Egor Krimec "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi
20 jan 2021 15:43
Yangiliklar


Egor Krimec "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Paxtakor" sardori 2021 yilgi mavsumni ham "SHerlar" safida o'tkazadigan bo'ldi.
"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalgan Egor 2011 yildan beri asosiy tarkibda o'ynab kelmoqda. Hozirga qadar Krimec Superligada 145 bellashuvda jamoa sharafini himoya qilgan. Egor O'zbekistonda faqat "Paxtakor" safida maydonga tushgan. Hozirgacha u 5 marta O'zbekiston chempioni, 3 karra O'zbekiston Kubogi va bir bor Liga Kubogida g'olib bo'lgan.
Bugun Egor "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi va 2021 yilgi mavsumni jamoa tarkibida o'tkazadigan bo'ldi. Umid qilamizki, u joriy yilda ham "SHerlar" g'alabalariga munosib hissa qo'shib, sovrinlarga ega chiqishda davom etadi", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar