Edita Mirobidova qizlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati final bahsini boshqaradi
08 noy 2019 13:30
Yangiliklar
Edita Mirobidova qizlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati final bahsini boshqaradi
Ayni kunlarda Tayland yashil maydonlarida qizlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Mazkur musobaqa uchrashuvlarida hamyurtlarimiz – Edita Mirobidova hamda Zilola Rahmatova hakam sifatida faoliyat olib borishmoqda.
Hozirga qadar o'zbekistonlik hakamlar SHimoliy Koreya – Avstraliya, Vetnam – SHimoliy Koreya, Myanma – Xitoy, Yaponiya – Xitoy hamda yarim final doirasidan o'rin olgan SHimoliy Koreya va Janubiy Koreya o'yinlarini boshqarishdi.
Endi ertaga musobaqaning final o'yini o'tkaziladi. Hal qiluvchi bahsda SHimoliy Koreya – Yaponiya qarama-qarshiligi kuzatiladi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, final bahsini Edita Mirobidova boshqarib boradi. Zaxira hakami sifatida esa Zilola Rahmatova ish olib boradi.
Fikrlar