So’nggi yangiliklar

11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  17 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0

ECHL. "Bavariya" PSJni turnirdan chiqarib yubordi, Messi Parij klubi bilan 1/8 finaldan o'ta olmayapti Yangiliklar

ECHL. "Bavariya" PSJni turnirdan chiqarib yubordi, Messi Parij klubi bilan 1/8 finaldan o'ta olmayapti

Evropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan javob uchrashuvi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Bavariya" – PSJ 2:0

Dastlabki uchrashuv: 1:0

9 mart, 01.00, «Alyanc-Arena»

Gol: SHupo-Moting (61, 1:0), Gnabri (90, 2:0).

Bavariya – Zommer, Stanishich, Upamekano, de Ligt, Mane, Goretcka, Kimmix, Devis, SHupo-Moting (Sane, 68), Myuller, Koman, Musiala.

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Ramos, Danilu Pereyra, Markinos (Mukiele, 36; Bitshiabu, 46), Bernat, Mendesh, Verratti, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 76), Vitinya, Ekitik, Messi, Mbappe.

Bayern Munich

Eric Maxim Choupo-Moting - 61', Serge Gnabry - 89'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

09/03/2023, 01:00

0
:
2
Tugadi

Paris Saint-Germain

Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
61'  Eric Maxim Choupo-Moting
61'  Leon Goretzka
68'  Eric Maxim Choupo-Moting (Leroy Sane)
82'  Jamal Musiala (Sadio Mane)
86'  Kingsley Coman (Serge Gnabry)
86'  Thomas Mueller (Joao Cancelo)
89'  Serge Gnabry
89'  Joao Cancelo
36'  Marquinhos (Nordi Mukiele)
46'  Nordi Mukiele (El Chadaille Bitshiabu)
76'  Fabian Ruiz (Warren Zaire-Emery)
81'  Vitinha (Hugo Ekitike)
81'  Nuno Mendes (Juan Bernat)
90'  Achraf Hakimi

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Bavariya" yana PSJni turnirdan chiqarib yubordi. Umuman olganda oddiy holat)

90+4. Manening goli hisoblanmadi. SHarmandali hisobdan hakamlar qutqarishmoqda.

O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Bo'ldi tugadi, Gnabri barchasiga nuqta qo'ydi.

86. PSJ bosim uyushtirmoqda. Vaziyatlar bo'lmayapti.

82. Mbappe bugun o'zida emas. Qizig'i, Messi va Ramos bor jamoada u nega sardor bo'lib olgan ekan?!

Nima deb o'ylaysiz, so'nggi 10 daqiqada PSJ "Real" rejimini yoqa oladimi?

79. SANEEEE!!! Ikkinchi marta "barchasini hal qilib qo'yishi mumkin edi". Ammo yana u hal qilolmadi.

75. Sane barchasini hal qilib qo'yishi mumkin edi. Yakuniy zarba noaniq.

72. Orsato bugun xuddi maydonda yo'qdek. Hech qanday etiroz ham, arzlar ham yo'q. Barcha gap PSJda.

67. Mbappe bugun Zommerni "razminka" qildirishga charchagani yo'q. Bo'sh zarbalarni ushlab olish qiyin bo'lmayapti Zommer uchun.

65. ZARBAAAAAAA!! Ramosning boshi bilan yo'llagan zarbasini Zommer qiyinchilik bilan qaytardi!

61. GGGOOOOOLLLLLLL!!!!!!! PSJning himoyasidagi qo'pol xatodan keyin SHupo-Moting hisobni ochdi!! Erik o'z maqsadiga etdi! PSJ esa "out" sari bir qadam tashladi.

59. Goretcka uzoqdan zarba yo'llagani uchun kepdan dakki eshitib oldi. Ammo myunxenliklarda burchak zarbasi bor.

52. GOOOOOOOOOLLLLL!!!! ERIIKKKK!!! YO'Q! Erik-Maksim SHupo-Moting yoki Tomas Myullerning goli inobatga olinmadi.

51. SHUPO-MOTINGGGGG!!! Musiala Erikning gol urishi uchun barchasini amalga oshirdi. Hullaskalom u jamoadoshlari qilgan shuncha ishni....

49. MESSSIIIII!!! Yo'q, u bu safar zararli ish qildi. Jamoadoshi yo'llagan zarbani u qaytarib qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! O'zgarish bor: "urushni" frontda boshlab, keyinchalik jangga qo'shilgan Mukiele joyini Bitshiabuga bo'shatdi.

Masha ayiqqa aytganidek: Tanaffus!

Demak, birinchi bo'limga yana 2 daqiqa qo'shib berildi.

40. Makedonskiy taktikasi kabi "Bavariya" chap qanotdan hujum uyushtirdi. Devisning qanotdan uzatmasini Ramos burchakka chiqarib yubordi.

38. DE LIGTTTTTT!!!!! Zommerning xatosidan keyin PSJ futbolchisi gol urishga yaqin keldi. Bo'sh darvozaga kirib ketayotgan to'pni Matteys qaytardi! Ajoyib seyv ko'rdik "darvozabondan"!

36. Mana bu jiddiy yo'qotish. Markinos o'yinni yakunladi. O'rnini Mukiele egallamoqda.

32. ZARBAAAAAAA!!! Musialadan super zarba va Jijidan super seyv!

28. PSJ negadir sekin o'ynayapti. Yoki jamoa "Enfild"dagi (MYU bilan) o'yin scenariysini kutyaptimi)

25. UXXXXX!!! Futbolmi yoki tennis. Messining besh yoki olti zarbasini himoyachilar+darvozabon amallab ushlab oldi va "Bavariya" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. So'nggi pasni Markinos qaytarib yubordi.

20. Mbappe raqib postining o'ng tomonida to'p bilan paydo bo'lib, Zommer darvozasi tomon zarba yo'lladi. Tushunganingizdek, noaniq.

18. Bahsdagi ilk burchak zarbasi. Messining uzatmasini "Bavariya"dagi eng yaxshi darvozabon ushlab oldi.

16. Uchrashuvda ilk aniq zarba. Goretckaning kuchli zarbasini Evropaning eng kuchli posboni ushlab oldi.

14. Mbappe hujumda darvozabonga qarshi fol ishlatdi va to'pni tepib yubordi. Aslida bu vaziyatda Mbappeni "sarg'aytirish" kerak edi. Orsato esa Mbappening oldiga borib: "Birinchisiga kechirdim, ukam" deb ketdi. 

12. Nihoyat, qizil kiyimlilar ham hujumga o'tdi. Biroq SHupo-Moting sobiq jamoasi darvozasiga zarba berishiga sobiq jamoadoshlari yo'l qo'yishmadi.

5. Parijliklar yana hujum qildi. Troya oti ichidagi askarlar kabi Mbappe o'rtadan Messidan pas so'radi. Biroq qo'riqchilar xavfni bartaraf qilishdi.

2. PSJ hujumga o'tdi. Mbappening qanotdan oshirgan to'pini Zommer ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Alyanc-Arena"da ECHLdagi eng zo'r bahslardan biri start olish arafasida.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика