So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  8 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

ECHL. Dembelening dubli "Lion"ni yarim finalga olib chiqdi. Xayr "Man Siti"! Yangiliklar

ECHL. Dembelening dubli "Lion"ni yarim finalga olib chiqdi. Xayr "Man Siti"!

CHempionlar Ligasi 1/4 finalidan joy olgan so'nggi bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Manchester Siti – Lion 1:3 

«Joze Alvalade»

Gollar: 0:1 – 24 Korne, 1:1 – 69 de Bryuyne, 1:2 – 79 Dembele, 1:3 – 87 Dembele.

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker, Laport, Erik Garsiya, Fernandino (Marez, 56), Rodri Ernandes (Silva, 84), de Bryuyne, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus.

Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Denayer, Dyubua (Tete, 74), Kakre, Bruno Gimaraes (Tiago Mendesh, 70), Auar, Korne, Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 87), Depay (Dembele, 75).

Ogohlantirishlar: Dyubua (12), Fernandino (29), Rodri Ernandes (58), Marselo (64).


O'yin yakunlandi. "Siti" turnir bilan xaylashdi. "Lion" yarim finalda "Bavariya" bilan o'ynaydigan bo'ldi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi bahslarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+4. Zarba! Uokerning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

90+3. "Siti" bosim qilmoqda, ammo "Lion" osonlikcha o'ynashga bermayapti. 

90+1. Dembele Uokerni yiqitdi va jarima to'pi berildi. 

Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dembele hisobni oshirdi - 1:3! 

87. "Lion"da o'zgarish: Toko-Ekambi o'rniga Ren-Adelaid tushdi. 

86. Vauuuu! Dahshat! Sterling bo'sh darvozani ishg'ol etolmadi! Nahotkiiii?!!!

84. "Manchester Siti"da o'zgarish: Rodri o'rniga David Silva tushdi. 

82. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 67% - 33%

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Mussa Dembele hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi! 

77. Sterlingdan Jezus tomon ohista pas, biroq Jezusning zarbasi "o'xshamadi".

75. "Lion"da 2 ta o'zgarish: Depay o'rniga Dembele,  Dyubua o'rniga Tetet ushdi. 

73. Jezusdan ajoyib zarba! Lopesh qutqardi! 

70. "Lion"da almashtirish: Bruno Gimaraes  o'rniga Tiago Mendesh tushirildi.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kevin de Bryuyne nihoyat o'z maqsadiga etdi - 1:1! 

68. Kevindan zarba! Biroq zarba "blok" qilindi. 

66. Zarba! Kevinning jarimadan bergan yana bir zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

65. Marselo Jezusni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi va jarima zarbasi.

63. Uuux! Kayl Uoker Kornega nisbatan juda qo'pol o'ynadi. Hakam ayadi va sariq ko'rsatmasdi. 

60. Zarba!  Kevin de Bryuyne jarima zarbasini amalga oshirdi, Antoni Lopeshdan seyv! 

58. Rodrigo Ernandes juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi.

56. "Manchester Siti"da o'zgarish: Fernandino o'rniga Marez tushdi. 

55. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 65% - 35%

53. Kevin de Bryuynedan burchak zarbasini o'yinga kiritdi, Kakre to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

50. Kakre Kevinga nisbatan qo'pollik ishlatdi va jarima zto'pi belgilandi.

47. Ikkinchi bo'limda jamoalar tarkibida o'zgarish bo'lmagan hozircha.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 0:1. Tanaffus! 

45+1. Sterlingdan zarba! Korne zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi va jamoasini qutqardi! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

45. Kevin burchak zarbasidan to'pni ichkariga uzatdi, Rodrining bosh bilan bergan zarbasi! Noaniq!

42. Uuuxx! Xavfli hujum! Sterling himoyachilarni aldab o'tdi va Rodriga pas berdi, uning zarbasini esa Lopesh qaytara oldi! 

39. Xavfli!  Antoni Lopesh Kevin de Bryuynening burchak zarbasidan tepgan to'pini qaytardi! 

38. Fernandinoga ham yordam ko'rsatildi, har ikki futbolchi o'yinni daov ettirishmoqda. 

37. Ussem Auar maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti.

33. "Lion" hozircha o'yin jihatdan "Siti"ni ancha qiynab qo'ymoqda.

31. Ilkay Gyundogan golga to'sqinlik qildi! Antoni Lopes gol urishi lozim edi, ammo Ilkay Gyundogan ajoyib seyv ko'rsatdi. 

29. Fernandino Auarga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

28. Denayer Jezusni yiqitgani bois hakam jarima zarbasi belgiladi.

26. VAR yordamida gol hisobga olindi.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Maksvell Kornening uzoqdan yo'llagan zarbasi deyarli ochiq darvozadan joy oldi - 0:1! 

20. Fernando Marsalning "podkat"i kutilmaganda zarbaga aylanib ketdi, Ederson o'z o'rnida va kuchsiz zarba qiyinchilik tug'dirmadi. 

18. Joau Kanselu yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq darvozabon yugurib chiqqan holda to'pni ushlab oldi.

17. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 71% - 29%

14. Rodrigo Ernandes "Lion"ning hujumini bartaraf etdi.

12. Dyubua Joau Kanseluga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirish oldi.

10. Zarba! Fernando Marsal uzoqdan zarba berdi, Ederson barchasi o'z nazoratiga olgan.

8. "SHaharliklar" to'pga egalik qilishda davom etishmoqda.

5. Kayl Uoker to'pni qaytarib yuborishga urindi, ammo omadsizlikka uchradi. Ederson darvozadan chiqib keldi va to'pga egalik qildi. 

3. Uuxx! Rahim Sterling "Lion" himoyasini yorib o'tib, ichkariga kirib bordi va yaxshi pas uzatdi, biroq himoyachilar o'z vaqtida bunga qarshi chora qo'llay olishdi. 

2. Bugungi o'yinni Danni Makkeli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

1. O'yin boshlandi! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


"Manchester Siti" chigil yozdi mashg'ulotlarda

"Lion" chigil yozdi mashg'ulotlarda

O'yin oldi suratlar

Tarkiblar elon qilindi

- Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

"Bavariya"ning raqabi kim bo'ladi? Buni yaqin 2 soat ichida bilib olamiz. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugungi CHempionlar Ligasi 1/4 finalining so'nggi bahsida "Manchester Siti" va "Lion" o'zaro to'qnash keladi. Qiziqarli o'tishi kutilayotgan o'yinni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика