So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  18 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  1 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  6 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  4 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4

ECHL. "Yuventus" turnirni tark etdi Yangiliklar

ECHL. "Yuventus" turnirni tark etdi

Teglar :  Lion Yuventus
ECHL 1/8 finali doirasidagi "Yuventus" - "Lion" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Yuventus Italiya – Lion Franciya 2:1
"Alyanc Stedium"

Gol: Depay (12-pen, 0:1), Ronaldu (43-pen, 1:1), Ronaldu (60, 2:1).
Yuventus –
SHchensni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Rabo, Kuadrado (Danilo, 70), Bentankur, Pyanich (Remzi, 61), Bernardeski (Dibala, 71, Olivieri, 84), Iguain, Ronaldu.
Lion – Antoni Lopesh, Denayer (Andersen, 61), Marselo, Marsal, Dyubua (Tete, 90+1), Auar (Mendesh, 90+1), Kakre, Bruno Gimaraes, Korne, Toko-Ekambi (Adelaid, 67), Depay (Dembele, 67).
Ogohlantirish: Auar (24), Kuadrado (31), Dyubua (38), Depay (42), Lopesh (76), Korne (79), Kakre (88), Marsal (89).
Birinchi o'yin: 0:1

Juventus

Cristiano Ronaldo - 43', Cristiano Ronaldo - 60'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

08/08/2020, 00:00

1
:
2
Tugadi

Lyon

Memphis Depay - 12'

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Zwayer

45'
90'
31'  Juan Cuadrado
43'  Cristiano Ronaldo
44'  Rodrigo Bentancur
60'  Cristiano Ronaldo
60'  Federico Bernardeschi
60'  Miralem Pjanic (Aaron Ramsey)
70'  Juan Cuadrado (Danilo)
70'  Federico Bernardeschi (Paulo Dybala)
84'  Paulo Dybala (Marco Olivieri)
12'  Memphis Depay
19'  Houssem Aouar
38'  Leo Dubois
42'  Memphis Depay
61'  Jason Denayer (Joachim Andersen)
67'  Karl Toko Ekambi (Jeff Reine-Adelaide)
67'  Memphis Depay (Moussa Dembele)
76'  Anthony Lopes
79'  Maxwel Cornet
87'  Maxence Caqueret
89'  Fernando Marcal
90'  Leo Dubois (Kenny Tete)
90'  Houssem Aouar (Thiago Mendes)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Yuventus" turnirni tark etdi! "Lion" esa ECHLdagi ishtirokni davom ettiradi.

90+5. De Ligt hujumga kelib, fol ishlatdi. "Yuve" katta bosim uyushtirayotgandi.

90+3. Jarima zarbasini jonli devordagilar qaytarishdi.

90+2. JARIMA ZARBASI!! Ronaldu uchun super nuqta!

6 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Yuve" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Marsal hujumni qo'pollik bilan to'xtatgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

87. Exxx! "Yuventus"ni qimmatbaho brilliantni zanlagan uzukka qadab qo'yilgandek tasavvur qilaman. SHunday yulduzli tarkibga murabbiy to'g'ri tanlanmagan.

86. Burchakdan uzatilgan to'pdan keyin Bonuchchi qoidani buzdi.

85. Oliviera tushishi bilan burchak zarbasi ishlab berdi. Bu erda ko'rib chiqish kerak. To'p "Lion" futbolchisining qo'liga tekkandek ko'rindi.

84. UXXXX!! Dibala jarohat oldi. U almashtirildi.

83. Dibalaning zarbasi noaniq ketdi.

81. Uchrashuvning so'nggi dekadasi asabiy o'tishi aniq! Bonuchchi mana qo'pollik ishlatdi. Sarri ham ogohlantirildi.

80. Dembelening zarbasini Bonuchchi qaytardi.

78. UXXXXX!! Dembeleni jarima maydonchasi ichida yiqitgandek bo'lishdi. Bu pallada SHensni qo'pol xatoga yo'l qo'ygandi. Franciyaliklar bosh hakamdan penalti so'rashdi. VAR esa vaziyatni ko'rib chiqib, penalti yo'qligini aytdi.

76. ZARBAAAAAAA!! Dibaladan shunchaki super to'p uzatish! Ronaldu esa mo'ljaldan adashdi.

74. Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegdi va keyinchalik portugaliyalikning o'zi qoidani buzdi.

72. Sinxron ravishda "Siti" ham ikkinchi golni urdi. Demak, ikki o'yinda ham bir xil hisob qayd etilmoqda.

69. ZARBAAAAAA!! Ronaldu ikki raqibini aldab, to'pni Iguainning boshiga "qo'ndirib berdi". Argentinalik hujumchi vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

66. Sandroning bu safargi qanotdan oshirgan to'pini ham Andersen qaytardi. 

63. Bernardeskining qanotdan uzatgan to'pini Andersen boshi bilan burchakka chiqarib yubordi. Burchakdan oshirilgan to'pga Bonuchchi boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

60. GOOOOOOLLLLL!!! RONALDUUUUUUUU!!! Uzoq masofadan chap oyog'ida juda kuchli zarba yo'lladi va hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. SUPER GOL!

57. ZARBAAA!! Auarning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

54. "Yuventus" ushbu uslubidan voz kechishi kerak. Havolatib uzatilayotgan to'plarning barchasini Lopesh ushlab olmoqda.

52. Pyanichning jarimadan uzatgan to'pini Lopesh mushtlari bilan urib yubordi.

51. Remzi chigilyozdi mashg'ulotlarini bajarmoqda. Biz Dibalani kutyapmiz, mister kashanda.

49. "Yuve" hujumga o'tgandi. Iguain offsaydda qolib ketgan ekan.

- Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+2. Hozircha "Yuve" hujum qilishga qiynalmoqda.

4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Yo'q, Depayning jarimadan uzatgan to'pini Bonuchchi qaytardi. Ustiga ustak hujumda fol ham qayd etildi.

44. Pyanich tepgan jarima zarbasiga o'xshash nuqtadan "Lion" standartga ega bo'ldi. Bentankurga sariq.

43. GOOOOOOOOOOLLL!! Ronaldu penaltidan unumli foydalandi!

42. PENALTIIIIII!!! Jonli devordagi Depay to'pni qaytarish chog'ida qo'li bilan o'ynab yubordi.

41. Yana jarima zarbasi. Bu safar to'g'ridan to'g'ri zarba berishga biroz noqulay.

40. ZARBAAAAAAAA!!! Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasini Lopesh qaytardi!! Daxshatli seyv!!!

38. UXXX!! Dyubua o'z jarima maydonchasi yonida Ronalduni yiqitdi. Jarima va sariq.

37. ZARBAAAAAA!! Iguainning boshi bilan yo'llagan zarbasini Lopesh ikki urinishda ushlab oldi.

36. Ronalduning jarimadan tepgan to'pi jonli devordan o'tmadi.

34. Balki mag'lubiyat Sarrining ketishi uchun xizmat qilar. Balki yaxshilikkadir)

31. Jiddiy qo'pollik sababli Kuadradoga sariq kartochka ko'rsatildi. Jarimadan uzatilgan to'p esa SHchensnining qo'llariga borib tushdi.

29. Depay markazda yiqitildi. Albatta, uni yiqitmasdan to'xtata olishmayapti.

27. Nima deb o'ylaysiz, "Yuve" uchta gol ura oladimi?

Uchrashuvdagi barcha gollarni telegramdagi rasmiy kanalimizda kuzatib borish mumkin. >>>KANALGA O'TISH<<<

25. "Yuventus" faqatgina bir uslubda o'ynamoqda. Qanotdan "podachalar"ning barchasi Lopesh qo'liga borib tushmoqda.

24. Auar ogohlantirilibdi.

22. "Lion"ning navbatdagi hujumini Pyanich qaytardi.

20. ZARBAAAAAAAA!! Ronalduning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

19. UXXXXXXXX!! Bernardeskiiiii!!! U darvozabonni ham aldab o'tgandi, bo'sh qolgan darvozaga to'pning kirishiga Marselo yo'l qo'ymadi!

18. Ayni damda bo'layotgan ikki o'yinda ham hisob ochilgan. "Real" ham "Yuve" singari endi 3 gol kiritishi kerak

16. ZARBAAAAA!! Ronalduning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Offsayd ham bor ekan.

14. "Lion" yana bir keskin hujum tashkil qilayotgandi. De Ligt to'pni qaytarib yubordi.

12. GOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Depay penaltidan unumli foydalandi! CHiroyli gol!

11. VAR ishga tushdi. Penalti tekshirilmoqda.

10. PENALTIIIIIIIIII!!! Auar yiqitildi. Bu pallada tortishib ko'rsa bo'ladi. Penalti bekor qilinishi ham mumkin.

9. ZARBAAAAAA!! Auarning 16 metrlardan yo'llagan xavfli zarbasini SHchensni qaytardi!

7. Sarri hozircha sigaret chekishga o'tgani yo'q. Uning jamoasi hozircha tashabbusga ega bo'lib turibdi.

5. "Yuventus" standart vaziyatga ega bo'ldi. Jarimadan uzatilgan to'pni Aleks Sandro boshi bilan De Ligtga uzatdi, bu pallada braziliyalik futbolchi offsaydda qolib ketgandi.

2. Iguainning zarbasini Lopesh ushlab oldi.

- UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay!

- Men sog'ingan musiqa. ECHL madhiyasi! Naushnikda eshitib yurgandim, ana endi TVda ham eshityapman. Etib keldik shu kunlarga!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Nihoyat ECHL qaytdi! Turinda bo'lib o'tadigan "Yuventus" - "Lion" uchrashuvini sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика