ECHL. “Leypcig” - “Liverpul” o'rtasidagi ilk uchrashuv qaerda o'tishi malum
07 fev 2021 19:40
Yangiliklar


ECHL. “Leypcig” - “Liverpul” o'rtasidagi ilk uchrashuv qaerda o'tishi malum
Avvalroq, Germaniya hukumati COVID-19'ning yangi shtammi tufayli Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to'xtatgandi.
SHu sabab, ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Leypcig” — “Liverpul” o'rtasidagi o'yin o'tkazilishi xavf ostida turgandi.
UEFA matbuot xizmatining bugungi bayonotiga ko'ra, 16 fevraldagi bahs Germaniyadan Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadioniga ko'chirildi va o'z vaqtida o'tishi belgilandi.
“Leypcig” — “Liverpul” o'rtasidagi javob uchrashuvi esa 10 mart sanasida “Enfild”da o'tishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar