Ektor Belerin A Seriyaga yo'l oladimi?
12 iyu 2020 18:00
Yangiliklar


Ektor Belerin A Seriyaga yo'l oladimi?
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin yozda Italiya A Seriyasiga yo'l olishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq, himoyachi "kanonirlar"ning yuqori maqsadlari yo'qligi sabab jamoasini o'zgartirishni o'ylayotgani haqida xabarlar yangragan edi. Ispaniyalik futbolchining londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Belerin "Arsenal"da 2013 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar