So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  59 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

ECHLga shaxdam qadamlar bilan odimlayotgan "Milan" haqida Yangiliklar

ECHLga shaxdam qadamlar bilan odimlayotgan "Milan" haqida

"Milan" o'tgan tur g'alaba qozondi va turnir jadvalida "Inter"ni ortda qoldirdi.

Anchadan beri "qizil-qoralar" CHempionlar Ligasiga bunchalik yaqin kelishmagandi. Qolaversa, bir necha oy oldin Gattuzo boshchiligidagi "Milan" ancha quyi pog'onalarga tushib ketayotgan edi. Malum vaqt mobaynida jamoa o'zining antirekordini o'rnatdi, qatorasiga to'rt uchrashuvda gol ura olmadi, Evropa Ligasidan chiqib ketdi. Lekin qishki kichik tanaffusdan oldin oxirgi turda SPAL ustidan qozonilgan g'alaba va munosib o'rinbosar yo'qligi murabbiyni saqlab qoldi. SHunday bo'lsa-da, ko'pchilik Gattuzo yaqin orada istefoga chiqarilishi va "Milan"ning boshqa bir afsonasi boshqaruvni qo'lga olishini kutgandi.

Qiziq, qishki tanaffus payti jamoada qanday o'zgarishlar sodir bo'lgan ekan? Aftidan, Gattuzo unga boshqa imkoniyat bermasliklarini yaxshi tushunib, ishga bor kuchi bilan kirishishga harakat qildi. Jamoa egalari esa murabbiyga ikkita qimmatbaho futbolchini sovg'a qildilar: Braziliyadan Lukas Paketani olib kelib, "Jenoa"dan Kshishtof Pentekni sotib olishdi. Sarflangan summa anchagina yuqori edi, lekin transferlar o'zini oqladi. Paketa avvaliga, birinchi bahsdanoq o'ziing fintlari bilan ko'pchilikni qoyil qoldirdi. Lekin avval Evropada klublarida o'ynamagan braziliyalik maydonda ko'ra olishi va xavfli vaziyalar yarata olishi ko'pchilikni hayratga soldi. Pentek esa dastlabki uchrashuvlardan raqib darvozalarini ishg'ol etishni boshladi. Hozirda polshalik to'purarning hisobida 8 o'yinda 7ta gol bor. Paketa esa 1ta gol urib, 2 golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi va qator vaziyatlar yaratmoqda.

Albatta, ular klubga kelishi bilan jamoaning o'yin uslubi ancha o'zgardi. Pentekning samarali harakatlaridan faqat bahra olmaslikning iloji yo'q. Agar avval "Milan" futbolchilari (Kutrone va Iguain o'ynagan vaqtlar) to'pni hujumchiga etkazib berishga qiynalganlar va noqulay vaziyatdan gol urishga majbur bo'lganlar. Hozirda "rossoneri" ko'proq gol urmoqda, lekin shunda ham to'p hujumchiga kamroq etib kelyapti. Mavsumning birinchi yarmida hujumda xavfli vaziyatlarni ikki o'yinchi Suso va Kutrone (bazida) yaratgan. Lekin bugungi kunda CHalxanoglu hamda Kastilexo bo'sh zonalarni qidirib, to'pni sherigiga tezroq oshirib berishga harakat qilishmoqda. Aslida, polshalik so'nggi vaqtlarda o'yinda ishtirok etmayapgandek ko'rinadi. Lekin u bo'sh zonani topib, gol urishga muvaffaq bo'lmoqda. Uning jamoadoshlariga haddan ziyod bog'liqligini o'ta kuchli koncentraciya egaligi va hujumda yaxshi o'ynay olishi "yopib ketadi".

Albatta, yangi o'yinchilar jamoaga kelganini aytib, "Milan" yaxshi o'ynayapti deyish oson. Lekin bir narsani tan olish kerak, Pentek baribir Ibragimovichdek, Paketa esa Kakadek o'yinchi emas. Ulardek bo'lishlari uchun esa hali o'z ustilarida ancha ishlashlari kerak. Agar Gattuzo taktika va ikki o'yinchini sotib olish borasida zo'r berib ishlamaganida, "qizil-qoralar" kuchsiz jamoalardan biriga aylanib qolishi mumkin edi. Gattuzo futbolchilar jamoaga tezda moslashib ketishida yordamini ayamadi. Braziliyalikning agenti ham o'yinchi boshqa klubga oz fursatda moslashib ketishi qiyin kechardi deb takidladi. Gattuzo qattiqqo'l bo'lishiga qaramay, insonlarni yaxshi tushunadi va tezda chiqishib keta oladi. U jahl ustida uchrashuv va mashg'ulot payti o'yinchilarga baqirishi mumkin, lekin tashqarida ular bilan kulib, hazillashadi.

Gattuzo mehnati samarasi o'laroq, "qizil-qoralar" himoyasi tartibli o'yin ko'rsatmoqda. Tanaffusdan keyin "rossoneri" 2ta gol ("Roma" va "Atalanta") o'tkazib yubordi. "Napoli" esa ikki marotaba "Milan" darvozasiga yo'l topa olmadi. Gattuzo himoyaviy o'yinni qanday yo'lga qo'ygani haqida soatlab muhokama qilish mumkin. Biroq aslida bunday emas. 

SHunchaki, Donnarumma faoliyatidagi eng gullagan davrni o'tkazmoqda. U birinchi mavsumga qaraganda ancha yaxshi o'ynamoqda va darvozani ishg'ol qilishlariga yo'l qo'ymayapti. Ammo u baribir hali o'zini to'liq namoyon etolgani yo'q. Musakkio va Kaldara oxirgi vaqtlarda juda ko'p xato qilmoqda. SHuning uchun, Romanoli bilan harakat qila oladigan kuchchli markaziy yarim ximoyachi kerak. Biroq shunday bo'lsa-da, Kaldara jarohatidan tuzalib, maydonga tushishini intiqlik bilan kutishmoqda. Jamoaning baxtiga, Temue Bakayoko safga qaytdi.  U Kessie bilan birgalikda maydon markaziga to'pni olib borib, ikkinchi tempda hujumlarni rivojlantirish imkonini berishmaydi.

"Milan" bir necha bor oxirgi pallalarda CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashda qoqilaverdi. Ammo hozir Gattuzo shogirdlari kurashga ham ruhan, ham jismonan tayyor ko'rinadilar. Raqobatchilar kuchli, o'yinda esa bazi muammolar hamon etarli. Xo'sh, nega unda "Milan" yo'llanma uchun kurashda favorit sifatida tilga olinmoqda? Sababi, chempionlik mavsumida bo'lgani kabi, xarakter namoyish qilmoqda. Tez orada Bigliya, Kaldara va Konti safga qaytadi, Suso muammolaridan qutiladi, Pentek va Paketa esa to'liq ko'nikib oladi. SHunday ekan, "Milan" bahordagi o'yinlarga yanada kuchliroq holatda etib boradi. "Sassuolo"ga qarshi o'yin Gatuzo uchun 50-bo'ldi va barchasi endi boshlanayotganga o'xshaydi...


Muallif: Sergey Rumyancev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика