ECHL. Pepe musobaqada 100 ta o'yin o'tkazgan uchinchi portugaliyalik
29 okt 2020 21:20
Yangiliklar


ECHL. Pepe musobaqada 100 ta o'yin o'tkazgan uchinchi portugaliyalik
CHempionlar Ligasi 2-turida “Portu” o'z maydonida “Olimpiakos”ni 2:0 hisobida taslim etdi.
Mezbonlar sardori Pepe bahsda to'liq harakat qildi va musobaqadagi yubiley 100-o'yinini o'tkazdi. Pepe ushbu natijaga erishgan uchinchi portugaliyalikka aylandi. Undan oldinda esa Luish Figu (103) va Krishtianu Ronaldu (170) bor.
SHuningdek, Pepe ECHLda yuzta uchrashuvda qatnashgan 40-futbolchi sifatida qayd etildi. 37 yoshli futbolchi bunga "Real" (71), "Beshiktosh" (6) va "Portu" (23) safidagi ishtiroki orqali erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar