ECHLning 2010/11 mavsumidan beri ilk marta APLning uch klubi keyingi bosqichga yo'l oldi
13 mar 2019 03:32
Yangiliklar


ECHLning 2010/11 mavsumidan beri ilk marta APLning uch klubi keyingi bosqichga yo'l oldi
“Manchester Siti” klubi ECHL 1/8 final javob bahsida ”SHalke” darvozasiga javobsiz 7ta gol urib, ikki o'yin natijasiga ko'ra 10:2 hisobi bilan chorak finalga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Avvalroq, musobaqaning keyingi bosqichiga APLdan MYU va “Tottenxem” klublari yo'l olgandi. SHunday qilib, chempionlar ligasining 2010/11 yilgi mavsumidan boshlab ilk marta Angliyaning uch jamoasi ¼ finalga chiqdi.
APLning yana bir jamoasi “Liverpul” esa ertaga myunxenda “Bavariya” mexmoni bo'ladi. Ular o'rtasidagi birinchi to'qnashuvda hisob ochilmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar