So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси. Франция - Италия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  5 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  12 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   28 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  4 19:30Де Брюйне ФИФА ва УEФАни танқид қилди  4 18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  2 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  1 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  28 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  6

ECHL. Parijda "yirtqich" hujumchilar to'qnashuvi, Lissabonda "burgutlar" "arilar"ni quvlaydi... Yangiliklar

ECHL. Parijda "yirtqich" hujumchilar to'qnashuvi, Lissabonda "burgutlar" "arilar"ni quvlaydi...

Bugun ajoyib kun. CHunki ko'p millionlab futbol shaydolari orziqib Evropa chempionlar ligasi pley-off o'yinlari boshlanadi.


Nimchorak finalning dastlabki ikki bellashuvi bugun tunda o'tkaziladi.

Parijda Unai Emeri boshqaruvidagi PSJ Luis Enrike qo'mondonligidagi "Barselona"ni mehmon qiladi.

Tan olish kerak, PSJ uchun qura biroz erta top darajadagi raqibni taqdim etdi. Bunga qaysidir jihatdan PSJning o'zi aybdor. CHunki parijliklar o'z guruhlarida peshqadamlikni "Arsenal"ga topshirib qo'yishdi.
Ketma-ket 4 yil Evropa chempionlar ligasining chorak finaliga qadar etib borgan PSJ uchun endilikda yana o'sha bekatga borish muvaffaqiyat sifatida qabul qilinadi.
Unai Emeri yangi mavsum oldidan jamoani qabul qilib oldi va mutaxassis parijliklarni qaytadan qurmoqda. PSJ uchun mavsum ko'ngildagidek boshlanmagandi. Emerining PSJisi qad roslaguncha raqiblar ulardan ko'p marotaba ochko olishga muvaffaq bo'lishdi. Natijada jamoa Franciya chempionatida peshqadam "Monako"dan keyingi o'rinni band etib turibdi.


Lekin shuni alohida qayd etish joizki, PSJ ayni paytda ajoyib sport formasida. Jamoa oxirgi 11ta o'yindan 10tasini g'alaba bilan yakunlagani ham fikrimga tasdiq bo'ladi.
PSJning asosiy "snayperi" Edison Kavani esa o'zining eng qaynoq davrini o'tkazmoqda. Kavani faoliyatidagi eng sermahsul mavsumini qayd etmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Kavani chempionatda 25ta gol, ECHL guruh bosqichida esa 6 marotaba raqiblar darvozasini "o'qqa" tutdi. Taqqoslash uchun, Kavani o'tgan mavsumda ECHLda jami 10ta o'yin o'tkazgan va 2ta gol urgandi. Joriy mavsumda esa guruh bosqichining o'zidayoq gollari sonini 6taga oshirib oldi. Franciya chempionatida esa 23 uchrashuvda 25ta gol kiritishi fantastik natija. CHunki o'tga yili chempionatda jami 19ta gol urgan hujumchi mavsum yakunlanmasidanoq gollari 25taga etkazib qo'ydi. Kavanining ayni paytdagi fantastik sport formasi "Barselona"ni tashvishlantirayotgani aniq. CHunki asosiy xavf aynan shu futbolchidan kelishini Luis Enrike yaxshigina tushunib turibdi.

Unai Emeri qo'l ostidagi PSJ nihoyat bahorga yaqin o'z qaddini ko'tarib oldi. Bu esa mahalliy ishqibozlar hamda mutaxassislarning shubha va gumonlarini yo'qqa chiqarmoqda. PSJ Unai Emeri istagan futbolni ko'rsatishni, uning falsafasini tushunishdi boshladi.

Jamoa tarkibiga qishki transfer oynasi paytida kelib qo'shilgan Yulian Draksler ham parijliklar o'yiniga o'ziga xos andoza qo'shmoqda.

Unai Emeri jamoani ikki xil taktik sxemada o'ynatishni maqul ko'rmoqda. PSJ jiddiy raqiblarga qarshi muhim o'yinlarda 4-3-3 taktik sxemasini ishlatmoqda, nisbatan kuchsizroq raqiblar bilan o'yinda esa Emeri 4-2-3-1 taktikasini tanlamoqda.


PSJga bugun markaziy himoya qo'rg'oni bo'lmish Tyago Silva jarohati tufayli yordam bera olmaydi. SHu boisdan uning o'rniga yosh iqtidorli himoyachi Presnel Kimpembe maydonga tushishi mumkin. Bu Kimpembe uchun evrokuboklardagi debyut bahs bo'ladi. SHuningdek, tayanch zonasi vakili, "Barselona"ning sobiq futbolchisi Tyago Motta ham diskvalifikaciya sababli o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Barselona" xususida to'xtaladigan bo'lsak, bu jamoa ham ayni paytga kelib o'zining optimal sport formasiga kirib olgan. Jamoa 11 uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Biroq Luis Enrike jamoasining La Ligadagi ishlari alo darajada deb bo'lmaydi. CHunki "Barselona" Ispaniya chempionatining peshqadami bo'lmish "Real"dan ikkita o'yin ko'p o'tkazganiga qaramasdan 1 ochkoga ortda qolmoqda. PSJ singari "Barselona" uchun mavsumning ilk qismi ichki chempionatda ko'ngildagidek o'tmadi. Evropa chempionlar ligasi guruh bosiqichini esa kataloniyaliklar muvaffaqiyatli yakunlashdi va yakunda o'z "kvartet"larida peshqadam bo'lishdi.
"Barselona"ning asosiy kuchi bu uning hujumdagi "uchligi"da. Messi-Suares-Neymar "trio"sidan tashkil topgan hujum chizig'i istalgan raqib himoyasini yorib o'tishga qodir.

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi 10 ta gol bilan to'purarlar poygasida yakka hokim bo'ldi. Ikkinchi o'rinda esa undan to'rtta kam to'p kiritgan Kavani (6) turibdi. ECHLda eng yaxshi assistent bo'lib turgan futbolchi ham "Barselona" azosi Neymar sanaladi. Braziliyalik charm to'p ustasi jamoadoshlarining 7ta goliga to'p uzatmani amalga oshirgan. Neymar ushbu mavsumda raqib darvozasini ishg'ol etishda faol ko'rinmasada, gollarga assistentlik qilishda faol.
"Barselona" uchun endilikda Ispaniya primerosida muvaffaqiyat qozonish birmuncha qiyin vazifa. CHunki ular eng asosiy raqiblarini ildamlab ketishiga yo'l qo'yishgan. SHu boisdan Enrike Evropa chempionlar ligasiga yanada jiddiyroq etibor qaratishga majbur.
"Barselona" har doimgidek o'z ananasiga sodiq qolgan holda 4-3-3 taktik sxemasida o'ynaydi.

Jamoaga bugungi bahsda jarohalari borligi tufayli uch nafar futbolchilar ko'maklasha olishmaydi. Bular Arda Turan, Xaver Makskerano, Alesh Vidal.
Uzoq muddat jarohatini davolagan Andreas Inesta esa nihoyat maydonga qaytishi kutilmoqda. Bu albatta "Barsa" muxlislarini quvontirmay qolmaydi.


Bu to'qnashuvda favorit jamoa nomini tilga olish birmuncha qiyin ish. Har ikkala jamoa ham top darajadagi klub. PSJ va "Barselona" uchrashuvi ECHLning ananaviy dueliga aylandi, desak ham mubolag'a bo'lmaydi. CHunki bu jamoalar oxirgi 5 yil ichida 3 marotaba pley-off bosqichida o'zaro to'qnashishmoqda.
Futbolchilarning umumiy darajasi, katta bellashuvlarda qanday o'ynash tajribasi bo'yicha "Barselona" ustunlikka ega.
PSJning ikkita ustun tomoni mavjud. Birinchisi ayni paytda Edison Kavanining ajoyib sport formasi va bosh murabbiy Unai Emeri. Nega Kavani? Hujumchi har bir uchrashuvlarda jamoasi uchun kerakli va muhim gollarni kiritishdan charchamayapti. "Barselona" himoyasida esa o'ziga yarasha muammo va kemtiklar mavjud. Di Mariya va Draksler ko'magi ostida Kavani bu uchrashuvda ham raqib darvozasini nishonga olish imkoniyatlariga ega bo'lishi muqarrar.
Nega Unai Emeri? Emeri Ispaniya chempionatida uzoq vaqt ishlagan va "Barselona"ga qarshi o'ynash tajribasidan yaxshigina boxabar. To'g'ri, Emeri "Barselona"ga qarshi ko'plab o'yinlar o'tkazib, faqatgina birgina g'alabaga ega. Bu ko'rsatkich juda past. Ammo Emeri o'sha vaqtlarda boshqargan jamoalar va uning qo'li ostidagi futbolchilarning saviyasi PSJnikidan keskin farq qiladi. Endilikda Emeri jamoasida ham "Barselona"da bo'lgani kabi yuqori darajali, kuchli va mohir ijrochiar bor. Bu esa Emerining "Barselona"ga qarshi o'ylab qo'ygan rejalarini amalga oshirishini ancha engillashtiradi.


Bu to'qnashuvda nisbatan "Barselona"ning imkoniyati yuqoriroqdek, baribir. Messisi bor jamoa istalgan vaqtda o'yin burilishini o'z tomoniga og'dirib olishi yoki bahs taqdirini hal etishi mumkin. Messining jarima zarbalari yoki jarima maydonchasi atrofidagi har qanday harakati yoki zarbasi raqiblar uchun katta mashaqqat va muammo bo'lib qolgan.

Lekin PSJning "Barselona" bilan o'zining alohida hisob-kitobi bor. Har gal "Barselona" to'sig'idan keyin ishtirokini yakunlashdan charchagan parijliklar bu safar ushbu zanjirga o'z "kalitlarini" qidirishmoqda. Kuchli ishtiyoq va yuqori motivaciya evaziga ham PSJ bugungi kun bahsida favoritroqdek. To'qnashuv favoriti va javob o'yini esa boshqa masala.

Kim g'alaba qozonishi yoki kimning imkoniyatlari yuqori ekanligi muhim emas. Asosiysi, bu ikki grand jamoalarning o'zaro uchrashuvi muxlislar uchun ajoyib tuhfa bo'lishiga shubha yo'q. Kim g'olib chiqishini bilmadim-u, ammo bu o'yindan tomoshabinlar yutishi aniq.

PSJ va "Barselona"ning yaxshi manodagi ikki yirtqich hujumchilari Edison Kavani va Luis Suaresning qarama-qarshiligi ham ushbu o'yinning bezagi bo'ladi.

BILASIZMI?
- "Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike 1992/1993 yilgi mavsumda "Real" libosida PSJga UEFA Kubogida mag'lubiyatga uchragan. Keyingi mavsumda esa Kubok egalari kubogining chorak finalida ham Enrike "Real" tarkibida PSJga yutqazgan.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
PSJ va "Barselona" jamoalar jami 9 bor o'zaro duch kelishgan. "Barselona" 4 marotaba g'alaba qozongan, PSJ esa 2 marta ustun kelgan. Qolgan uchta bahsda g'olib nomi aniqlanmagan.
To'plar nisbati: 16-11, "Barsa" foydasiga.

* PSJ guruh bosqichida umuman mag'lubiyatga uchragani yo'q. "Barselona" esa "Manchester Siti"ga mehmondagi bellashuvda imkoniyatni boy bergandi.

PSJ - "Barselona" (00:45)
"Park de Prins" stadioni.
Bosh hakam
: Simon Marsinyak (Polsha)

PSJ (taxminiy tarkib) - Trapp, Ore, Markinos, Kimpembe, Maksvell, Veratti, Rabo, Matyuidi, Lukas, Kavani, Draksler.

"Barselona" (taxminiy tarkib) - ter SHtegen, Serxi Roberto, Pike, Yumtiti, Alba, Rakitich, Buskets, Inesta, Messi, Suares, Neymar.


PSJ va "Barselona" to'qnashuvi fonida nimchorak finalning yana bir o'yini "Benfika" - "Borussiya D" bellashuvi ko'rinmay qolgandek. Ammo Portugaliyada o'tadigan ushbu bahs ham chiroyliligi va tomoshabopligi borasida hech bir matchdan qolishmasligi aniq. Ikkita hujumkor uslubda o'ynaydigan, hujumni sevadigan jamoalar, bosh murabbiylar to'qnashuvi har qanday ishqibozni 90 daqiqa zavqlantira oladi.
"Eshtadio Da Luj"da bo'ladigan bahsda "Borussiya D"ga juda qiyin bo'lishi shubhasiz.
"Benfika"ning ichki chempionatdagi o'rni va ishlari joyida. Har holda Rui Vitoria jamoasi peshqadam bo'lib turibdi. Ammo "Benfika" o'tkazilgan oxirgi besh o'yindan ketma-ket ikkitasida yutqazgani muxlislarni yuragiga g'ulg'ula solgandi. Biroq Vitoria jamoani tezda o'z holatiga keltirishga muvaffaq bo'ldi va "Benfika" avvaliga "Nicional", keyinchalik "Aruka" darvozasiga javobsiz uchtadan to'p yo'llab yirik g'alabani tantana qildi. Jamoa ruhan katta futbolga, jiddiy raqib qarshisida o'ynashga tayyor.


Tomas Tuxel esa ancha qiyinchiliklar girdobiga qolgan. Dortmund Bundesligada o'z o'yinini topishda, kerakli natijani qayd etishda beqarorlikka yuz tutgan. Tomas Tuxel qo'li ostida bir qator yuqori darajadagi futbolchilar mavjud. Bosh murabbiy tarkib tanlashda faqatgina yaxshi manodagi bosh og'riqqa ega. Ammo murabbiy asosiy tarkibni aniqlashda hali ham yakuniy qaror qila olmayapti. SHu bois jamoa o'yinidagi balans yo'qolgan. Natijada "Borussiya" bir qancha bellashuvlarda qimmatli ochkolarni boy berdi va hozirda ichki chempionatda 4-o'rin bilan kifoyalanmoqda. Lekin "Borussiya" shunday jamoaki, ular ECHLda umuman boshqacha kayfiyat va yuqori motivaciya bilan o'ynashadi. Bunga oddiy misol ECHL guruh bosqichi. Dortmund uchun Bundesligada mavsumning ilk qismi ham muvaffaqiyatsiz boshlangandi. Lekin bu jihat ularni Evropa chempionlar ligasidagi ishtirokiga hech qanday tasir o'tkazmagandi. Tomas Tuxel jamoasi ECHL guruh bosiqichda eng ko'p gol (21) urgan jamoa bo'lishgani ham fikrimga tasdiq bo'ladi. Hali hech bir jamoa ECHL guruh bosqichlari tarixida bu kabi ko'p gol urmagandi. Bu borada "Borussiya" rekord o'rnatdi.
SHuningdek, "Real" bilan bir guruhdan o'rin olgan dortmundliklar o'z "kvartetlari"da birinchi pog'onani egallashgani ham ularni kuchini ko'rsatib turibdi.

Bu ikki jamoa juda ham ko'p gol uradi. "Benfika" chempionatda 21 o'yinda 47 gol kiritgan, "Borussiya" esa 20 uchrashuvda 40 marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol etishgan.


Ikkala jamoada ham muhim o'yin oldidan yo'qotishlar bor. "Benfika"ning asosiy figuralaridan biri hisoblangan Jonasning uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.
"Benfika"ning yana ikki futbolchisi Jivkovich hamda Lisandro Lopes jarohati sabab uchrashuvni tomoshabinlar qatoridan kuzatishadi. "Borussiya"da Gyotce bahsni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Bender jarohati tufayli o'yinda ishtirok etolmaydi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu ikki jamoa jami 2 marotaba o'zaro kuch sinashgan. "Benfika" bir o'yinda g'olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bellashuvda "Borussiya"ning qo'li baland kelgan.
To'plar nisbati: 2-6, "Borussiya" foydasiga.


"Benfika" - "Borussiya Dortmund" (00:45)
"Eshtadiu da Luj" stadioni.
Bosh hakam
: Nikola Riccoli (Italiya)

"Benfika" (taxminiy tarkib) - Ederson, Semedu, Luizao, Lindelef, Elizeu, Feysa, Picci, Salvio, Karrilo, Jonas, Mitroglu.

"Borussiya D" (taxminiy tarkib) - Byurki, Pishek, Papastatopulos, Bartra, SHmelcer, Vaygl, Kastro, Gerreyru, Dembele, Roys, Obameyang.


Senor Italyan

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика