Dunyoning eng qimmat darvozabonlaridan biri o'ziga yangi jamoa topdi
27 avg 2024 15:19
Yangiliklar
Dunyoning eng qimmat darvozabonlaridan biri o'ziga yangi jamoa topdi
Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Bornmut" Kepa Arrisabalagani ijaraga olish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Ispaniyalik darvozabon endi o'z klubi rejalaridan o'rin olmagan va yaqin orada "CHelsi"ni tark etishi mumkin.

Kepa o'tgan mavsumni "Real"da ijarada o'tkazdi, ammo "Santyago Bernabeu"da sezilarli natija qayd eta olmadi. "Los-Blankos" uni Andriy Luninning o'rnini bosadigan futbolchi sifatida ko'rgan, biroq ukrainalik posbon jamoada qolishni istasa, Kepa bu yil La Ligaga qaytishi dargumon.
"Bornmut" Kepaga muntazam o'ynash imkoniyatini taklif qildi va vaqtinchalik shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Kepaning "CHelsi" bilan amaldagi bitimi 2025 yilda tugaydi va u ijaradan oldin yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Agar muzokaralar yaqin soatlarda oldinga siljisa, ispaniyalik o'yinchi tibbiy ko'rikdan o'tishga kirishadi.
O’xshash yangiliklar
08:44
"Shikoyat qilmasinlar". "Barselona" prezidenti Laporta - "Real"ning "Osasuna"dan mag'lubiyati haqida 9
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar