ECHL "Atletiko" "Yuventus"ni mag'lub etdi.
21 fev 2019 02:50
Yangiliklar


ECHL "Atletiko" "Yuventus"ni mag'lub etdi.
Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:
Atletiko Ispaniya – Yuventus Italiya 2:0
«Vanda Metropolitano»
Gollar: 1:0 – 78 Ximenes, 2:0 – 83 Godin.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Parti (Lemar, 61), Rodri Ernandes, Koke (Korrea, 67), Grizmann, Diego Kosta (Morata, 58).
Yuventus – SHchensny, Bonuchchi, Aleks Sandro, De SHilo, Kellini, Bentankur, Pyanich (Djan, 73), Matyuidi (Joau Kanselu, 84), Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 80), Mandjukich.
Ogohlantirish: Diego Kosta (8), Parti (45), Aleks Sandro (55), Grizmann (89).
Atletico Madrid Jose Gimenez - 78', Diego Godin - 83' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 21/02/2019, 01:00 0
:
2
Tugadi
|
Juventus |
Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 67193 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Zwayer
83. GGGGGGGGGGGGOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Godin o'z goli bilan hisobni 2:0 holatiga keltirdi.
78. GOLLLLLLLLLLL!!!! Ximenes hisobni ochdi.
61. Parti o'rniga Lemar maydonga tushdi.
58. O'zgarish. Kosta o'rniga Morata.
55. Qo'pol o'yin. Ximenesga qarshi qo'pol o'ynagani uchun Sandro ogohlantirildi.
53. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!!!! Grizmann darvozabon bilan birga bir vaziyatdan foydlana olmadi. U to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'lgandi. Ammo darvozabonning qo'liga teggan to'p to'singa tegib qaytdi.
50. ZARBAAAAAAAAAAA!!!!!! CHinakamiga golga tortuvchi vaziyat! Kosta himoyachilardan qochib ketib, darvozabon bilan birga bir holatga chiqib bordi. Ammo zarba noaniq.
48. To'p Pyanichning oyog'iga yaxshi tegmay qoldi va zarba o'xshamadi. Rodri esa to'pni burchakka chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan turinliklar foyda chiqara olishmadi.
46. Ikkinchi bo'lib boshlandi.
45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+3. Paulo Dibalaga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun Parti ogohlantirildi.
45. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
40. Dibalaning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasiga kuch etishmadi.
36. Burchakdan uzatilgan to'pga Rodri boshi bilan zarba berdi. Ammo noaniq.
34. "Yuventus" pozicon hujumi Dibalaning zarbasi bilan yakunlandi. Oblak o'z joyila ishonchli o'ynamoqda.
29. ZARBAAAAAA!!!! Grizmanning jarimadan bergan zarbasini SHensni qiyinchilik bilan qaytardi.
1.Uchrashuv boshlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar