So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

ECHL. LIVE Yangiliklar

ECHL. LIVE

Evropa chempionlar ligasining chorak final o'yinlari ertadan boshlanadi.

YANGILASH


Ertadan barchaning diqqat-etibori Turin, Dortmund, Myunxen hamda Madridga qaratiladi.

Evropaning ayni paytdagi kuchli-sakkiztaligidan joy olgan jamoalar endi yarim final chiptasi uchun ayovsiz jang olib borishadi.

Dastlab Turinda "Yuventus" "Barselona"ni, Dortmundda "Borussiya" "Monako"ni qabul qiladi.

Ushbu o'yinlar atrofidagi fikr va mulohazalar bilan ushbu alohida sahifa orqali onlayn tarzida tanishtirib boramiz.

"Lester"ning 1300 muxlisi Madridga boradi


- "Yuventus" – "Barselona" uchrashuvini polshalik SHimon Marcinyak boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi. "Borussiya" D – "Monako" bahsida italiyalik Daniele Orsato ishlaydi.



Bonuchchi "Barselona" himoyasi "Yuventus"nikini oldida ojizroq ekanligini takidladi.

Italiyalik himoyachi shunday deydi: "Ikaala jamoaning ham himoya chizig'i kuchli. Lekin shunga qaramay, "Yuventus"ning mudofaa chizig'i biroz kuchliroq. O'yin barchasini ko'rsatib beradi".

Bonuchchi jamoalarning hujumdagi imkoniyatlarini ham chamaladi.
"Messi, Suares va Neymar "uchligi" jahonning eng kuchli top-10ligiga kiradi. Iguain hamda Dibala ham shular qatorida", - deb qo'shimcha qildi himoyachi.


"Barselona" uchun jiddiy yo'qotish bu Buskets. Serxio Buskets diskvalifikaciya tufayli ertangi bellashuvni o'tkazib yuboradi.

- "Monako"ni chorak finalga yo'l olishiga zamin yaratgan gol muallifi Bakayoko diskvalifikaciyada, Sidibe esa ko'rchak bo'lib qolgani uchun "Borussiya"ga qarshi ilk o'yinda ishtirok eta olmaydi.

- Fabio Kapelloning fikricha, Luis Enrike jamoasining muammosi bu yarim himoya chizig'i bilan bog'liq ekan.

- "Bavariya"da Xummels, "Real"da esa Pepe yo'qotishlar ro'yxatining tepasida. Noyer esa mashg'ulotlarni boshladi. Myuller ham yakshanba kunidan boshlab umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Toni Kroos esa Noyerga qarata, tuzalib ket, faqat safga qaytishga shoshilma, deya murojaat qildi.

- BILASIZMI? "Yuventus" hamda "Barselona" jamoalari shu kungacha jami 10 marotaba o'zaro kuch sinashishgan. Bu borada ustunlik emas, tenglik mavjud. Yani har ikkala jamoa ham 4ta o'yinda g'oliblikni qo'lga kiritishgan va ikkita bellashuvda durang qayd etilgan. Tarozi pallasini kim o'z tomoniga og'dira olarkin? Ko'ramiz...

- Taniqli qiziqchi, so'z ustasining "Bavariya" - "Real" qarama-qarshiligi to'g'risidagi  qiziq-qiziq gaplarini eshitib ko'ring: Iskandar Hamroqulov "Bavariya" - "Real" uchrashuvidan oldin nimalar dedi? VIDEO



- "Bavariya" klubining tvitterdagi rasmiy sahifasida joylangan surat: #MiaSanMia (Biz bu biz), deya "Real"ni ehtiyot bo'lishga chorlamoqda. Noyer hamda Riberini nigohlarida ham ko'p mano mujassam.

- "Barselona" allaqachon Turinga etib kelgan. Neymar va Maskeranoning kayfiyati alo darajada.


- Ayni damda "Yuventus-stedium"ning matbuot anjumanlar zalida "Yuventus" - "Barselona" o'yinidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.


Saytimiz xodimi Narzulla Saydullaev ertangi o'yinlar oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Borussiya D" - "Monako" o'rtasidagi ilk o'yinda mezbonlarning imkoniyati katta. 80 mingdan ziyod muxlislar dortmundliklarni faqat olg'a chorlaydi. "Monako"ning bu bosqichga etib kelgani ular juda katta natija. SHaxsan men bu juftlikda yosh futbolchilarga ega "Monako" g'olib bo'lishini istayapman. Lekin real qarasak, "Borussiya"ning yarim finalga chiqish imkoniyati foiz hisobida 70:30.

"Yuventus" - "Barselona"
o'rtasidagi o'yinda kam gol bo'lsa kerak. Taxminim ilk uchrashuv taqdirini bitta yoki ikkita gol hal qiladi.. Turinliklar himoyasi bilan maqtana oladi, Kataloniya klubida esa aksincha hujum chizig'i juda kuchli. Demak qiziqarli bahs ko'rishimiz aniq. Keyingi bosqichga kim chiqishi ikkinchi o'yinning so'nggi daqiqalarida hal bo'lsa kerak.

Tomas Tuxelning qisqacha fikrlari
:
- Lazaretdan ko'plab futbolchilar safga qaytishdi. Masalan Kagava, Vaygl, Pishchek. Roys kecha jamoa bilan shug'ullandi va bugun ham mashg'ulotlarda ishtirok etadi. SHundan keyin biz Marko bo'yicha yakuniy qarorga kelamiz. Agarda futbolchi qaydnomadan o'rin olsa, unda maydonga tushishga shay bo'ladi. Biz ayni paytda qiyin vaziyatga tushib qolganimiz yo'q. Birgina omadsiz o'yinni "Bavariya"ga qarshi o'tkazdik. SHu boisdan biz futbolchilardan bu bahsni tezda unutib, "Bavariya" bilan bo'lgan uchrashuv haqida ortiqcha o'ylamasliklarini so'radik. Bu bizning foydamizga ishlaydi.

Tuxel "Monako" manziliga ko'plab iliq fikrlarni bildirishni unutmadi.
- "Monako" tarkibida bir qator iqtidorli va istedodli futbolchilar jamlanishgan. Jamoa jismoniy jihatdan ham mukammal tayyorgarlikka ega. "Monako"ni ajoyib mutaxassis boshqarmoqda. Jardimning o'zining g'oyasi bor va jamoa shu g'oya asosida ajoyib futbol o'ynamoqda. Jamoalarning imkoniyati teng. qisman "Monako"da kichik ustunlik mavjud.

* Levandovski Bavariya mashg'ulotini o'tkazib yubordi, Noyer qaytdi

"Monako" ustozi Leonardu Jardim ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- "Monako" asta-sekinlik bilan tajriba orttirib bormoqda. Yosh, iqtidorli futbolchilar o'sib borishmoqda. CHempionlar ligasida har doimgidek shiddatkor futbol bo'ladi. Bizni tajribali va yaxshi ijrochilarga boy raqibga qarshi muhim bahs kutmoqda. O'zimizning eng yaxshi jihatlarimizni, sifatlarimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Biz o'z uslubimizdan voz kechmasligimiz va hujumkor ruhda o'ynashimiz lozim. SHuningdek, himoyada ham ehtiyotkor bo'lishni unutmasligimiz darkor. Falkaoning safga qaytishi jamoamiz uchun muhim. CHunki bu hujumchi o'yinimizga sifat va tajriba beradi. Mbappega shabhasiz ishonaman va undan umidim katta. Fabino o'yinni qurishda juda kerakli futbolchi. Bu futbolchi o'z poziciyasida eng yaxshilardan biri.

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike matbuot anjumanida quyidagilarni gapirib o'tdi:
- Berlindagi finaldan keyin "Yuventus" tarkibida bir qator yangi futbolchilar paydo bo'lishdi. "Yuventus" hozirda ham ajoyib jamoa sifatida shakllangan. Hozirgi jamoa kuchlimi yoki ikki yil avvalgimi? Bu haqida bir narsa deyish mushkul. Finalni juda yaxshi eslayman, ammo u o'yin endi tarix.
Ikkala jamoa ham o'z kuchiga ishonmoqda. Futbolchilarim mening motivaciya berishimga muhtoj emaslar. "Yuventus" kabi raqibga qarshi bellashuvda ularni bu borada ortiqcha tayyorlash ham zarur emas.


"So'g'diyona" klubi matbuot xizmati xodimasi Dildora Xolboeva "Barselona"ning g'alabasiga ishonmoqda
- "Barselona"ga ishonaman. "Yuventus"ga qarshi juda qiziq o'yin bo'ladi. Turinliklarning himoya chizig'i kuchli. "Barselona"ning eng maqtanadigan jihati bu albatta - hujum. Bizni ajoyib va qiziqarli o'tadigan fantastik to'qnashuv kutmoqda. "Barselona"ga bo'lgan muhabatim tufayli men "MSN", yani hujum chizig'idagi "trio"ga ishonaman. Bu uchrashuvda Berlindagi finaldan ham shiddatkor futbol bo'ladi.


"Yuventus"ning "Barselona" bilan bo'ladigan o'yinga topshirgan qaydnomasi


"Real" Madridda shug'ullanmoqda. Madridliklar ertaga Myunxenga yo'lga chiqishadi. Beyl va Vaskesning mashg'ulotda qanday kuch bilan ishlayotganiga ushbu surat bemalol javob beradi


"Qizilqum" klubi matbuot xizmati rahbari Aziz Nuriy Turinda "yopiq" o'yini bo'lishini taxmin qildi
-
Turinda o'tadigan birinchi qarama-qarshilikda g'alabaga “Yuve”ning imkoniyatin ko'prok. Busketssiz “Barsa”ga juda va juda qiyin buladi. "Yuventus" oldingi yillarga nisbatan anchagina kuchaygan. Jamoa CHL g'olibi bulishni chin dildan istamokda. Lekin “Barsa” bu “Barsa”. Nimchorak finalda jamoa nimalarga qodirligini namoyish eta oldi. Umuman olganda, ertangi uyinda omadgayam ko'p narsa bog'lik
Fikrimcha, yopiq futbol bo'ladi. Jamoalar extiyotokrlik bilan xarakat qilishadi. Payt poylab imkon boricha gol urishga urinishadi. Bu o'yinda kiritiladigan golning ahamiyati juda katta. “Barsa” gol urishga, “Yuventus” esa o'tkazmaslikka harakat qiladi. Yarim finalga Kataloniya klubini chiqishiga ishonaman.

“Borussiya”- “Monako”
- “Monako” bu yilgi mavsumda ajoyib futbol namoyish etmoqda. Umuman olganda har ikkala jamoa ham hujumkorlikni xo'sh ko'radi va bu o'yindan muxlislar zavq olishlari aniq. Taxminimcha, dortmundliklar ashaddiy muxlislari qarshisida ilk bahsni o'z foydalariga hal qilishsa kerak. Keyingi bosqichga chiqish masalasi esa Monakodagi bahsdan so'ng malum bo'ladi.

* Paulo Dibala: "Menga Messining o'yin uslubi juda yoqadi"

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri matbuot anjumanida quyidagilarni aytib o'tdi:

- Qo'l ostimdagi barcha to'rttala hujumchi ham ertaga o'ynaydi. Ularni birini ushlab turishdan mano ko'rmayapman. "Barselona"ning hujum chizig'i kuchli. Lekin iz ularning kuchsiz va ojiz nuqtalaridan foydalanamiz. Ertaga gol urib, o'z darvozamiz dahlsizligini saqlashimiz muhim ahamiyatga ega. Bu kabi katta o'yinlarga ruhiy tomonlama meyorida tayyorlanmoq lozim. "Barselona" o'z chempionatida yutqazishi mumkin, lekin ular ECHLda boshqa oyoqlari bilan harakatlanishadi. Asosiysi, biz o'z kuchimizga ishonishimiz kerak.


YANGILASH

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика