Eden Azar: "Ikki-uch yil dam oldim, hozir faqat tatilga chiqishni xohlayman"
18 iyu 2023 17:43
Yangiliklar


Eden Azar: "Ikki-uch yil dam oldim, hozir faqat tatilga chiqishni xohlayman"
Eden Azar "Real"dan ketganidan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Azar 2019 yil shov-shuvli tarzda "Real"ga o'tgandi. Biroq Madriddagi to'rt mavsum belgiyalik futbolchi uchun omadsiz o'tdi, shu jumladan, u tez-tez jarohatga yo'liqdi.
"Kelajagim haqida nima deyishshimi mumkin? Rostini aytsam, hozircha bilmayman. Hozir tatilga chiqib, oilam bilan vaqt o'tkazmoqchiman. So'nggi kunlarda matbuotda turli gap-so'zlar paydo bo'ldi. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Men hamon professional darajada o'ynay olishimni his qilyapman. So'nggi ikki-uch yildan beri damo olishdaman. Menda hali ham etarlicha kuch bor", dedi yarim himoyachi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar