So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  39 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  29 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

ECHL. "Bavariya" PSJni mag'lub etib, 6 karra chempionga aylandi! Yangiliklar

ECHL. "Bavariya" PSJni mag'lub etib, 6 karra chempionga aylandi!

Evropa CHempionlar Ligasi finalining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


PSJ – Bavariya 0:1 

«Eshtadiu da Lush»

Gol: 0:1 – 59 Koman.

PSJ – Keylor Navas, Presnel Kimpembe, Tilo Kerer, Tiago Silva, Ander Errera (Yulian Draksler, 72), Leandro Paredes (Marko Verratti, 65), Anxel Di Mariya (SHupo-Moting, 80), Xuan Bernat (Leven Kurzava, 80), Kilian Mbappe, Neymar.

Bavariya – Manuel Noyer, Jerom Boateng (Niklas Zyule, 25), David Alaba, Joshua Kimmix, Leon Gorecka, Alfonso Devis, Tiago Alkantara (Korenten Tolisso, 86), Kingsli Koman (Ivan Perishich, 68), Serj Gnabri (Filippe Koutino, 68), Robert Levandovski, Tomas Myuller.

Ogohlantirishlar: Alfonso Devis (28), Leandro Paredes (52), Serj Gnabri (52), Niklas Zyule (56), Neymar (81), Tiago Silva (83), Leven Kurzava (86), Tomas Myuller (90).


Bahs yakunlandi. "Bavariya" PSJni mag'lub etib, ECHL g'olibiga aylandi! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+4. Myuller kechiktirilgan fol uchun sariq kartochka oldi. 

90+3. Kurzava Levandovskini qo'pol tarzda yiqitdi. 

90+2. Uuuux! Qanday hujum! Mbappedan yjoyib pas, Neymardan zarba, SHupo-Moting to'pni darvozaga to'g'rilay olmadi. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 38% - 62%

88. Mbappedan noaniq pas, "Bavariya" to'p nazoratini qo'lga oldi. 

86. "Bavariya"da o'zgarish:  Tiago Alkantara o'rniga Korenten Tolisso tushdi. 

86. Kurzava Kimmixga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

84. Uuux!  Koutinoning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi! 

83. Levandovski Tiago Silvani aldab o'tib ketishi mumkin edi, ammo u yiqitildi. PSJ sardori sariq kartochka oldi. 

82. Levandovskida zarba! Ammo u o'yindan tashqari holatda ekanligi maum bo'ldi. 

81. Neymar orqadan turib Levandovskining oyog'iga tepdi va ogohlantirish oldi.  

80. PSJda 2 ta o'zgarish: Bernat o'rniga Kurzava, Di Mariya o'rniga SHupo-Moting tushdi. 

79. Bernat jarohat olgan ko'rinadi, ammo u o'yinni davom ettira oladimi?

78. Perishichdan uzatma, biroq aniq emas. 

77. Neymar Verrattiga pas berdi, u esa g'alati uzatmani amalga oshirdi, to'p Noyerda. 

76. PSJ o'yinini kuchaytira oldi, leyin hozircha to'p "Bavariya" o'yinchilarida. 

75. Tajriba o'z so'zini aytmoqda va "Bavariya" raqibga nisbatan yaxshiroq o'ynayapti. 

74. Zarba! Neymarning zarbasi noaniq ketdi. 

73. Mbappedan o'ziga xos dribling va yiqilish, o'yin davom etadi, hujum narigi qanotda ko'chdi. 

72. PSJda almashtirish: Ander Errera o'rniga Yulian Draksler tushdi. 

71. Markinos hujumda Zyulega nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

70. Uuuxx! Di Mariyadan zargarona pas, Markinosdan zarba! Noyerdan ajoyib seyv! 

68. "Bavariya"da 2 ta o'zgarish: Koman o'rniga Perishich, Gnabri o'rniga Koutino o'yinni davom ettiradi. 

67. Uuuuxx! Di Mariyadan uzatma, to'p Mbappega tegmasdan o'tib ketdi, Noyer o'z o'rnida! 

65. PSJda o'zgarish: Paredes o'rniga Veratti tushirildi. 

64. Levandovski Paredesga nisbatan qo'pol o'ynadi.  

63. Uuuuux! Yana Koman katta sahnaga chiqishi mumkin edi. Ammo Tiago Silva jamoasi joniga oro kirdi!  

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Koman!  Kimmixning ajoyib uzatmasidan keyin Koman bosh bilan raqib darvozasini ishg'iol etdi - 0:1! 

58. Uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda davom etmoqda.

56. Zyulega sariq kartochka ko'rsatildi. U Di Mariyani qo'pollik bilan maydonga qulatdi. 

56. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 38% - 62%

54. O'yin davom etadi. Nemis klubi to'pga egalik qilmoqda. 

52. Hakam birma-bir sariq kartochka berib chiqdi: Gnabri va Paredes ogohlantirildi. 

52. Uuuxx Gnabri Neymarga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. Janjal ham boshlanib ketdi. 

51. Levandovski raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib oldi, Kimpembe himoyada yaxshi o'ynab, to'pni olib qo'ydi. 

48. Kingsli Koman Tilo Kererga nisbatan qoiduni buzdi, biroq hakam o'yinni davom ettirish lozimligini tushuntirdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

45+1. Vau! Koman jarima maydoni ichkarisida Kerer tomonidan yiqitildi. Yo'q, qoida buzilmadi va penalti yo'q deb baholandi.   

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Zarba! Eh, Mbappedan juda kuchsiz zarba, to'p Eoyerda. 

44. Kimpembe sovuqqonlik bilan Myullerni aldab o'tdi, ammo u yiqitildi. 

42. "Bavariya" qarsha hujumga o'tdi, Levandovski o'ng qanotdan uzatmani amalga oshirdi, Markinos to'pni qahramonlarcha qaytardi.  

41. Mbappe o'zining mahorati evazga Kimmixdan o'tib kedi, biroq germaniyalik futbolchi uni qo'pollik bilan bo'lsada to'xtatib qola oldi. 

40. "Bavariya" o'ng qanot orqali hujumga o'tmoqda, jamoalar u yoqdan bu yoqqa o'yinni ko'chirish bilan bandlar. 

39. Errera Devisga nisbatan qoidani buzdi, parijliklar foydasiga yaxshi vaziyat sodir bo'lishi mumkin edi.  

38. Markinos tinib-tinchimas Levandovskiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

37. "Bavariya" o'z pressingini namoyish etishga kirishdi, PSJ esa ayni paytda to'p bilan oldinga intilmoqda. 

36. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 39% - 61%

34. Neymar Kimmixni yiqitdi va jarima belgilandi.

32. Ie, endi Tiago Silva maydonda yotibdi, yo'q-yo'q hammasi joyida ekan, davom etamiz.  

31. Zarbaaaa!  Havodan kelgan uzatmadan so'ng, Levandovskining zarbasini Navas qiyinchilikka uchragan holatda qaytardi! Keylorda birinchi seyv! 

30. Koman va Levandovskining zarbalari himoyachilar tomonidan shunaki "blok" qilindi. 

29 Vauuu! Errera! Kuchli zarbadan so'ng to'p rikoshet orqali maydonni tark etdi, eng qizig'i, burchak zarbasi berilmadi. 

28. Devis Kererni qo'li bilan ushlagan holda to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi. 

26. Myuller qoidani buzdi. U Kererni yiqitdi. 

25. "Bavariya"da o'zgarish: Boateng o'rniga Zyule tushdi. 

25. Ana xolos! Majburiy o'zgarish qilinadi. 

24. O'yin hozircha to'xtatildi, chunki Jerom Boateng jarohat olib, maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

23. Buuuuummm!  Di Mariyaning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

22. Uuuux! Mana Levandovski!  Uning zarbasi darvoza ustuniga tegdi! 

21. Markazda Levandoaski Bernatga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hozircha Leva qo'polliklari bilan ajralib turibdi. 

19. O'yin "qaynoq" va teng kurashlarga boy tarza davom etyapti. 

18. Uuuuuxx! Neymar! Noyer janoblari uning zarbasini bir emas, ikki marta qaytardi! Dahshat! 

16. Hozircha "Bavariya" to'p nazoratini o'z qo'liga olgan. 

15. Mbappedan zarba!  Uning zarbasi himoyachilar tomonidan "bloklandi". 

13. Koman markaz orqali hujumda faollik ko'rsatdi. Uni ustamonlik bilan qarshi olishdi va vaziyat zarbagacha utib bormadi.

11. Neymardan ajoyib uzatma, biroq Alaba to'pni qaytarishga erishdi, "Bavariya" tezkor qarshi hujumga intilyapti. 

10. Xavotirli holat, Devis maydonda yotibdi. Yo'q, hammasi joyida. U o'yinni davom ettirmoqda. 

9. Alkantara Mbappeni yiqitdi va jarima zarbasi belgilandi. 

7. PSJ yaxshi hujum tashkil etishi mumkin edi, ammo Di Mariya ofsaydda qolib ketdi. 

6. Zarba! Tiago Alkantara noaniq zaba yo'lladi va bo'sh tribunani nishonga oldi! 

5. Doimgidek chap qanotda Devis faol va uning qanotidan hujum boshlanmoqda. 

3. Paredes o'z jarima maydonida bosh bilan to'pni qaytardi. 

1. O'yin boshlandi! 

- CHempionlar Ligasi madhiyasi yangramoqda! 

- Diqqat qiling, futbolchilar yashil maydonga tushib kelishmoqda! 

Bugun mana bu "shalpangquloq" uchun jang bo'ladi, jang!

Bugun kim yoki kimlar gol uradi deb o'ylaysiz?

"Bavariya" chigil yozdi mashg'ulotlarda


PSJ chigil yozdi mashg'ulotlarda

"Bavariya" ham "Eshtadiu da Lush"da

PSJ stadionda

Sovrin o'z egasini kutmoqda

- Hal qiluvchi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun katta futbol! Unda Franciyaning PSJ jamoasi Germaniyaning "Bavariya" klubi bilan to'qnash keladi. Bugun qaysi klub yutadi? Musobaqa finalining debyutanti PSJmi yoki 6-marta ushbu nufuzli kubokka ega chiqishni istayotgan "Bavariya"mi? Birgalikda kuzatib boramiz va bunga oydinlik kiritamiz.  

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика