So’nggi yangiliklar

12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  0 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  5 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  10 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67

Mirjalol Qosimov: "Biz birinchi o'ringa chiqib oldik. U zaxirada uyqusirab o'tirgan edi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Biz birinchi o'ringa chiqib oldik. U zaxirada uyqusirab o'tirgan edi"

Superliga 10-turidan o'rin olgan OKMK - "Neftchi" (2:2) bahsidan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Ikki jamoa uchun ham muhim o'yin edi. "Neftchi"ning salohiyatidan xabardor edik. Murosasiz kechgan bahsda durang qayd etildi. G'alaba qozonishimiz va mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Futbol shunisi bilan qiziq. Darvozabon qutqarmasa qiyin. Birinchi golda Aziz maydon markazida to'pni yo'qotdi. "Neftchi" ikkinchi raqam bo'lib harakatlanishini bilardik. Endi keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak" - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida.


- Darvozabon bugun xatoga yo'l qo'ydi. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoada darvozabonlar ketma-ket xatolarga yo'l qo'ymoqda. Ikkinchi davradan avval yangi darvozabon izlaysizlarmi?


- Men o'ynagan davrlarda ikkinchi darvozabon 30 yosh bo'lar edi va asosiy tarkibdan joy ololmasdi. Hozir esa barcha talab qilayotganidek yoshlarga imkoniyat beryapmiz. Yoshlarga esa barqarorlik etishmaydi. Men o'ynagan vaqtlarda zaxiradagi darvozabonlarning yoshi katta bo'lar edi. Siz aytishingiz mumkin, siz o'ynagan davr boshqa edi deb, ammo futbol o'zgarmagan-ku. Nima ham derdim. Aybsiz insonning o'zi yo'q. Darvozabonni ayblab qo'yish noto'g'ri. Sababi hujum boshida to'pni yo'qotdik va xatoga yo'l qo'ydik.


- Baribir darvozabon ham xatoga yo'l qo'ydi, menimcha...


- Bu sizning fikringiz. Vaziyatni to'liq baholasak, hujum startida Aziz to'pni yo'qotgan edi. O'zi jamoada barcha masuliyatli bo'lish kerak. Yosh futbolchilar ko'p xato qilishadi. Tajriba orttirish uchun esa yillar kerak. Misol uchun, Igor Akinfeev kabi "vunderkind"lar juda kam.


- Maydonga tushgan darvozabonning o'yini sizda qanday taassurot qoldirdi?


- U hali juda yosh. Shunday o'yinlar orqali toblanadi. Uning o'yini haqida hech nima demayman. Himoyachilar ko'p vaziyatlarni bartaraf etishdi. U ishlashda davom etishi kerak. Unga juda katta motivaciya berildi. Zaxira o'rindig'ida uyqusirab o'tirgan edi yonimda. Zaxirada qolgan futbolchi ham maydondagilar bilan hamnafas bo'lishi kerak.


- Jamoangizdagi legioner futbolchilardan ko'nglingiz to'lmayaptimi?


- Yo'q, to'lmayapti. Hozirgina bir futbolchiga dakki berdim. Zaxira o'rindig'ida bemalol o'tirgani uchun. Futbolchining o'zida xohish bo'lishi kerak.


- Oxirgi beshta o'yindan buyon "Neftchi"ni mag'lub eta olmayapmiz...


- Bu hayot. Bu sizlar uchun statistika, men uchun esa tajriba.


- Bugun OKMK bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?


- Biz birinchi o'ringa chiqib oldik.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика