Eden Azar faoliyatini yakunlaganidan so'ng nimalar bilan shug'ullanayotgani haqida gapirdi
01 noy 2023 08:57
Yangiliklar
Eden Azar faoliyatini yakunlaganidan so'ng nimalar bilan shug'ullanayotgani haqida gapirdi
“Real” va “CHelsi”ning sobiq futbolchisi Eden Azar faoliyatini yakunlaganidan keyin nima bilan shug'ullanayotgani haqida gapirib berdi.
“Hammasi mukammal. Men hayotdan zavqlanaman, oilam, bolalarim bilan vaqt o'tkazaman. Men xohlagan narsamga erishdim va bu mukammal hayot.
Albatta futbol ko'raman, bolalarim futbol o'ynaydi. Men imkonim bo'lganda televizor ko'raman va boshqa narsalarni ham qilaman.
Ayni damda futbolni sog'inmayman, bu yaxshi. Bir necha oydan keyin nima bo'lishini ko'ramiz”, — deya Azar so'zlarini keltiradi Evrosports.
32 yoshli sobiq futbolchi 10 oktyabr kuni faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Belgiyalik so'nggi yillarda jarohatlar girdobida qolib ketgandi. U so'nggi mavsumda atigi 10 ta uchrashuvda ishtirok etgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar