So’nggi yangiliklar

11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  2 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  12 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  1 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  3 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  5 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  1 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  1 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  46 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25

ECHL. "Arsenal" yana "Bavariya" "qarmog'iga" tushadimi? Madridda esa ayovsiz jang kechadi Yangiliklar

ECHL. "Arsenal" yana "Bavariya" "qarmog'iga" tushadimi? Madridda esa ayovsiz jang kechadi

Kechagi Parijda o'tgan shoudan keyin millionlar o'yinining ishqibozlari navbatdagi futbol kechasini intiqlik bilan kutishmoqda.


Evropada haqiqiy futbol bayrami davom etadi.

Evropa chempionlar ligasining nimchorak final doirasidagi "Bavariya" - "Arsenal" hamda "Real" - "Napoli" bellashuvlari har qanday muxlisni o'ziga rom etadi.

Bu ikkala uchrashuv ham nimchorak final bosqichining markaziy to'qnashuvlari sirasiga kiradi.

Myunxenda o'tadigan "Bavariya" hamda "Arsenal" uchrashuvi nimchorak finalning eng katta afishali to'qnashuvi hisoblanadi.

Ushbu jamoalar Evropa chempionlar ligasida o'zaro duch kelishlari odat tusiga aylandi.

"Bavariya" va "Arsenal" oxirgi 5 yil ichida 4 marotaba to'qnash kelishlari. Har gal "Bavariya" "Arsenal"ni Evropa chempionlar ligasidan chiqarib yuborishga erishgan. O'tgan yili esa bu eski tanishlar guruh bosqichida birga tushishgandi.

"Bavariya" ayni paytda Germaniya Bundesligasida yakka peshqadam, Germaniya kubogi bahslarida o'z ishtirokini davom ettirmoqda. Evropa chempionlar ligasining muhim pallasi esa endi boshlanmoqda.
"Bavariya" Karlo Anchelotti qo'l ostida hali hech bir musobaqada g'oliblik uchun imkoniyatni yo'qotgani yo'q. Lekin shunga qaramay ushbu italiyalik mutaxassisni ishini tanqid qilguvchilar ham topilmoqda. "Bavariya" o'yin jihatidan pastlaganini, avvalgidek tajovuzkorlikni yo'qotgani takidlanib, muhim bellashuvlarda myunxenliklarga juda qiyin bo'lishi taxmin qilinmoqda.
To'g'ri, Anchelotti boshqaruvida "Bavariya" guruhda "Atletiko"dan keyin ikkinchi o'rinni oldi. Guruh bosqichida "Atletiko" va "Rostov"ga yutqazildi. CHempionatda faqatgina "Borussiya Dortmund"ga qarshi bellashuvda imkoniyat boy berildi. O'rtada esa duranglar uchradi. "Bavariya" ichki chempionatda g'alabalarga osonlikcha erishmayapti, ko'plab uchrashuvlarda g'alaba oxirgi daqiqalarda qo'lga kiritilmoqda. SHu jihatlar ko'pchilik mutaxassislar va muxlislar nazdida "Bavariya"ni kuchsizlanganini anglatmoqda. Lekin aslidachi?
Ha, Gvardiolaning boshqargan "Bavariya" nisbatan kuchsiz raqiblarni tor-mor etardi, butun uchrashuv davomida katta ustunlikka erishib, yirik hisoblarni qayd etardi. Evropa chempionlar ligasida ham guruh bosqichini har safar birinchi o'rinda tugatardi. ECHL yarim finaliga qadar deyarli ortiqcha qiyinchiliksiz borardi. Ammo muhim bahslarda o'sha "Bavariya" beozor musichaga aylanib qolgani, "Real" va "Barselona" u jamoani ne kuylarga solgani, uch yil ketma-ket uchta ispan grandlariga navbatma-navbat yutqazib, musobaqani tark etganidan barchaning xabari bor. Xavfli va yirtqich ko'ringan "Bavariya"ning butun quvvati fevraldan so'ng, bahorga kelib tugap qolgani ham haqiqat. Anchelotti ham bu jihatlarni alohida etiborga olgani va shunga yarasha jamoani muhim o'yinlarga tayyorlayotganiga shaxsan menda shubha yo'q.
"Barselona"ga o'xshab "Alaves" kabi raqiblarga javobsiz oltita gol urib, keyin Parijda sharmanda bo'lganidan ko'ra, "Ingolshtadt" bilan bo'lsa ham so'nggi daqiqalarda uchrashuv taqdirini hal etib, butun o'yin davomida konsentraciyani to'g'ri ushlay olish hozirda muhim ahamiyatga ega. SHundagina jiddiy raqiblar qarshisida ham jamoa esankirab qolmaydi. Anchelotti murabbiylik boy tajribasidan ham buni juda yaxshi biladi.   
SHu boisdan ham "Bavariya"ning hozirgi holatidan kelib chiqib ularga yakuniy bahoni berishga shoshilmagan maqul.
Karlo Anchelotit jamoasi bundan buyog'iga o'yindan-o'yinga kuchayishi, har bir chiziqlar o'rtasidagi bog'liqlik jipslashib borishi aniq. Anchelotti asosiy urg'uni kerakli balansni ushlashga qaratib, jamoani bahorga kelib optimal formaga chiqarishga urinmoqda.

Har qanday vaziyatda ham "Arsenal"ga "Alyanc Arena"da juda qiyin bo'lishi shubhasiz.

"Bavariya" tarkibidagi yo'qotishlarga keladigan bo'lsak, myunxenliklarning ikki nafar etakchi va asosiy azolari Jerom Boateng va Frank Riberi jarohatlari bois uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Xabi Alonsoning jarohat olgani va futbolchi uchrashuvda ishtirok etolmasligi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq.

Anchelotti Boatengning o'rnini Martinez bilan, Riberini esa Duglas Kosta bilan to'ldiradi.

"Bavariya"ning eng xavfli futbolchisi kim? Bu jamoa tarkibidagi istalgan futbolchi xohlagan vaziyatda o'yin taqdirini hal etishga qodir. "Arsenal" "Bavariya"ning barcha futbolchilaridan xavf kutishi mumkin. Asosiy xavf esa Robert Levandovski, Aren Robben va Tomas Myullerdan keladi. Duglas Kosta ham o'zinig tezkor reydlari va ajoyib driblinglari orqali "Arsenal"ning o'ng qanot himoyachisi Beleringa etarlicha tashvish tug'diradi. Markazda esa tabiatdan jangchi hisoblangan Arturo Vidal javlon uradi.


"Arsenal" borasida nima deyish mumkin? Bu jamoa hali takidlaganimizdek, har gal "Bavariya"dan aziyat chekib keladi. "Kanonirlar" bu safar ushbu noxush ananani buzishga harakat qilishlari tayin. "Arsenal" har doimgidek mavsumni "arsenalcha" o'tkazmoqda. Yani jamoa doimgidek (4!) o'z o'rnida bormoqda. "Arsenal" endi yaxshi qo'zg'algandek bo'ladiyu, tepalikka yuqorilayman deganda "gaz"ni qo'yib yuboradi. Natijada kuchsiz raqiblar bilan bo'ladigan bahslarda ham qimmatli ochkolar boy beriladi. Jamoa muntazam bir xil tekisda barqaror o'yin ko'rsata olmaydi. Bu ko'proq jamoaga g'oliblik ruhi etishmasligi bilan bog'liq masala. Arsen Venger aynan shu sifatni futbolchilarga singdira olmayapti. Mesut O'zil, Aleksis Sanches va Petr CHex jamoaga kelganidan so'ng ana endi "kanonirlar" haqiqiy chempionlarga xos xarakterga ega futbolchilarni jalb etdi, buyog'iga "kanonirlar"ni o'z ortidan etaklaydigan futbolchilar paydo bo'ldi, deganlar ham yanglishishdi. Aleksis Sanches, O'zil va CHex jamoaning haqiqiy etakchilariga aylanishdi. Ammo "Arsenal"ning umumiy foni baribir o'zgarmadi. Bosh qo'mondon Arsen Venger jamoaga g'oliblik ruhini, haqiqiy top darajadagi grandlarga xos bo'lgan xarakterni uzlashtira olmayapti.
"Arsenal" hamon o'sha-o'sha, top saviyadagi jamoalardan bir pog'ona past, o'rtamiyonalardan esa bir bosh ustun jamoa bo'lib qolmoqda.
Jamoaning asl o'yin falsafasi, yani hujumkorligi, to'p bilan muomalada bo'lish ishtiyoqi hecham o'zgarmagan. "Arsenal" doimgidek juda tez va chaqqon jamoa. G'alabaga chanqoq, desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Lekin ularga "Bavariya", "Barselona", "Real" kabi jamoalar bilan o'ynash bilimi etishmaydi. Aynan shu jamoalar soyasida "Arsenal" o'zini yo'qotib qo'yadi. Bo'lmasam Arsen Venger necha marotaba "Bavariya" va "Barselona" bilan duch kelgan. Lekin o'sha o'yinlardan to'g'ri xulosa chiqarib, ularga qarshi qanday o'ynash ko'llanmasini yarata olmayapti. "Arsenal"ning eng ojiz nuqtasi aynan shunda.

Kunning yoki ECHLning nimchorak finalidagi asosiy savol: "Arsenal" "Bavariya"ni qanday taslim etish choralarini izlab topdimi?

Bu savolga yaqin orada javob olamiz. Arsen Vengerdek boy tajribaga ega murabbiy buyog'iga nimadir o'ylab topishi lozim. SHuncha yillik tajriba o'z mevasini bermog'i darkor. Aks holda "Arsenal"ning o'rta nuqtada qotib qolayotgani faqatgina murabbiy bilan bog'liq muammo ekanligi shundoq ko'zga tashlanishi mumkin.

Myunxendagi uchrashuvda so'zsiz "Bavariya" favorit. "Arsenal"ning bosh vazifasi mehmonda gol urish. Evropa chempionlar ligasi pley-off uchrashuvida safardagi gol qoidasi juda katta ustunlik berishi mumkin. Arsen Venger bugun aynan shu jihatga etibor qaratishi aniq.
"Arsenal"ning hujumdagi ishlari yaxshi. Biroq himoyadagi muammo va kamchiliklar ko'zga tashlanib turibdi. Jamoa mudofaa chizig'ini ishonchli tarzda qo'riqlashga yaxshigina muammolarga ega.

SHuningdek, bugun ECHLda Aleks Fergyusondan (190) keyingi eng ko'p o'yin o'tkazgan ikkita gigant murabbiylar to'qnashuvi bo'ladi. Karlo Anchelotti (147) va Arsen Venger (182) hozirgi kunda ishlab turgan murabbiylar ichida ECHLda qatnashish bo'yicha eng boy tajribaga ega mutaxassislar sanalishadi.
Arsen Vengerda o'yinlar soni ko'p. Ammo Anchelotti uch marotaba Evropa chempionlar ligasi bosh sovrinini boshi uzra baland ko'targan. Arsen Venger esa hali ushbu sovrin tamini tatib ko'rgani yo'q.


"Alyanc Arena"dagi to'qnashuvni o'tkazib yuborish bu futbol tili bilan aytganda fol. SHu bois futbol ishqibozlari bugun tunda o'yin qoidasini buzmasliklari, yani fol qilmasliklari shart.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Bavariya" hamda "Arsenal" barcha musobaqalarda jami 10 bor to'qnash kelishgan. "Bavariya"da 5 g'alaba, "Arsenal" esa 3 bor ustun kelgan. Ikkita uchrashuvda do'stlik g'alaba qozongan.
To'plar nisbati: 17-11, "Bavariya" foydasiga.


* "Arsenal"ga jarohati sabab Remzi va Kasorla ko'maklasha olmaydi.
* "Bavariya"ning ECHLda uydagi o'yinlaridagi g'alabali seriyasi 15ta uchrashuvni tashkil qiladi.


"Bavariya" - "Arsenal" (00:45)
"Alyanc Arena" stadioni.
Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)

"Bavariya" (taxminiy tarkib) - Noyer, Lam, Martines, Xummels, Alaba, Alonso, Vidal, Alkantara, Kosta, Robben, Levandovski.

"Arsenal"
(taxminiy tarkib) - Ospina, Belerin, Koselni, Mustafi, Monreal, Elneni, Koklen, CHemberlen, O'zil, Sanches, Uelbek.



Tunning yana bir muhim o'yini Madridda kechadi. Evropa chempionlar ligasining amaldagi sohibi "Real" nimchorak finalda "Napoli"ni qabul qiladi.

Ahamiyatli va qiziqarligi bilan boshqa juftliklardan hech ham qolishmaydigan ushbu to'qnashuv muxlislarga ajoyib bayramni taqdim etib berishiga shak-shubha yo'q.

"Real" Zinedin Zidan qo'l ostida La Ligada karvonboshchilik qilmoqda. "Napoli" esa Italiya A Seriyasida yaxshigina quzg'alishni amalga oshirgan. Mauricio Sarri "Napoli"ni yirik jamoaga aylantirish payida. Zidan esa uzoq davom etgan mag'lubiyatsiz seriyadan keyin jamoa balansini yo'qotib qo'ygandek bo'ldi. Aynan o'sha yoqimli seriya yakunlangach "Real" o'yinlarida pasayish kuzatilmoqda.
Tan olish kerak, "Real" aksariyat uchrashuvlarni omad tufayli o'z foydasiga hal etdi. ECHL guruh bosqichida esa Dortmundning "Borussiya" jamoasidan keyin  ikkinchi pog'onani egalladi. Ispaniya primerosida "Real" garchi yaxshi ishtirok etayotgan bo'lsada, jamoaning o'yini ko'plab tanqidlarga uchramoqda. Ayniqsa bosh murabbiy sifatida Zidan ko'p koyilmoqda. "Real"da aniq bir o'yin tizimi yo'qligi tanqid qilinmoqda.
Ustiga-ustak Benzemaning hadeb asosiy tarkibga qo'yilishi, Ronalduning muvaffaqiyatsiz o'yinlari "Real"ning qudratini ushbu bellashuv oldidan shubha ostiga qo'ymoqda.
Zidan o'zining ananaviy taktik sxemasi bo'lgan 4-3-3ni o'tgan bahsda "Osasuna"ga qarshi 3-4-3ga o'zgartirdi. Franciyalik mutaxassis uchta markaziy himoyachi bilan o'ynashni maqul topdi. Bu "Napoli" bilan bellashuv oldidan imtihon bo'ldimi yoki Zidan yana eski uslubiga qaytadimi-yo'qmi, buni bugun bilib olamiz. Katta ehtimol bilan "Real" "Napoli"ga qarshi Antonio Kontening "CHelsi"da qo'llayotgan uslubidan ham foydalanishi mumkin.

"Napoli" esa aksincha o'yindan-o'yinga ochilib bormoqda. Mauricio Sarri boshchiligidagi neapolliklar 4-3-3 taktik sxemasida muvaffaqiyatli va samarali o'ynashmoqda. "Napoli" so'nggi bor mag'lubiyatga uchraganiga 3 oydan ko'proq vaqt o'tdi. O'shanda "Napoli" "Yuve"ga yutqazib qo'ygandi. SHundan so'ng Mauricio Sarri boshchiligidagi jamoa hech bir raqibga imkoniyatni boy bergani yo'q. Jamoada ayni pallada ruhiy taraflama ustunlik, g'oliblik hissi yuqori. "Napoli"ning hujumdagi "uchligi" Insine-Mertens-Kalexon "Real" himoyasiga etarliga bosh og'riq tug'diradi. Bu "uchlik"ning eng asosiy ustunlik jihati bu ularning barchasida yuqori tezlik borligidir. Mauricio Sarri esa jamoani qarshi hujumda qanday o'ynatishni juda yaxshi biladi. "Real" ko'proq aynan shu jihatga etibor qaratishga majbur. Aks holda bu uchchovlon Madridda benefis qilib yuborishlari ham hech gap emas.
"Napoli"ning mudofaa chizig'i ham ancha tartibli o'ynamoqda. Kulibali va Albiol tandemi markazni "yopish"da ishonchli o'ynashadi. Qanotlarda  esa G'ulom hamda Xyusai ancha faol.


"Napoli"ning Iguainning o'rniga topgan topilmasi Arkadiush Milik mavsumning ilk qismida jarohat olganidan so'ng "Napoli"ning hujum chizig'ida katta muammolar bo'lishi taxmin qilingandi. Ammo dono Mauricio Sarri bu kemtikni Mertens orqali chiroyli yopib qo'ydi. Mertens oxirgi o'tkazilgan 11ta o'yinda jami 14ta gol kiritishga va bir nechta golli uzatmalarni amalga oshirishga ulgurdi.

Nima bo'lgan taqdirda ham Madridda bugun ayovsiz jang kechadi. Hech bir jamoa shunchaki taslim bo'lishni istamaydi.

Etiborlisi, "Napoli" safida ikki sobiq "Real"chi Albiol va Kalexon harakat qiladi.

* "Napoli" ketma-ket 18 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
* "Real" ketma-ket 7 marotaba chorak finalga yo'l olishi mumkin.
* "Real"ga Garet Beyl jarohat tufayli yordam bera olmaydi. "Napoli"da esa diskvalifikaciya yoki jarohat olgan futbolchilar yo'q.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar jami ikki marotaba o'zaro duch kelishgan. SHulardan birida "Real" g'alaba qozongan va yana bir uchrashuv durang bilan yakun topgan.
To'plar nisbati: 3-1, "Real" foydasiga.

"Real" - "Napoli" (00:45)
"Santyago Bernabeu" stadioni.
Bosh hakam
: Damir Skomina

"Real"
(taxminiy tarkib) - Keylor Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Kroos, Kazemiro, Modrich, Vaskes, Benzema, Ronaldu.

"Napoli"
(taxminiy tarkib) - Pepe Reyna, Kulibali, Albiol, G'ulom, Xyusay, Zelinski, Diavara, Gamshik, Kalexon, Mertens, Insine.


Bugun ham futbol shaydolari tanlovni tanlashda ancha bosh og'rig'iga duch kelishadi. Muhimi, Myunxenda ham, Madridda ham tomoshabop, qiziqarli va chiroyli futbol bo'lishi aniq.


Senor Italyan

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика