ECHL. "Bavariya" - "Arsenal" va "Atletiko" - "Milan" uchrashuvlari oldidan
11 mar 2014 16:11
Yangiliklar

ECHL. "Bavariya" - "Arsenal" va "Atletiko" - "Milan" uchrashuvlari oldidan
Bugun Evropa chempionlar ligasi 1/8 finali javob o'yinlari bo'lib o'tadi.
Germaniya gegemoni "Bavariya" o'z uyida Londonning "Arsenal" klubi bilan bellashadi. Kunning yana bir boshqa o'yini "Atletiko" - "Milan" o'rtasida kechadi.
Myunxen klubi hozirda o'zining optimal sport formasida desak mubolag'a bo'lmaydi. Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Bavariya" klubi o'z oldidan chiqayotgan raqiblarini birin-ketin tor-mor qilishda davom etmoqdalar. "Arsenal" bilan bo'lib o'tgan Angliyadagi bahsda ham Myunxen klubi ishonchli g'alabaga erishgani bejizga emas. "Arsenal" oldida oson bo'lmagan vazifa turibdi. Arsen Venger jamoasi keyingi bosqichga chiqishi uchun "Alyanc-Arena"da ikki to'p farqi bilan "Bavariya"ni engishi kerak bo'ladi.
O'tgan mavsumda ham deyarli shunga o'xshash vaziyat yuzaga kelgani hammaning yodida bo'lsa kerak. "Bavariya" Londonda kechgan dastlabki o'yinda (1:3) hisobida g'alaba qozonib kelgandi. Javob bahsida esa "Arsenal" klubi Myunxenda (0:2) hisobida "Bavariya"ni mag'lub etishni uddasidan chiqishgan-u, lekin mehmonda urilgan gollar evaziga Yupp Xaynkes jeamoasi keyingi bosqichga yo'l olgandi. Agar o'tgan yilgi vaziyat bilan taqqoslaydigan bo'lsak, "Arsenal" hozirda o'tgan yilgiga nisbatan yaxshiroq natijaga ega. Qiziq, lekin bu fakt. "Arsenal" bu yilgi o'z uyida kechgan bahsda ikkita to'p o'tkazib yubordi. Yani, endi mehmondagi ikki to'p evaziga qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan har qanday natija Arsen Venger jamoasini qanoatlantiradi. Bu erda ikkkita savol tug'iladi, "Bavariya" o'tgan yilgi xatosini takrorlaydimi, yoki "Arsenal" o'tgan mavsumdagi natijasini yaxshilay oladimi? Bu savollarga o'yindan keyin javob olamiz.
Nima bo'lgan taqdir ham futbol ishqibozlarini super o'yin kutib turibdi.
Bugungi o'yinda "Arsenal"ning asosiy posboni SHchesni jamoasiga yordam bera olmaydi. O'tgan o'yinda Robbenga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun SHchesni maydonga chetlatilgandi. Arsen Venger bugun Fabianskiga ishonch bildirishga majbur. SHuningdek, London jamoasi tarkibida yana bir qator jarohatlangan futbolchilari mavjud. Monreal, Koselni, Gibbs, CHelstrem, Uilsher, Remzi, Diabi, Uolkot kabi futbolchilar bugungi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
"Bavariya"da katta yo'qotishlar yo'q. Barcha futbolchilar o'yinga tayyor. Xosep Gvardiola ushbu bahsda tarkibda bir qator o'zgartirishlar qilishi tabiiy. "Bavariya" safida ko'plab iqtidor egalari to'p surishadi va deyarli har bir o'yinda tarkibda yangiliklar kuzatiladi. Myunxen klubi muxlislari yoqimtoyi Frank Riberi "Arsenal"ga qarshi ilk o'yinni o'tkazib yuborgandi. Franciyalik charm to'p ustasi jarohatidan forig' bo'lgan va ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
SHuningdek bugun yana bir qiziqarli bahs muxlislar etiborida bo'ladi. Italiyaning "Milan" jamoasi safarda Ispaniyaning hozirda ikkinchi raqamli futbol klubi bo'lib turgan "Atletiko" bilan bahs boylaydi. Diego Simeone shogirdlari ilk o'yinda mehmonda o'zlari uchun muhim bo'lgan g'alabaga erishib qaytishgandi. Bugungi o'yinda esa jamoa ushbu ustunlikni saqlab qolib, keyingi bosqich masalasini hal etishni maqsad qilgan. Klarens Zeedorf boshqaruvidagi "Milan" klubi esa vaziyatni o'z tomonlariga o'zgartirishni istashmoqda. Garchi o'z uyidagi o'yinni raqibga boy bergan bo'lishsada, o'sha bahsda Klarens Zeedorf boshchiligidagi jamoa uchrashuvni yomon o'tkazmagan edi. Faqatgina yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanish bo'yicha jamoa futbolchilari oqsashgandi. "Milan" jamoasi bugungi o'yinda nima qilib bo'lsada, keyingi bosqich yo'llanmasini hal etishni o'ylamoqda. Agarda "Milan" "Atletiko" darvozasi tomon yo'l topa olsa, unda barcha ustunlikni o'z tomoniga og'dirib olishi mumkin. Buning uchun Italiya jamoasi tezkor gol kiritishi talab etiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, "Atletiko" maydonida har qanday raqibga oson bo'lmasligi aniq. Ayni paytda Diego Simeone shakllantirayotgan jamoa o'yindan-o'yinga kuchayib bormoqda. Ispaniyada "Atletiko" qarshiligini engish oson bo'lmaydi. Lekin raqib anoyi jamoa emas. Bu "Milan". "Milan" jamoasi esa Diego Simeone aytganidek, bunday musoboqalarda, bunaqangi uchrashuvlarda qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Demak tunda bo'lib o'tadigan uchrashuvdan keyin g'olib nomini bilib olamiz. Bu bellashuv muxlislarni zeriktirib qo'ymasligi aniq.
Kosta va Balotelli qarama-qarshiligining ikkinchi qismi bugun davom etadi. Birinchi o'yinda "Atletiko"ga g'alaba keltirgan yagona gol muallifi aynan Kosta bo'lgan edi. Demak hozircha Kosta Balotellini ortda qoldirmoqda. Lekin bugun Balotellida hammasini o'zgartirib yuborish imkoniyati mavjud. Kuzatamiz!
CHempionlar Ligasi, 1/8 final javob o'yinlari. 11 mart, seshanba.
"Bavariya" - "Arsenal" (00:45 "Sport", "NTV-PLYUS Futbol")
"Alyanc Arena" stadioni.
Hakamlar: Sveyn Moen, Kim Xaglunn, Frank Andas.
Taxminiy tarkiblar:
"Bavariya": Noyer, Alaba, Dante, Boateng, Lam, SHvaynshtayger, Tiago, Gyotce, Robben, Riberi, Manjukich.
"Arsenal": Fabianski, Jenkinson, Sanya, Vermalen, Mertesaker, CHemberlen, O'zil, Flamini, Kasorla, Arteta, Jiru.
Birinchi uchrashuv: ("Arsenal" - "Bavariya" 0:2)
"Atletiko" - "Milan" (00:45 "NTV-PLYUS Futbol2")
"Visente Kalderon" stadioni.
Hakamlar: Mark Klattenburg, Saymon Bek, Styuart Bert.
Taxminiy tarkiblar:
"Atletiko": Kurtua, Godin, Xuanfran, Insua, Miranda, Arda Turan, Fernandes, Mendesh, Koke, Kosta, Vilya.
"Milan": Abbyati, Rami, De SHilo, Bonera, Essen, Poli, Kaka, Taarabt, Emanuelson, de Yong, Balotelli.
Birinchi uchrashuv: ("Milan" - "Atletiko" 0:1)
Haqiqiy futbol havosini his eting! Evro-futbol Siz aziz futbol ishqibozlariga qiziqarli futbollarni namoyish etishda davom etadi. "Championat.asia" saytidan uzoqlashmang, sog' bo'ling!
SHahboz Beg'amov

Fikrlar