde (Jordi Alba)
73'  Ousmane Dembele (Ansu Fati)
81'  Gavi
83'  Pedri (Franck Kessie)
83'  Ferran Torres
83'  Robert Lewandowski
90'  Franck Kessie

Stadion xududiga kirganingizda katta maydonda mana shu kichik do'kon va uning o'ng tomonida kichik kafe bor. Siz stadion va klub muzeyini tomosha qilish uchun bilet olmasdan turib ham shu erdan "Barselona" liboslari va klub logosi tushirilgan atributkalarni sotib olishingiz, shuningdek, bemalol kafeda kofe yoki biror ichimlik ichib, tamaddi qilib ketishingiz mumkin. Muhimi siz "Kamp Nou"da o'tirib tamaddi qilgan bo'lasiz)



Stadion 1957 yilda qurib bitirilgan va foydalanishga topshirilgan. "Kamp Nou" katalon tilidan tarjima qilganda "Yangi maydon" manosini beradi. Ushbu nom arenaga 2000-2001 yilgi mavsumda jamoaning azaliy raqibi "Real"ga qarshi bellashuvdan keyin berilgan.

1998-1999 yilgi mavsumda UEFA stadionga 5 yulduz maqomini bergan. Ammo, 2010 yilda baholashning yangi tizimiga ko'ra ushbu daraja 4 yulduzga o'zgartirilgan. Arenaning hozirgi noma "Spotify Camp Nou". Stadionda futbol o'yinlaridan tashqari, mashhur sanatkorlar koncert ham berishadi. Masalan, pop-musiqa qiroli Maykl Jekson, afsonaviy murabbiy Ser Aleks Fergyusonning eng sevimli qo'shiqchisi bo'lgan Frank Sinatra, XX asrning eng mashhur opera qo'shiqchilaridan biri italiyalik Luchano Pavarotti, Xulio Iglesias, Sting va yana ko'plab musiqa sanati ustalari shu erda o'z koncertlarini berishgan.


"Barselona" muzeyi va stadionni tomosha qilib chiqish uchun mutasaddilar sizga bir necha xil paketlarni taklif qilishadi. Eng oddiy variantda siz 31.50 evro evaziga sayohat qilasiz. Keyingi variantlarda esa qo'shimcha qulayliklar va imtiyozlar kitirilgan. Siz qaysi birini sotib olsangiz ham ichkarida tomosha qilish vaqtingiz umuman cheklanmagan. Xohlasangiz 1 soat, istasangiz 3-4 soat bemalol aylanib yuraverasiz.


Klub rasmiy sayti orqali stadion va muzeyga sayohat uchun biletni onlayn sotib olish imkoniyati mavjud. Bunda siz kassadagi jonli navbatdan qutulib qolasiz va sizda 10ga yaqin paketlar taqdim etiladi. Bemalol hammasini ko'rib, xohlaganingizni tanlab bilet sotib olaverasiz. Biletlarni onlayn sotib olish uchun link >>>>> "Kamp Nou"ga sayohat.


"Kamp Nou"da odamlar faqat o'yin kunida emas, boshqa oddiy kunlarda ham gavjum. Sababi, bu Kataloniyadagi sayyohlar eng ko'p boradigan joylar safiga kiradi. Stadion nafaqat Ispaniya, balki butun Evropada eng katta hisoblanadi. Unga 99354 tomoshabin ketadi. Stadion 1995 va 2008 yillarda rekonstrukciya qilingan.


"Barselona"ning basketbol va futzal jamoalari uy uchrashuvlarini aynan mana shu arenada o'tkazishadi. Bu "Kamp Nou"ning chap biqinida joylashgan.


Muzey va stadionga sayohat mana shu yo'lakchadan boshlanadi. Uyog'iga maxsus belgilar sizning harakatlanish yo'nalishingizni ko'rsatib turadi.


Muzeyga kirib ketish oldidan bemalol "Barsa kafe"da tamaddi qilib olishingiz yoki tomog'ingizni ho'llab olishingiz mumkin.


Muzeyga kirib ketiladigan oynali yo'lakda olingan surat. SHu yo'lakni o'zida siz maxsus suratga tushishingiz mumkin, qaytib chiqib ketayotganingizda rasmingizni chiqarib qo'lingizga tutqazishadi. Albatta to'lovini ham berishingiz kerak bo'ladi.


Muzeyga kirishingiz bilan klubning ko'p yillik tarixi davomida qo'lga kiritilgan ko'plab sovrinlarga ko'zingiz tushadi.


Tarixiy libos, to'plar va butsa. 


Har bir eksponat va suratlar tagida ular haqida malumotlar ham bo'ladi. Agar qachondir "Kamp Nou" muzeyiga kelsangiz kiraverishda audiogidga ham pul to'lashni tavsiya qilaman. Bunda sizga batafsil malumot berib boriladi.


Muzeydagi eng katta shkaf (shunday atasak to'g'ri bo'lsa kerak)ning eng pastki qatorida "Barselona"ning bu yilgi mavsumda foydalanayotgan o'yin, mashg'ulot va h. liboslari qo'yib qo'yilgan.


Mana bu erda klub tarixiga oid juda ko'plab suratlar bor, rasmlarning barchasi o'yinlardan kadrlar. Istalgan suratning ustiga barmog'ingiz bilan bosasiz (ekran sensorli) va aynan o'sha surat kattalashadi, keyin boshqasini shunday tomosha qilaverasiz.  Bu erda Messining "Santyago Bernabeu"da libosini qo'lida ko'tarib gol nishonlagan kadridan tortib boshqa ko'plab tarixiy epizodlarni ko'rishingiz mumkin.


Turli davrlarda foydalanilgan libos, to'p va butsalar o'z holicha saqlanib qolingan va muzeyda ularni tomosha qilishingiz mumkin.


Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati sovrini.


"Barselona"da 1900-1995 yillarda to'p tepgan bolgariyalik Xriston Stoichkov kiygan formma va butsa. SHuningdek, 1994 yilda Stoichkov olgan "Oltin to'p".


Messining tarixiy libosi. Ammo, chap tomondagi "Oltin to'p" va "Oltin butsa" Leoniki emas. Masalan, "Oltin butsa" Suaresniki. Messining "oltinlari" uchun maxsus joy ajratilgan.


"Barselona" CHempionlar ligasini 5 marta yutgan. Mana o'sha sovrinlar.


2009 hamda 2011 yillarda "Manchester Yunayted" mag'lub etilib qo'lga kiritilgan ECHL kuboklari va o'sha finallarda foydalanilgan to'plar.



"Barselona" tarixiga oid suratlar yordamida o'ziga xos mozayka yaratiladigan joy.


Mana Le Messining 7ta "Oltin to'p"i. Siz 13 evro to'lab ular bilan birga rasmga tushishingiz va rasmni chiqartirib olishingiz mumkin. Yoki tekin varianti ham bor) SHunchaki telefoningizda rasmga tushasiz va uyga qaytganda o'zingiz chiqartirib olasiz. Hech qanday 13 evro to'lamaysiz va sizda Messining "Oltin to'p"lari bilan rasmingiz bor) CHempionlar ligasi sovrinlari bilan ham xuddi shunday qilishingiz mumkin. Aks holda 13 evroga tushasiz.


Bu esa Messining "Oltin butsa"lari.


Nihoyat, stadionga chiqib kelasiz...


Stadionga kelib o'z ko'zingiz bilan ko'rmaguningizcha undagi atmosferani to'la his qilolmaysiz. SHunchaki ajoyib.


"Barselona"ning barcha prezidentlari va ular klubni boshqargan yillar.


Futbolchilar aynan mana shu yo'lakdan o'tib borishadi va shu erda kichik intervyularni berishadi. Boshqacha qilib aytganda mikst-zona.


"Kamp Nou"dagi matbuot anjumani bo'lib o'tadigan xona. aynan shu erda bosh murabbiylar OAV vakillari savollariga javob berishadi.


"Kamp Nou"dagi mehmon jamoa kiyinish xonasi. Unda massaj uchun 4ta stol, maxsus dush va jakuzi bor. Mehmon jamoa kiyinish xonasida shuncha sharoit. Afsuski, hozirda mezbonlar kiyinish xonasiga kirish mumkin emas.


Kiyinish xonasidan stadionga chiqiladigan yo'lakchaga borguncha devorga jamoaning ECHLdagi g'alabalari aks etgan suratlar ilingan.


Mana o'sha mashhur yo'lakcha. Aynan shu yo'lakdan Ronaldino, Messi, Inesta, Rivaldo, Kroyf va ko'plab afsonalar stadionga chiqib borishgan.


Media tribuna ikkinchi blokda, sharhlovchilar uchun joy esa eng tepada.


"Kamp Nou" qayta qurilganda shunday ko'rinishda bo'lishi mo'ljallangan. Bu yangi stadion maketi.


"Barselona" rasmiy do'koni.


3 qavatli do'konda istalgan narsani topishingiz mumkin. Bu erda klub logosi tushirilgan ko'plab mayda atributlarni ham sotib olishingiz mumkin.


SHu erda klub o'ziga xos marketingcha yurishni amalga oshirgan. Yani, 3 qavatli katta rasmiy do'kon muzey va stadionga sayohatning oxirgi nuqtasida. Do'kondan chiqasiz va sayohat ham o'z nihoyasiga etadi. Siz muzey va stadionni tomosha qilasiz, klub tarixi va katta yutuqlarini rasmlar va videolar yordamida ko'rasiz. Kayfiyatingiz alo darajaga chiqqan va hammasini o'zingiz his qilib ko'rganingizdan keyin "strelkalar" sizni rasmiy do'konga olib boradi. Mana endi siz nimadir sotib olishni xohlab qolasiz.


"Kamp Nou"ga sayohatimiz shu erda o'z nihoyasiga etdi.


"Barselona" uy stadioniga uyushtirgan fotosayohatimiz sizga manzur kelgan bo'lsa izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. SHuningdek, bugungi "El Klasiko" haqidagi fikrlaringizni ham qoldiring. Salomat bo'ling!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика