So’nggi yangiliklar

08:03Ўзбекистон Хорвария баҳсининг бошланиш вақти маълум  4 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  22 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1

Ektor Kuper: "Qog'ozda Avstraliya favorit, ammo maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Qog'ozda Avstraliya favorit, ammo maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin"

Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o'rin olgan Avstraliya - Suriya uchrashuvidan oldin Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbolchi Ayham Osu matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Har bir uchrashuv qiyin o'tmoqda. Bu Osiyo kubogi va bu erda oson raqiblar yo'q. Ertaga guruhimizdagi eng kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Futbolchilarning ishtiyoq va harakat sabab g'alaba qozonishimiz mumkin.

Ayham Osu

- Ertangi uchrashuv haqida nimalar deya olasan?

- Qog'ozda Avstraliya favorit, ammo maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz ertaga bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Ertaga Suriya terma jamoasi g'alaba qozonishiga ishonasizmi?

- Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Nazariy jihatdan raqib favorit, biroq maydonda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Muhimi xatolarga yo'l qo'ymaslik va faqat shundagina uch ochkoni qo'lga kiritishimiz mumkin.

Ayham Osu

-Birinchi bahsdagi yaxshi natijadan so'ng kiyinish xonasi va jamoadagi atmosfera qanday?

- Ajoyib jamoa yig'ilgan. Yosh va tajribali futbolchilar bir biriga yordam berishmoqda. Legioner futbolchilarimiz ham jamoaga tezda qo'shilib ketishdi. Kayfiyat alo darajada.

- Ko'pchilik sizni himoyaviy futbol tarafdori bo'lganingiz uchun tanqid qiladi. Ammo shu uslub bilan siz Misr terma jamoasini JCHga olib chiqqan edingiz. Ushbu falsafangizga hali hamon ishonasizmi?

- Jamoa texnik va uslub tomonlama menga to'g'ri kelishi kerak. Men ham bir terma jamoa bilan ishlab keta olmayman. Men uchun shunday miks bo'lishi kerak. Men hech qachon faqat himoyalanadigan jamoani boshqarmaganman. Bu intizom, faqatgina himoyalanib o'ynab bo'lmaydi. Hujum ham ko'p qilamiz.

Ayham Osu

- Siz yaqinda Suriya terma jamoasida faoliyatingizni boshladingiz. Suriya futbol federaciyasiga sizga taklif bilan chiqqanida, ushbu taklifni oilangiz bilan muhokama qildingizmi? Suriya terma jamoasi uchun o'ynash taklifi berilganidan xursandmisiz. Emociyalaringizni tariflab bersangiz.

- Men SHveciyada tug'ilganman va SHveciyada yashayman. Suriya terma jamoasida o'ynash taklifi kelib tushganda oilam bilan suhbatlashdim. Oilam xursand bo'lishdi. Men SHveciyada tug'ilib o'sgan bo'lsam ham, mening avlodlarim suriyalik. Suriya terma jamoasida bilan bor yo'g'i ikki uchrashuvda ishtirok etdim. Men Suriya terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyati berilganidan baxtiyorman. Suriya terma jamoasida o'ynayotganimdan ota onam mendan ko'ra baxtliroq.

- Jamoangizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz ertangi o'yinga bog'liq. O'yindan o'yinga harakat qilamiz. Oldindan taxmin qilishim noto'g'ri.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика