So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

ECHL. Benzemaning dubli "Real"ga 3 ochko keltirdi va guruh etakchisiga aylantirdi Yangiliklar

ECHL. Benzemaning dubli "Real"ga 3 ochko keltirdi va guruh etakchisiga aylantirdi

Evropa CHempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "SHaxtyor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "SHaxtyor" 2:1
Gollar: 1:0 – 14 Benzema, 1:1 – 39 Fernando Pedro, 2:1 – 61 Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Nacho, 66), Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema (Yovich, 79), Vinisius Junior.

"SHaxtyor" – Trubin, Dodo, Marlon, Matvienko, Ismaili, Stepanenko (Sudakov, 80), Alan Patrik (Markos Antonio, 79), Maykon, Mudrik (Solomon, 71), Tete (Marlos, 79), Fernando Pedro (Dentino, 86).

Ogohlantirishlar: Mendi (39), Kazemiro (63), Dentino (90).


Real Madrid

Karim Benzema - 14', Karim Benzema - 61'

Champions League Grp. D . 4-tur

03/11/2021, 21:45

1
:
2
Tugadi

Shakhtar Donetsk

Fernando - 39'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 38105 tomoshabin

Bosh hakam: Benoit Bastien

45'
90'
14'  Karim Benzema
14'  Vinicius Junior
39'  Ferland Mendy
61'  Karim Benzema
61'  Vinicius Junior
63'  Casemiro
66'  Daniel Carvajal (Nacho Fernandez)
79'  Karim Benzema (Luka Jovic)
39'  Fernando
39'  Alan Patrick
71'  Mykhaylo Mudryk (Manor Solomon)
79'  Taras Stepanenko (Georgiy Sudakov)
79'  Tete (Marlos)
79'  Alan Patrick (Marcos Antonio)
86'  Fernando (Dentinho)
90'  Dentinho



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Dentino sariq kartochka ishlab oldi.  

90+3-daqiqa. "SHaxtyor"ning hujumi oxiriga etmay qoldi. Keyin himoyadan chiqishda Luka Yovichga nisbatan fol ishlatildi.    

90+2-daqiqa. Vinisius gol urishni juda xohlamoqda. Hozir ham u zarba uchun qulay vaziyat izladi, ammo himoyachilar ikki kishi bo'lib uni to'psiz qoldirishdi.  

90+1-daqiqa. Sudakov kutilmaganda kuchli zarba berdi, Kurtua qiyinchilik bilan to'pni qaytardi, keyin Mendi uni maydon tashqarisiga tepib yubordi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. Toni Kroos zarba yo'llashga qaror qildi, lekin to'p to'g'ri darvozabonga bordi.  

88-daqiqa. Endi Luka Yovichni yiqitishdi. To'pni tez o'yinga kiritib, hujumga o'tmoqchi bo'lgan "Real" to'pni oldirdi.   

87-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Dentino to'p uchun kurashda Militaoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

86-daqiqa. O'zgarish! Gol muallifi Fernando o'rniga Dentino tushdi.  

84-daqiqa. Luka Modrichning burchakdan uzatgan to'pini Militao bosh bilan darvozaga yo'lladi, Trubin o'z o'rnida.  

82-daqiqa. "SHaxtyor"ning hujumi xavfli ko'rinish olishi mumkin edi, lekin bosh bilan amalga oshirilgan oxirgi zarba ko'ngildagidek chiqmadi.   

80-daqiqa. O'zgarishlar! Alan Patrik, Tete va Taras Stepanenko o'rniga Markos Antonio, Marlos hamda Georgiy Sudakov maydonga tushdi. 

79-daqiqa. O'zgarish! Karim Benzema o'rniga Luka Yovich maydonga tushirildi.  

79-daqiqa. Karim Benzema to'pni qabul qilib, o'ziga biroz to'g'rilab, darvoza tomon o'girildi va zarba berdi - noaniq.

77-daqiqa. Modrich yana zarba yo'llab ko'rdi, bu safar to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi, burchak zarbasi.    

Stepanenko omadini sinab ko'rdi, lekin Tarasning kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

75-daqiqa. Uzatmasi o'tmagach, darhol to'p uchun kurashga kirishgan Vinisius qoidani buzdi deb topildi. Dodo jabrlanuvchi rolida.   

74-daqiqa. "Real" pozicion hujumda.

72-daqiqa. Tezkor qarshi hujumda Vinisiusda imkoniyat bo'ldi, lekin braziliyalik zarbani cho'zib yuborgani uchun himoyachi zarba kuchini yo'qotishini taminlay oldi.  

71-daqiqa. O'zgarish! Mixail Mudrik o'rniga Monor Solomon o'yinga qo'shildi.   

70-daqiqa. "SHaxtyor"ning hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Dodoning darvoza chizig'iga parallel yo'nalishda oshirgan to'pini to'g'rilab yuboradigan futbolchi topilmadi.  

67-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.  

66-daqiqa. O'zgarish! Karvaxal o'rniga Nacho o'yinga qo'shildi.  

63-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemiro markazga yaqin hududda Dodoga nisbatan qo'pol o'ynadi.  

Vinisius to'pni egallab, Kazemiro bilan "devor" uslubida o'ynadi va Karimni ko'rdi, Benzema qulay vaziyatdan ishonchli tarzda foydalandi. 

61-daqiqa. GOOOOOOOL! Ajoyib kombinaciyani Benzema aniq zarba bilan yakunlab, jamoasini oldinga olib chiqmoqda. 

Karlo Anchelotti shogirdlari hali vaqt ko'p, golimizni baribir uramiz, degandek harakat qilishmoqda. 

58-daqiqa. "SHaxtyor" futbolchisi to'pni oshirib, butsasi ipini bog'lab olib, yana to'pni qabul qildi. So'nggi daqiqalarni izohlash uchun ideal vaziyat, nazarimizda.  

57-daqiqa. Endi "SHaxtyor" futbolchilari faollashdi. Mezbonlar esa raqibni chalg'itib, qarshi hujumga payt poylayotgandek. 

55-daqiqa. Ogohlantirish! Avvalgi vaziyatdan noroziligini hamon ko'rsatishga urinayotgani uchun Roberto De Zerbiga sariq.  

53-daqiqa. Xavfli vaziyat! "SHaxtyor" futbolchisi jarima maydonchasi ichidan zarba bergandi, to'p yo'liga Mendi to'g'anoq bo'ldi. Keyin Benua Basten qoida buzildi deb hisobladi. Mehmonlar futbolchilari ham, bosh murabbiyi ham hakamning qaroridan norozi. 

52-daqiqa. Vinisius qanotidan jarima maydoniga kirib borib, uzatmani amalga oshirdi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.  

50-daqiqa. Durangga rozi bo'lmagan "Real" ikkinchi taymni faolroq boshladi. To'p deyarli raqibga berilmayapti.

48-daqiqa. "Real" hujumga o'tdi, ammo har ikki safar Vaskesning uzatmasi raqiblarga nasib qildi.  

47-daqiqa. Taras Stepanenko raqib qarshi hujumga qochib ketmasligi uchun Lukas Vaskesga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, to'p maydonni tark etgach bosh hakam jamoalarni tanaffusga taklif qildi. U birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shmaslikka qaror qildi. 

45-daqiqa. Xavfli vaziyat! Benzemaning to'p oshirishdagi xatosidan keyin yana Fernando qulay imkoniyatga ega bo'ldi, bu safar Kurtua jamoasini qutqardi.  

43-daqiqa. Militaoga nisbatan fol. Hakam jarima zarbasi belgiladi.  

42-daqiqa. "Real" jarima zarbasi ishlab oldi. To'p oldida Alab va Benzema. Francuzning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.  

39-daqiqa. GOOOOOOOL! Fernando muvozanatni tikladi! Bu vaziyatda Patrikning uzatmasini alohida takidlash lozim. Alaba qanchalar harakat qilmasin, to'pni qaytara olmadi.  

39-daqiqa. Ogohlantirish! Raqibni quchoqlab olgani uchun Mendi ogohlantirildi.  

36-daqiqa. Karvaxal sheriklarini noqulay vaziyatda qoldirmaslik uchun tortinmay to'pni ortga, Kurtuaga oshirdi. 

35-daqiqa. Toni Kroos to'p o'rniga Tetening oyog'iga zarba berib yubordi, lekin darhol uzr so'ragani uchun bosh hakam uni kechirdi va sariq ko'rsatmadi. 

34-daqiqa. Karim Benzema haqiqiy hujumchilarga xos tarzda, zarba yo'lladi, biroq to'p darvozadan ancha yuqoriroqdan o'tib ketdi. 

32-daqiqa. Xavfli vaziyat! "SHaxtyor" futbolchilari kutilmaganda markazdan jarima maydonchasiga yorib kirib ketishdi, ammo Fernando o'ta qulay vaziyatda noaniq zarba yo'lladi. Militaoning ko'zlari katta-katta bo'lib ketgani, vaziyat naqadar jiddiyligini bildiradi.  

31-daqiqa. "Real" yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo Benzema bilan Vaskes bir-birlarini tushunishmadi.  

29-daqiqa. "SHaxtyor" to'pni nazorat qilmoqda.  

27-daqiqa. Mehmonlar "Real" himoyasiga bosim uyushtirishga urinishmoqda.  

26-daqiqa. "SHaxtyor"ning hujumini Militao uzib qo'ydi. 

24-daqiqa. Mixail Mudrik jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo'lladi, lekin to'p to'g'ri Kurtuaning qo'liga borib tushdi.  

Darvoqe, Benzemaning goli "Real Madrid" uchnu ECHLdagi yubiley - 1000-gol bo'lib tarixga kirdi.  

20-daqiqa. To'pni raqibdan olib, Kazemiroga uzatgan Militao oxirigacha hujumga bordi, ammo raqibning oxirgi himoyachisi ham shunchaki qarab turgani yo'q. Biroq bu vaziyatda Eder qanotdan qo'rqmay oldinga ketaverganiyu, buni ko'rgan Kazemiro to'pni unga etkazishga uringanini takidlash lozim.    

18-daqiqa. "SHaxtyor" hujumga hujum bilan javob berishga urindi, o'ngdan kuchli zarb bilan jarima maydonchasi tomon yo'llangan to'pni Tibo ushlab oldi.  

17-daqiqa. Xavfli vaziyat! Lukas Vaskesning faolligi va aniq uzatmasidan keyin Luka Modrich zarba berdi, Trubin oyoqlari bilan to'pni qaytarishni uddaladi. 

16-daqiqa. Yana Vinisius qanotidan oldinga o'tishga, xavfli vaziyat yaratishga urinib ko'rdi. Bu safar raqib bunga yo'l qo'ymadi.  


14-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni ochmoqda. Vinnidan assist. Pressing ish berganini takidlash lozim, oxirida esa Benzema adashishi mumkin emasdi.   

10-daqiqa. Har ikki darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi, mehmonlar vakilining zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytgan bo'lsa, barchani ortda qoldirgan Vinisius zarba berishga ulgurmadi.   

Kazemiro qoidani buzgan deb topildi. 

9-daqiqa. "Real" o'ngdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi.  

8-daqiqa. Fernando to'p uchun kurashda Lukas Vaskesga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.  

7-daqiqa. Alaba to'pni ololmagach, Patrikka nisbatan qoidani buzdi. 

6-daqiqa. Vinisius qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, yana burchak zarbasi.  

5-daqiqa. "Real" o'yindagi ilk burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. 

5-daqiqa. Xavfli vaziyat! Luka Modrich va Lukas Vaskes to'pni bir-biriga uzatdi va xorvatiyalik qulay nuqtaga chiqib, zarba berdi, darvozabon o'zini ko'rsatdi.  

4-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda va raqib himoyasining zaif nuqtasini izlash bilan ovvora.   

2-daqiqa. "SHaxtyor" darvozasi oldida ilk xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! P.S: O'tgan safar ushbu jamoalar to'qnashuvida 5 ta gol urilgandi. 

Karim Benzema va Taras Stepanenko bosh hakam bilan o'yinni kim boshlashi, kim qaysi tomonda o'yinni boshlashini aniqlab olishdi. Keyin esdalik uchun surat.

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi va saf tortishdi. Endi ECHL madhiyasi yangradi. 

Muxlislar o'yin boshlanishini intiqlik bilan kutishmoqda. 

Stadion uzra "Real Madrid" madhiyasi yangramoqda. 

 

"Real Madrid" — "SHaxtyor"


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика