So’nggi yangiliklar

15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  1 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  3 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 13:52"Бавария" "Барселона"дан учралган 1:4 дан кейин кетма-кет 7та ўйинда гол ўтказмай ғалаба қозонди  1 13:21Гвардиола: "Ўзимга зиён етказишни хоҳладим"  10 12:50Левандовски: "Ўзим ҳам ишонмагандим"  4 12:11Эшитдик-да! ЎФАга янги раҳбар қачон сайланиши маълум  13 11:34"Насаф" — "Кувайт СК". Жамоалар қайси рангдаги либосларда ўйнашлари маълум  0 11:10ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди  11 11:01"Бавария" қаторасига тўртинчи бор ПСЖни мағлуб этди — барчаси "қуруқ" ғалабалар  2 10:44Флик: "Сельта"га қарши 2:2дан кейин шундай ишончли ғалабага эришганимиз яхши бўлди"  17 10:22"Ман Сити" ярим ҳимоясини "Ньюкасл" вакили билан кучайтирмоқчи  0 10:00ПРО-Лига. 28-тур расмийлари билан танишинг: Муборакдаги баҳсда аёл ҳакам ишлайди!  6 09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  1

ECHL. "Borussiya Dortmund" - "Real Madrid": Finaldan keyin kimning ko'chasida bayram bo'ladi? Yangiliklar

ECHL. "Borussiya Dortmund" - "Real Madrid": Finaldan keyin kimning ko'chasida bayram bo'ladi?

Bugun tunda Londondagi "Uembli" stadionida UEFA CHempionlar Ligasi hal qiluvchi o'yini bo'lib o'tadi.

Bosh sovrin uchun Germaniya va Ispaniya vakillari kurash olib boradi. Mavsumning eng muhim bahsida kutilmagan dortmundliklar bu safar ham taxminlarni havoga uchirib, finalga etib kelgan "qaymoqranglilar" bilan kurashadi.

"Borussiya" 27 yil (!) o'tib, ikkinchi bor ushbu sovrinni qo'lga kiritishga urinib ko'rsa, "Real", ikki yil o'tib, umumiy hisobda 15-kubokni muzeyiga olib borib qo'yishni maqsad qilgan.


"Borussiya"ga hech kim ishonmagandi, finaldagi g'alaba ertakning chiroyli yakuni bo'lardi

1/4 finalga chiqqanidan keyin ham "Borussiya"ning ustidan kulmagan odam kam edi. Turli OAV hamda mutaxassislar dortmundliklarni qura qanday o'tgan taqdirda ham oson raqib sifatida qaralgandi. Biroq Edin Terzich shogirdlari ajoyib xarakter namoyish etishdi va ketma-ket "Atletiko" hamda PSJni taslim etishdi. Etiborlisi, Parijga qarshi o'yinlarda omad degan qurol ishga solindi — safardagi o'yin ayniqsa bolaligimizdagi "bir darvozaga futbol" o'yiniga o'xshab ketardi. "Borussiya" final oldidan ham autsayder sifatida tilga olinmoqda.


Edin Terzich asosiy tarkib borasida bir qarorga kelib bo'lgan, yagona savol Aller bo'yicha...

Asosiy tarkibdagi 11 futbolchidan 10 nafari PSJga qarshi muvaffaqiyatli javob bahsidan keyin Bundesliganing oxirgi uchrashuvini ham ilk daqiqalardan boshlashdi. O'sha kuni "Borussiya" "Darmshtadt"ga imkon qoldirmadi. SHu sababli, Edin Terzich ECHL finalida kimlarga ishonch bildirishini taxmin qilish qiyin emas. Birgina aniq bo'lmagan figura - bu Aller. "Arilar" hujumida kim ilk daqiqalardan paydo bo'larkin? Fyullkrugmi yoki Aller? Bizning taxminimizcha, futbolchilarning hozirgi sport formasidan kelib chiqib, Sebastyan Dortmund orkestrining ikkinchi skripkasi vazifasini bajaradi.


"Dortmund devori" Madrid engilishida muhim omil bo'lishi mumkin

Biroz g'alati eshitilar, ammo himoyadagi mustahkam o'yin "Borussiya" finalda muvaffaqiyat qozonishining asosiy omili bo'lishi mumkin. Bunga qarshi fikr bildirishga shoshilmang, aynan ishonchli himoya chizig'i tufayli "arilar" finalgacha bo'lgan qiyin yo'lni bosib o'tishdi. PSJga qarshi har ikki bahs natijasini amalda himoyachilarning ishonchli o'yini va Kobel performansni hal qildi. Qo'shimchasiga, Dortmund Bundesligada himoyaviy futbol orqali ham yaxshi natija ko'rsata oladigan jamoa sifatida o'zini ko'rsatdi. Oxirgi 17 o'yindan faqatgina 3 tasida "Borussiya" bittadan ko'p gol o'tkazib yubordi. 


Roys bilan xayrlashuv

Marko "Signal Iduna Park"da muxlislar bilan xayrlashishga ulgurdi, oxirgi o'yinni ajoyib o'tkazdi va maxsus koridordan maydonni tark etdi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar chiroyli performans tayyorlashdi: "Danke Marco!" ("Rahmat, Marko!").

Bu tarixning ideal yakuni bo'lishi kerak. Roys uchun bu bahs ECHL finali bo'lishining o'zi bir tush kabi. To'g'ri, "Real" bu juftlikda favorit. Katta ehtimol, "Marko Roys, ex Marko Roys… u yana faqatgina ikkinchi", degan so'zlar bilan jonajon klubini tark etishga yaqin. Biroq alohida bitta o'yinda – imkonsiz narsaning o'zi yo'qdek.

 

Sanchoning qayta "tirilishi"

Jeydon uchun qiyin davr, qiyin mavsum yakunlanmoqda. Nazarimda, ten Xag bilan janjal, futbolchi asosiy tarkibdan chiqarib yuborilishi, Jeydon ismli futbolchi jamoatchilikning esidan chiqib ulgurgan davrga yarim yilcha vaqt bo'ldi. Keyin esa angliyalik sevimli Dortmundida qayta ochildi. Germaniyada vingerga ortiqcha bosim yo'q, u statistikasi maqtanadigan darajada bo'lmasa ham, sifatli o'yin namoyish etmoqda.

Aynan Dortmund futbolchiga katta futbolga, top-klub tomon yo'l ochib bergan – futbolchi ham bunga munosib javob bermoqda. Sancho faoliyatidagi keyingi qadamlar uchun ham bu sovrinni qo'lga kiritish juda muhim. SHu yo'l bilan u ten Xag va MYUga xato qilishganini isbotlab bera oladi. Qo'shimchaisga, bu futbolchiga ehtimoliy xaridorlar soni ortishiga ham xizmat qilishi mumkin. Sanchoning o'zi Manchesterga qaytishni istamayapti, "Borussiya" esa qizil iblislarning moliyaviy talablarini bajara olmaydi.


"Real" ajoyib mavsum o'tkazyapti, lekin uni ideal deb bo'lmaydi

"Real" joriy mavsumni ijobiy baholashi mumkin — "qaymoqranglilar" muddatidan avval La Ligada chempionlikni qo'lga kiritishdi, Ispaniya Superkubogida zafar quchishdi va ECHL finaliga etib borishdi. "Borussiya" ham mag'lub etilsa, musobaqadagi titullar soni bo'yicha rekord yangilanadi. Qirollik klubining hozirgi davri birinchi navbatda o'ziga xos qarashi, bitta qoshi biroz ko'tarilgan jiddiy nigoh, bilan shogirdlarining kuchli jihatlarini ochib bera olgan Anchelotti timsolida yodga olinadi. Futbolchilar bazan, ikki avval bo'lgani kabi, aqlbovar qilmas ishlarni uddalashmoqda. Tarix takrorlanishi mumkinmi? Albatta, bu mavsum ham "Real" pley-offning har bir bosqichida intrigalarga boy bahslarni yutib keldi.


Darvoza Kurtuaga ishonib topshiriladi, himoyada Nachoni ko'ramiz

Karlo Anchelottida hamkasbidagidek asosiy tarkib bilan ortiqcha savollar tug'ilmasa kerak. Bunga qaramay, italiyalik bir necha bor bu oson qaror bo'lmasligini takidladi. Ammo butun mavsum davomida Anchelotti o'zi tanlagan yo'ldan ishonch bilan borishda davom etdi, hozirda yagona 100%ga aniq bo'lmagan poziciya — darvozabon edi. Qizig'i, masalani tasodifiy voqea hal qildi — Andrey Lunin final arafasida kutilmaganda kasal bo'lib qoldi, Tibo Kurtua esa La Liga doirasidagi oxirgi bahslarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Himoya markazida Nacho va Ryudiger juftligini ko'ramiz.


"Real" tajriba va hujum chizig'i evaziga zafar quchishi mumkin

"Real" ko'plab parametrlar bo'yicha raqibidan ustunroq ko'rinmoqda. Ammo bu borada eng muhimi sifatida madridliklarning tajribasini aytish mumkin. Bugun to'rt bor ECHLni yutgan Toni Kroos "Real" safidagi oxirgi o'yinini o'tkazadi. Luka Modrich ham yana bir ECHL kubogini yutishni xohlashi turgan gap. Ikki yil avval kubokni boshi uzra ko'targan "Real" tarkibidan bir yo'la to'qqiz futbolchi kamida ikkinchi "shalpangqulog'ini" qo'lga kiritishi mumkin. Finallarda ishtirok etish tajribasi borligi "Real"ning eng muhim ustunligi bo'lishi mumkin. Bazi etakchilar asosiy plandan ortga o'tayotgan bir pallada, Jud Bellingem o'zi uchun birinchi yirik finalda maydonga tushadi. U sotib olinganida ko'pchilik navbatdagi 100 millionlik xariddan keyin iqtidorli futbolchi Madridda yo'qolib qolmasmikin, deb cho'chigandi. Amalda unday bo'lmadi va Jud darhol muhim futbolchilardan biriga aylanib oldi. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика