ECHLda 7ta gol urgan "Liverpul" ustozi "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?
20 okt 2017 21:28
Yangiliklar


ECHLda 7ta gol urgan "Liverpul" ustozi "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Tottenxem"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Kecha yigitlarga dam berdim, bugun esa mashg'ulotlarga qaytdik. Lekin, ayrim o'yinchilar mashg'ulotda ishtirok eta olishmayapti.
Qarshipressing bizga maydonda yaxshi foyda keltirmoqda. Men 100 foiz aminmanki, biz bu uslubdan ikkinchi o'yinda ham foydalanamiz va bu bizning "Tottenxem"ga qarshi o'yindagi kalitimiz bo'ladi.
Bizda har ikki jamoa ham hujumda o'ynashga tayyor bo'lgan o'yinlar ko'p emas. Ajoyib bo'ladi. Keyn - nafaqat Evropada, balki dunyoda eng kuchli hujumchilardan biri.
Ularda juda yaxshi jamoa bor, faqat bitta o'yinchi haqida gapirish kerak emas. Bunga Devis yaxshi misol", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar